223
№
Hujayra po‘stining kimyoviy
tarkibining o‘zgarishi
Yog‘och
-lanish
Po‘kak-
lanish
SHi-
lim-
shiq-
la-nish
Ku-tin-
lanish
Mine-
ral-
lanish
Tsel-
lyulo-za
1
2
3
4
5
6
hujayra po‘stida qum-tuprog‘
bilan kaltsiy yoki magniyli
tuzlar uchrasa
hujayra po‘sti lignin moddasi
bilan to‘yinsa
O‘zida nam saqlab hu-jayrani
qurib qolish-dan asraydi
hujayra po‘sti suberin moddasi
bilan to‘yinsa
O‘zidan suv va havoni yaxshi
o‘tkazadi
hujayra
po‘sti
yog‘simon
modda bilan to‘yinsa
5. Mustaqil bajarish uchun vazifalar.
Ob’ektlarni o‘rganish: Chiqindi moddalar, vakuola va hujayra po‘sti
Ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlar.
Chiqindi moddalar. O‘simliklarning hujayra shirasida ko‘pincha chiqindi moddalar hosil
bo‘ladi. Chiqindi moddalar kristallar holida uchraydi. Bu kristallar oksalat kislotaning kaltsiy
tuzidan iborat bo‘lib, o‘simlikni hayvon va hashoratlarning eyishidan saqlaydi.
O‘simlik hujayrasida uch xil kristallar ko‘prog‘ uchraydi.
Yakka kristallar uch burchak, to‘rt burchak, kubik, prizma, romb kabi shakllarda bo‘ladi.
Yakka kristallar piyoz qobig‘ida to‘planadi.
Druzlar – yulduz shaklidagi qirrali kristallar bo‘lib, bangidevona, g‘o‘za kabi o‘simliklarda
to‘planadi.
Rafidlar – ignasimon, ikki uchi o‘tkir kristallardir. Ular mavaridgulda uchraydi.
Ba’zi o‘simliklarda qumli xaltachalar, shingil shaklidagi – sistolitlar, fikus, krapiva bargida
to‘planadi.
Hujayraning markaziy qismida vakuolalar deb ataladigan pufakchalar yoki bo‘shliqlar
bo‘ladi. Yoshrog‘ hujayralarda vakuolalar hujayra sitoplazmasi orasida tarqoq holda
joylashgan bo‘lib, hujayra voyaga etishi bilan ular kattalashib boradi. Vakuolalar turli organik
mineral moddalarning suvli eritmasi bilan to‘la bo‘ladi.
Hujayra shirasi – yopishqoq suyuqlik bo‘lib, tarkibida shakar, har xil organik kislotalar,
inulin, oshlovchi moddalar, alkoloidlar, glyukozalar, efir moylar va boshqa moddalar ham
uchraydi.
Hujayra shirasida ikki xil pigment (bo‘yovchi modda): antotsian va antoxlor bo‘ladi.
hujayra shirasining muhiti ishqriy va nordon bo‘lishi mumkin. hujayra shirasi nordon
reaktsiyada bo‘lsa, antotsian uni qizartiradi, ishqoriy bo‘lsa – moviy tusga kiritadi. Antoxlor
gul va mevalarni sariq tusga kiritadi. SHu pigmentlar tufayli gullar rang-barang bo‘lib,
hashoratlarni o‘ziga jalb etadi.
Hujayra shirasidagi erigan moddalarning ayrimlari zapas holda to‘plansa, boshhalari
chiqindi moddalar bo‘lib, ular hujayra hayotida ahamiyatga ega.
224
Hujayra po‘sti.
Hujayra po‘sti protoplastning mahsuli hisoblanadi. hujayra po‘sti hujayralarni bir –
biridan ajratib, ularni ma’lum shaklga kiritib, protoplastni tash?i nog‘ulay ta’sirotlardan
saqlaydi.
Hujayra po‘stida teshikchalar bo‘lib, shu teshikchalar or?ali hujayralar o‘zaro
munosabatda bo‘ladi; bunda yonma – yon joylashgan ikkita hujayra teshikchalari bir –biriga
qaragan bo‘ladi.
Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibi o‘simlik turiga qarab har xil bo‘ladi. U asosan
sellyuloza, gemitsellyuloza va pektindan iborat bo‘ladi.
Zamburug‘ va bakteriyaning hujayra po‘sti azot va xitin moddasidan tuzilgan. Ko‘k-
yashil suv o‘tlari esa pektin moddalaridan tarkib topgan.
Gemitsellyuloza sellyuloza tarkibi va mustahkam emasligi bilan farqlanadi. hujayra
po‘sti sellyulozadan tarkib topgan bo‘lsa, u o‘zidan suv va havoni osongina o‘tkazib tura oladi.
Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibi yoshiga qarab o‘zgarib turadi. CHunki ularning
devori xossalarini o‘zgartirib yuboradigan organik va mineral moddalarni shimib oladi. Bu
o‘zgarishlar asosan, bir necha protsesslardan: yog‘ochlanish, po‘kaklanish, shilimshiqlanish va
minerallanish kabilardan iborat.
hujayra po‘sti organik modda lignin bilan to‘yinsa – yog‘ochlanadi, suberin bilan
to‘yinsa po‘kaklanadi, kutinlashganda mumsimon (moysimon) modda bilan to‘yingan bo‘ladi.
Suberin va Kutin tirik hujayralarda hosil bo‘ladi va to‘planadi, chunki ular
sitoplazmaning mahsulidir.
Shilimshiqlanish suv o‘tlarida, zamburug‘larda, behi urug‘ida bo‘ladi; shilimshiq moda
namni saqlab hujayrani qurib qolishdan asraydi.
6. Mustaqil ishlash tartibi.
1 – topshiriq: Hujayradagi chiqindi moddalar
Ob’ektlar: Piyoz po‘sti, bangdevona va marvaridgul
1 – tajriba: Piyozning sirtqi quruq po‘stidan olib mikroskopda ko‘riladi. Bunda romb, kub,
to‘rtburchak shaklidagi rangsiz yaltirog‘ yakka kristallarni ko‘rish mumkin.
2 – tajriba:Bangidevona bargidan ozgina olib mikroskopda qaralsa, ko‘p miqdordagi murakkab
kristallarni (yulduz shaklidagi druzlar) kuzatish mumkin.
3 – tajriba: Marvaridgul bargidan ozgina olib mikroskopda ko‘rilganda ignasimon shakldagi
rafidlarni kuzatish mumkin.
2 – topshiriq: Hujayra shirasida uchraydigan moddalarni aniqlash.
Ob’ektlar: dub daraxtining po‘stlog‘i, qoqi o‘t ildizi,
altey o‘simligining ildizi
Reaktivlar: kontsentrlangan N2 SO4, qora tush, temir xlorid, 20% timolni
spirtdagi eritmasi.
1 – tajriba: Dub daraxtining po‘stlog‘iga temir xlorid (FeCl3 ) eritmasidan tomizilib –
oshlovchi moddani ko‘k qoramtir rangga bo‘yalishi kuzatiladi.
2 – tajriba: Altey ildizidan ozirog‘ olib unga qora tush tomizilsa, shilimshiq modda – sliz
bo‘yalmaydi hujayraning hamma qismi qoraga bo‘yaladi.
3 – tajriba: Qoqi o‘t ildizidan ozrog‘ olib 20% timolni spirtdagi eritmasi va
kontsentrlangan N2 SO4 eritmasidan tomizilib, spirt lampasida biroz qizdirilsa,
inulin olcha ranga bo‘yaladi.
3 – topshiriq: Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibining o‘zgarishi.
Ob’ekt: gugurt cho‘pi, probka (po‘kak), paxta tolasi
Reaktivlar: Sudan III, floroglyutsin va ZnClJ eritmasi
1 – tajriba: Gugurt cho‘piga oldin floroglyutsin eritmasi tomizib keyin shisha tayyog‘cha
yordamida xlorid kislota ta’sir ettirilsa gugurt cho‘pi qizaradi.
Dostları ilə paylaş: |