Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə106/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   139

231 
 
1-tajriba.  Bir  pallali  o‘simliklar  bargining  epidermis  tuzilishi.  Gulsafsar  bargining  pastki 
tomonidan  shilib,  mikroskopik  preparat  tayyorlang  va  mikroskopning  katta  ob’ektivida 
ko‘rib, quyidagilarga e’tibor bering: 
1. 
Epidermis  hujayrasi.  2.  Og‘izchaning  tutashtiruvchi  hujayralari  xloroplastlari  bilan, 
og‘izcha  teshigi,  og‘izcha  atrofidagi  hujayralar.  Bir  pallali  o‘simliklar  epidermis 
hujayralarining shakliga e’tibor bering. 
2-tajriba. Ikki pallali o‘simlik bargi epidermisining tuzilishi. Bu tajribani marjon (buzina) 
daraxti bargida ko‘riladi. Bu preparatni xuddi 1-tajriba kabi tayyorlanadi. Bir va ikki pallali 
o‘simlik epidermisini solishtirib ko‘ring. 
3-tajriba.  Tayyor  preparat:  oshqovoqning  poyasidan  tayyorlangan  preparatdan  qoplovchi 
va mexanik to‘qimalarni joylanishini, tuzilishini ko‘ring. 
4  –  tajriba:  -  Makkajo‘xori  poyasidan  ko‘ndalangiga  kesib  preparat  tayyorlanadi. 
Qilinadigan  ishlar  oshqovoq  poyasidagiga  o‘xshash  bajariladi.  Poya  tashqi  tomonidan 
epidermis  bilan  qoplangan.  Epidermis  tagida  qizil  rangga  bo‘yalgan  sklerenxima  halqasi 
joylashgan.  So‘ngra  hamma  tomoni    asosiy  to‘qima  bilan  o‘ralgan  holda  joylashgan 
o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  ko‘rinadi.  O‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  sinchiklab 
ko‘riladi. U kollateral (ksilemaning bir tomoniga floema joylashgan) va ochiq (floema bilan 
ksilema o‘rtasida kambiy bo‘ladi) bog‘lam ekanligi aniqlanadi.  
Topshiriqlar: birlamchi va ikkilamchi qoplovchi to‘qimalar, kollenxima, sklerenxima 
rasmi chiziladi. 
 
 
 
 
 
Laboratoriya mashg‘ulot-– 7 
 
Mavzu: “O‘tkazuvchi to‘qimalar. O‘tkazuvchi to‘qima elementlari va 
bog‘lamlari” 
 
 
1. Darsning maqsadi:  
   O‘tkazuvchi  to‘qima,  ularning  xillari  vazifasi,  bog‘lamlari,  uchraydigan  joylari  haqida 
tushuncha berish.  
O‘simlik  organizmida  suv  va  suvda  erigan  moddalar  doimo  harakatda 
bo‘ladi. Bu moddalarning harakati o‘tkazuvchi to‘qimalar orqali, ya’ni ksilemadan suv va unda 
erigan  moddalar  pastdan  yuqoriga,  bunda  ildizdan  poya  va  bargga  ko‘tariladi  (ko‘tariluvchi 
oqim),  floemadan  esa  assimilyatsiya  natijasida  hosil  bo‘lgan  organik  moddalar  yuqoridan 
pastga, ya’ni bargdan poya va ildizlarga harakatlanadi (tushuvchi oqim). 
 
Ksilema to‘qimasi tarkibiga – traxeya, traxeidlar, ksilema tolasi – libriform va ksilema 
parenximasi kiradi.  
 
Traxeyalar  ingichka  kapillyarlardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  ular  hujayralarning  uzun 
qator  bo‘lib  joylashishidan  hosil  bo‘ladi.  Kapillyar  silindr  shaklida  bo‘lib,  ichida  ko‘ndalang 


232 
 
to‘siqlar bo‘maydi, qobig‘i notekis qalinlashib yog‘ochlangan bo‘ladi. Traxeyalarning qobig‘i 
spiral, halqasimon, narvonsimon, to‘rli va nuqtali shaklda qalinlashgan bo‘ladi.  
 
Traxeidlar  –  ingichka  uchli,  yog‘ochlashgan,  qalin  devorli,  o‘lik  prozenxim 
hujayralardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  asosan  nina  bargli  daraxtlarda,  paporotniksimonlarda 
uchraydi.  
 
Floema tushuvchi oqim  bo‘lib, uning tarkibiga  elaksimon naylar,  yo‘ldosh hujayralar, 
floema tolasi – stereid va floema parenximalari kiradi.  
 
Elaksimon  naylar  uzunasiga  birlashgan  naysimon  hujayralardan  iborat,  ularning 
birlashgan ko‘ndalang to‘siqlarida mayda teshiklar xuddi  elakga o‘xshab joylashgan bo‘lgani 
uchun  elaksimon  naylar  deyiladi.  Elaksimon  naylar  yonida  maxsus    tirik  yadroli  hujayralar 
bo‘lib  ular  yo‘ldosh  hujayralar  deyiladi.  Elaksimon  nay  va  yo‘ldosh  hujayralar  yonma  yon 
joylashgan bo‘lib, har ikkalasi ham kambiy va prokambiyning bitta hujayrasidan hosil bo‘ladi. 
SHuning  uchun  bu  hujayralar  harindosh  hujayralar  bo‘lib,  elaksimon  naylar  nobud  bo‘lsa, 
yo‘ldosh hujayra ham halokatga uchraydi.  
Ochiq urug‘li o‘simliklarda yo‘ldosh hujayra bo‘lmaydi.  
 
O‘tkazuvchi  to‘qimaning  barcha  elementlari  qo‘shilib,  o‘tkazuvchi  bog‘lamni  hosil 
qiladi.  har  bir  o‘tkazuvchi  bog‘lam  keng  ovalsimon  yoki  tuxumsimon  bo‘lib  turli  xil 
to‘qimalardan tuzilgan.  
 
Daraxt o‘simliklar 
 
Floema  va  ksilemaning  joylashishiga  harab  o‘tkazuvchi  bog‘lamlar  quyidagicha 
bo‘ladi.  
Yopiq  kollateral  bog‘lamda  prokambiy  to‘liq  sarflanib,  floema  bilan  ksilema  yonma  –  yon 
joylashadi (masalan makkajo‘xorida). 
Ochiq  kollateral  bog‘lamda prokambiyning bir  qismi  kambiyga aylanib  floema bilan ksilema 
o‘rtasida joylashgan bo‘ladi (ikki pallali o‘simliklarda uchraydi).  
Ochiq  bikollateral  bog‘lamlarda,  floema  ksilemaning  ikki  tomonida,  floema  bilan  ksilema 
o‘rtasida kambiy joylashgan bo‘ladi (masalan qovoq poyasida).  
Kontsentrik  bog‘lamlarda  floema  ksilemani  batamom  o‘rab  olgan  bo‘ladi  yoki  aksincha 
ksilema floemani o‘rab oladi (bunday bog‘lam ildizpoyalarda uchraydi). 
Radial  o‘tkazuvchi  bog‘lamlarning  asosiy  qismini  ksilema  tashkil  qilib,  radial  nur  shaklida 
joylashadi. Radial nurlar orasida floema joylashadi. (bu bog‘lam birlamchi ildiz tuzilishiga ega 
bo‘lgan  o‘simliklarda  uchraydi).da  floema  daraxtning  po‘stloq  qismida,  ksilema  yog‘ochlik 
qismida  joylashib,  o‘tkazuvchanlik  vazifasini  bajaradi.  O‘t  o‘simliklarining  po‘stloq  va 
yog‘ochlik  qismi  yaxshi  rivojlanmagan  shuning  uchun  floema  bilan  ksilema  bog‘lam  hosil 
qiladi. Bu bog‘lamlar orqali moddalar harakatda bo‘ladi.  
 
Metod – Bumerang, Vertushka 
Bumerang terningi 
 
Talabalar  kichik  guruhlarga  bo‘linadi  va  vazifa  yozilgan  material  tarqatiladi.  har  bitta  
guruh o‘z fikrlarini bayon qiladi va guruhlar orasida savol – javob  
 
1 – guruhga beriladigan vazifa 
1.
 
O‘tkazuvchi to‘qimalarning vazifasi 
2.
 
YUqoriga ko‘tariluvchi oqim  
3.
 
Past ga tushuvchi oqim  
2 – guruhga beriladigan vazifa 
Floema va uning elementlari  
a) elaksimon nay  
b) yo‘ldosh hujayra  
v) floema parenximasi  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə