Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə103/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   139

223 
 
 
№ 
Hujayra  po‘stining  kimyoviy 
tarkibining o‘zgarishi 
Yog‘och
-lanish 
 
Po‘kak-
lanish 
 
SHi-
lim-
shiq-
la-nish 
Ku-tin-
lanish 
 
Mine-
ral-
lanish 
Tsel-
lyulo-za 

 
 

 

 
 


 

 
 
 hujayra  po‘stida  qum-tuprog‘ 
bilan  kaltsiy  yoki  magniyli 
tuzlar uchrasa 
hujayra  po‘sti  lignin  moddasi 
bilan to‘yinsa  
O‘zida  nam  saqlab  hu-jayrani 
qurib qolish-dan asraydi  
hujayra po‘sti suberin moddasi 
bilan to‘yinsa  
O‘zidan  suv  va  havoni  yaxshi 
o‘tkazadi 
hujayra 
po‘sti 
yog‘simon 
modda bilan to‘yinsa  
 
 
 
 
 
 
 
5. Mustaqil bajarish uchun vazifalar.  
Ob’ektlarni o‘rganish: Chiqindi moddalar, vakuola va hujayra po‘sti  
Ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlar. 
Chiqindi moddalar.  O‘simliklarning  hujayra  shirasida  ko‘pincha  chiqindi  moddalar  hosil 
bo‘ladi. Chiqindi moddalar kristallar holida uchraydi.  Bu kristallar oksalat kislotaning kaltsiy 
tuzidan iborat bo‘lib, o‘simlikni hayvon va hashoratlarning eyishidan saqlaydi.  
 
O‘simlik hujayrasida uch xil kristallar ko‘prog‘ uchraydi.  
Yakka  kristallar  uch  burchak,  to‘rt  burchak,  kubik,  prizma,  romb  kabi  shakllarda  bo‘ladi. 
Yakka kristallar piyoz qobig‘ida to‘planadi.  
Druzlar  –  yulduz  shaklidagi  qirrali  kristallar  bo‘lib,  bangidevona,  g‘o‘za  kabi  o‘simliklarda 
to‘planadi.  
Rafidlar – ignasimon, ikki uchi o‘tkir kristallardir. Ular mavaridgulda uchraydi.  
Ba’zi  o‘simliklarda  qumli  xaltachalar,  shingil  shaklidagi  –  sistolitlar,  fikus,  krapiva  bargida 
to‘planadi.  
 
Hujayraning  markaziy  qismida  vakuolalar  deb  ataladigan  pufakchalar  yoki  bo‘shliqlar 
bo‘ladi.  Yoshrog‘  hujayralarda  vakuolalar  hujayra  sitoplazmasi  orasida  tarqoq  holda 
joylashgan bo‘lib, hujayra voyaga etishi bilan ular kattalashib boradi. Vakuolalar turli organik 
mineral moddalarning suvli eritmasi bilan to‘la bo‘ladi.  
 
Hujayra shirasi – yopishqoq suyuqlik bo‘lib, tarkibida shakar, har xil organik kislotalar, 
inulin,  oshlovchi  moddalar,  alkoloidlar,  glyukozalar,  efir  moylar  va  boshqa  moddalar  ham 
uchraydi.  
 
Hujayra  shirasida  ikki  xil  pigment  (bo‘yovchi  modda):  antotsian  va  antoxlor  bo‘ladi. 
hujayra  shirasining  muhiti  ishqriy  va  nordon  bo‘lishi  mumkin.  hujayra  shirasi  nordon 
reaktsiyada  bo‘lsa,  antotsian  uni  qizartiradi,  ishqoriy  bo‘lsa  –  moviy  tusga  kiritadi.  Antoxlor 
gul  va  mevalarni  sariq  tusga  kiritadi.  SHu  pigmentlar  tufayli  gullar  rang-barang  bo‘lib, 
hashoratlarni o‘ziga jalb etadi.  
 
Hujayra  shirasidagi  erigan  moddalarning  ayrimlari  zapas  holda  to‘plansa,  boshhalari 
chiqindi moddalar bo‘lib, ular hujayra hayotida ahamiyatga ega.  


224 
 
 
Hujayra po‘sti. 
 
Hujayra  po‘sti  protoplastning  mahsuli  hisoblanadi.  hujayra  po‘sti  hujayralarni  bir  – 
biridan  ajratib,  ularni  ma’lum  shaklga  kiritib,  protoplastni  tash?i  nog‘ulay  ta’sirotlardan 
saqlaydi.  
 
Hujayra  po‘stida  teshikchalar  bo‘lib,  shu  teshikchalar  or?ali  hujayralar  o‘zaro 
munosabatda  bo‘ladi;  bunda  yonma  –  yon  joylashgan  ikkita  hujayra  teshikchalari  bir  –biriga 
qaragan bo‘ladi.  
 
Hujayra  po‘stining  kimyoviy  tarkibi  o‘simlik  turiga  qarab  har  xil  bo‘ladi.  U  asosan 
sellyuloza, gemitsellyuloza va pektindan iborat bo‘ladi.  
 
Zamburug‘  va  bakteriyaning  hujayra  po‘sti  azot  va  xitin  moddasidan  tuzilgan.  Ko‘k-
yashil suv o‘tlari esa pektin moddalaridan tarkib topgan.  
 
Gemitsellyuloza  sellyuloza  tarkibi  va  mustahkam  emasligi  bilan  farqlanadi.  hujayra 
po‘sti sellyulozadan tarkib topgan bo‘lsa, u o‘zidan suv va havoni osongina o‘tkazib tura oladi.  
 
Hujayra  po‘stining  kimyoviy  tarkibi  yoshiga  qarab  o‘zgarib  turadi.  CHunki  ularning 
devori  xossalarini  o‘zgartirib  yuboradigan  organik  va  mineral  moddalarni  shimib  oladi.  Bu 
o‘zgarishlar asosan, bir necha protsesslardan: yog‘ochlanish, po‘kaklanish, shilimshiqlanish va 
minerallanish kabilardan iborat. 
 
hujayra  po‘sti  organik  modda  lignin  bilan  to‘yinsa  –  yog‘ochlanadi,  suberin  bilan 
to‘yinsa po‘kaklanadi, kutinlashganda mumsimon (moysimon) modda bilan to‘yingan bo‘ladi.  
 
Suberin  va  Kutin  tirik  hujayralarda  hosil  bo‘ladi  va  to‘planadi,  chunki  ular 
sitoplazmaning mahsulidir.  
 
Shilimshiqlanish suv o‘tlarida, zamburug‘larda, behi urug‘ida bo‘ladi; shilimshiq moda 
namni saqlab hujayrani qurib qolishdan asraydi.  
 
6. Mustaqil ishlash tartibi.  
1 – topshiriq: Hujayradagi chiqindi moddalar  
Ob’ektlar: Piyoz po‘sti, bangdevona va marvaridgul  
1  –  tajriba:  Piyozning  sirtqi  quruq  po‘stidan  olib  mikroskopda  ko‘riladi.  Bunda  romb,  kub, 
to‘rtburchak shaklidagi rangsiz yaltirog‘ yakka kristallarni ko‘rish mumkin.  
2 – tajriba:Bangidevona bargidan ozgina olib mikroskopda qaralsa, ko‘p miqdordagi murakkab 
kristallarni (yulduz shaklidagi druzlar) kuzatish mumkin.  
3  –  tajriba:  Marvaridgul  bargidan  ozgina  olib  mikroskopda  ko‘rilganda  ignasimon  shakldagi 
rafidlarni kuzatish mumkin.  
2 – topshiriq: Hujayra shirasida uchraydigan moddalarni aniqlash.  
Ob’ektlar: dub daraxtining po‘stlog‘i, qoqi o‘t ildizi,  
                   altey o‘simligining ildizi  
Reaktivlar: kontsentrlangan N2 SO4, qora tush, temir xlorid, 20% timolni  
                     spirtdagi eritmasi.    
1  –  tajriba:  Dub  daraxtining  po‘stlog‘iga  temir  xlorid  (FeCl3  )    eritmasidan  tomizilib  – 
oshlovchi moddani ko‘k qoramtir rangga bo‘yalishi kuzatiladi.  
2  –  tajriba:    Altey  ildizidan  ozirog‘  olib  unga  qora  tush  tomizilsa,  shilimshiq  modda  –  sliz 
bo‘yalmaydi hujayraning hamma qismi qoraga bo‘yaladi.  
3 – tajriba: Qoqi o‘t ildizidan ozrog‘ olib 20% timolni spirtdagi eritmasi va 
                   kontsentrlangan  N2  SO4  eritmasidan  tomizilib,  spirt  lampasida  biroz    qizdirilsa, 
inulin olcha ranga bo‘yaladi.  
3 – topshiriq: Hujayra po‘stining kimyoviy tarkibining o‘zgarishi.  
Ob’ekt: gugurt cho‘pi, probka (po‘kak), paxta tolasi  
Reaktivlar: Sudan III,  floroglyutsin va ZnClJ eritmasi  
1  –  tajriba:  Gugurt  cho‘piga  oldin  floroglyutsin  eritmasi  tomizib  keyin  shisha  tayyog‘cha 
yordamida xlorid kislota ta’sir ettirilsa gugurt cho‘pi qizaradi.  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə