Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə105/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   139

228 
 
g)  Vosita  –  doska,  tarqatma  material,  mikroskop,  tayyor  preparatlar,  fiksirlangan  material, 
tablisa  
d) Usul – nutqli  
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish) 
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash  
  4. Metod – Vertushka, Bumerang  
Bumerang treningi 
Talabalar  kichik  guruhlarga  bo‘linadi  va  vazifa  yozilgan  material  tarqatiladi.  Har  bir 
guruh o‘z fikrini bayon qiladi va guruhlar orsida savol-javob ketadi. 
1-guruhga beriladigan vazifa 
1. 
 
Qoplovchi to‘qima, paydo bo‘lishi va vazifasi 
2. 
 
Birlamchi qoplovchi to‘qima-epiderma 
3. 
 
Epiderma hujayralaridagi og‘izcha va tukchalar 
 
 2-guruhga beriladigan vazifa 
1. 
 
Periderma, tuzilishi, uchraydigan joyi 
2. 
 
Fellema, fellogen, fellodermaning tuzilishi, vazifasi 
3. 
 
Yasmiqchaning paydo bo‘lishi, vazifasi 
3-guruhga beriladigan vazifa 
1. 
 
Uchlamchi qoplovchi to‘qima-quruq po‘stloq-paydo bo‘lishi, tuzilishi 
2. 
 
Mexanik to‘qima vazifasi, xillari 
3. 
 
Kollenximaning tuzilishi, xillari 
 
    
4-guruhga beriladigan vazifa 
1. 
 
Sklerenxima, tuzilishi, xillari 
2. 
 
Sklereidlar tuzilishi, uchraydigan joyi 
3. 
 
Mexanik to‘qimalarning ahamiyati 
 
Vertushka metodi 
        Bu treningda guruhlarga material tarqatiladi va har bir guruh yakka holda to‘g‘ri javobni 
belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi. Guruhlar 
soniga qarab aylangandan keyin o‘qituvchi va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob 
belgilaniladi. 
№ 
 
Mexanik to‘qima xillari, tuzilishi 
 
 
P
lastin
ka
li 
koll
enxi
ma
 
B
ur
cha
kl

koll
enxi
ma
 
YU
msho

koll
enxi
ma
 
S
kler
enxi
ma
 
Lubtol

YO
g‘
oc
h
li
k tol
asi
 
S
ter
eid
 


229 
 
1. 
 
 
 
2. 
 
 
 
3. 
 
 
 
4. 
 
5. 
 
6. 
 

 
Poyaning po‘stloq qismida joylashgan, ingichka 
uchli cho‘zinchoq hujayralardan tashkil topgan, 
hujayra  qobig‘i  sellyulozali  bo‘lib,  o‘t 
o‘simliklar poyasida uchraydi 
Hujayralari  tirik  hujayra  po‘sti  sellyulozali, 
qalin, epiderma ostidagi birlamchi po‘stloqning 
parenxim hujayralaridan paydo bo‘lgan hujayra 
po‘stining burchaklari qalinlashgan 
Qobig‘i  juda  qalin  yog‘ochlashgan  po‘stli, 
radial 
kanalchalar 
shaklidagi 
ingichka 
teshikchalari 
bo‘lgan 
o‘lik 
parenxim 
hujayralardan tuzilgan 
Kambiydan  hosil  bo‘lgan  va  yog‘ochlik 
(ksixema)qismida joylashgan mexanik to‘qima 
Poyaning 
po‘stloq 
qismida 
joylashgan 
sklerenxima turi 
Hujayraning  tangental  devorlari  qalinlashgan 
mexanik to‘qima 
Hujayra  devorlari  orasida  bo‘shliq  bo‘lgan 
mexanik to‘qima 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5. Mustaqil bajarish uchun vazifalar 
  
Ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlar. 
Qoplovchi to‘qimalar 
 
Qoplovchi  to‘qimalar  o‘simliklar  tanasini  tashqi  qismida  joylashgan  bo‘lib,  uning 
organlarini  tashqi  noqulay  sharoit  ta’siridan,  ya’ni  haddan  tashqari  qizib  ketish  yoki  sovub 
ketishdan,  to‘qimalar  ichiga  suv,  zararli  bakteriyalar  va  zamburug‘lar  kirishidan,  o‘simlikni 
ortiqcha suv bug‘latishdan, mexanik shikastlanishdan saqlaydi. 
Qoplovchi  to‘qima  kelib  chiqishiga  ko‘ra  uch  xil  bo‘ladi:  epiderma  yoki  po‘st,  periderma, 
po‘stloq bo‘ladi. 
 
Epiderma.  Epiderma  o‘simlikning  barg  va  yosh  novdalarini  tashqi  tomondan  o‘rab 
turuvchi bir qator, ba’zan ikki, uch qator bo‘lib zich joylashgan tirik hujayralardan iborat. 
 
Epiderma  hujayralari  rangsiz  uning  ichida  protonlazma  va  vakuolalar  mavjud. 
Epiderma tashqi ko‘rinishi jihatidan turli o‘simliklarda turlicha bo‘ladi. 
Masalan:  ikki  pallali  o‘simliklarda  epiderma  hujayralarining  bo‘yi  bilan  eni  baravar,  hujayra 
po‘sti egri-bugri bo‘lsa, bir pallali o‘simliklarda esa cho‘ziq, hujayra devorlari tekis bo‘ladi. 
 
Epidermaning sirti ko‘pincha mumsimon modda kutin bilan qoplangan bo‘lib, yaltiroq 
tashqi  qavat-kutikulani  hosil  qiladi.  Kutikula  o‘zidan  suv  va  gazlarni  o‘tkazmaydi,  natijada 
himoya  vazifasini  yanada  oshiradi.  O‘simliklarda  gaz  almashinish  va  suv    bug‘lanish 
jarayonlari alohida teshikchalar-og‘izchalar orqali bo‘ladi; bu og‘izchalar epidermis hujayralari 
orasiga  joylashgan  bo‘ladi,  Og‘izchalar  ikkita  loviyasimon  shaklli  qamrovchi  hujayradan 
tuzilgan bo‘lib, bu hujayralar gaz va suv bug‘latib turadigan teshikni hosil qiladi. Qamrovchi 
hujayralar  epidermining  boshqa  hujayralaridan  tarkibida  xloroplast  bo‘lishi  bilan  farq  qiladi. 
Hujayralar devorining bir xilda qalin emasligi hamda ularning bir xilda tarang bo‘lib turmasligi 
sababli  og‘izcha  ochilib  yoki  yopilib  turishi  mumkin.  Qamrovchi  hujayralar  tarang  vaqtida 
og‘izcha ochiq, so‘ligan vaqtda esa bekiladi. 


230 
 
 
Epiderma  sirti  tukchalar  bilan  qoplangan  bo‘ladi.  tukchalar  bajaradigan  vazifasi  va 
tuzilishi  jihatidan  bir  hujayrali,  ko‘p  hujayrali,  oddiy  va  bezli  bo‘ladi;  shakliga  ko‘ra-to‘g‘ri, 
shoxlangan, boshchali,  yulduzsimon bo‘ladi.  Bezli tukchalarda  efir moylari, kislotalar hamda 
fermentlar bo‘ladi. 
 
Periderma.  Ko‘p  yillik  o‘simliklarning  organlarida  epiderma  o‘rnini  ikkilamchi 
qoplovchi  to‘qima-probka  (periderma)  egallaydi.  Periderma  uch  qavatdan:  fellema,  fellogen, 
fellodermadan iborat. 
Fellema (po‘kak) bir necha qavat o‘lik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, o‘zidan suv 
va havoni o‘tkazmaydi. 
  
Fellogen Hujayrasi ichida sitoplazma va yassi shaklli hujayralardan iborat yupqa po‘stli  
yadrosi bo‘ladi. Fellogen hujayralari bo‘linib ko‘payib tashqi tomondan felloderma to‘qimasini 
hosil qiladi. 
 
Periderma  ba’zi  o‘simlikda  fellogen  epidermaning  o‘zidan  yoki  subepidermal  qavat 
hujayrasidan paydo bo‘ladi. 
 
Po‘kak to‘qimaning ayrim hujayralari uzilib yasmiqchalar hosil qiladi. Ular orqali suv 
parlanish va havo almashinish jarayoni sodir bo‘ladi. 
 
Po‘stloq.  Ko‘p  yillik  daraxt  o‘simliklarining  poyasida  probka  o‘rnini  quruq  po‘stloq 
egallaydi.  Daraxtsimon  o‘simliklar  poyasi  kambiy  qavatining  uzluksiz  rivojlanishi  hisobiga 
eniga  o‘sib  yo‘g‘onlashib  turadi.  Natijada  periderma  ham  yoriladi.  Po‘stloqning  chuqurroq 
qismida yangidan periderma qavatini hosil qiladigan fellogen to‘qimasi hosil bo‘ladi. Fellogen 
qavatining  qayta-qayta  hosil  bo‘lishi  natijasida  po‘stloq  to‘qimalari  qurib,  o‘lik  qoplovchi 
to‘qima-quruq po‘stloq hosil qiladi. 
 
 
        Mexanik to‘qima 
 
Mexanik to‘qima o‘simlikka mustahkamlik beradi. Bu to‘qimalarning uch xili mavjud: 
kollenxima, sklerenxima, sklereidlar. 
 
Kollenxima-to‘qimasi tirik parenxima hujayralaridan iborat. Ularda protoplazma, yadro 
va  xlorofill  donachalari  bo‘ladi.  Hujayra  po‘sti  selyulozadan  tashkil  topgan.  Kollenxima 
to‘qima  hujayralarining  devorlari  har  xil  qalinlashishi  mumkin.  Hujayra  burchaklari 
qalinlashgan  bo‘lsa,  buni  burchakli  kollenxima  deyiladi.  Hujayraning  tangektal  devorlari 
qalinlashib,  radial  devorlari  yupqaligicha  qolsa,  plastinkali  kollenxima,  qalinlashgan  hujayra 
devorlari  orasida  hujayralararo  bo‘shliq  bo‘lsa  yumshoq  kollenxima  deb  ataladi.  Kollenxima 
to‘qimasi ikki pallali o‘imliklarning yosh poyalari va barg bandida uchraydi. 
 
Sklerenxima.  Bu  to‘qima  poya  epidermasining  ostida  hamda  o‘tkazuvchi  bog‘lamlar 
atrofida  joylashadi.  Hosil  bo‘lishiga  ko‘ra  birlamchi  va  ikkilamchi  sklerenxima  mavjud. 
Birlamchi  sklerenxima  prokambiy  va  peresikldan,  ikkilamchi  sklerenxima  kambiydan  hosil 
bo‘ladi.  Sklerenxima-poyaning  po‘sloq  qismida  uchrasa,  lub  tolalari  yoki  stereid  deb  ataladi. 
Agar sklerenxima o‘simlikning yog‘ochlik qismida uchrab, kambiydan hosil bo‘lsa, yog‘ochlik 
tolasi  yoki  libriform  deyiladi.  Ba’zi  libriform  hujayralar  bo‘shlig‘ida  to‘siqlar  libriform 
deyiladi. Bunday hujayralar tok va shu kabi o‘simliklarda uchraydi. 
 
Sklereid.  Bu  hujayralarning  po‘sti  qalinlashgan  va  yog‘ochlangan.  Sklereidlar  o‘lik 
hujayralar hisoblanadi. Bular o‘simliklarning turli organlarida: o‘simlik poyasi va bargida, nok 
va behi  mevasining etida, shaftoli, o‘rik danagida, yong‘oq po‘chog‘ida uchraydi. 
6. Mustaqil ishlash tartibi 
Kerakli jihozlar: O‘simlik organidan tayyorlangan fiksirlangan material. Safranin, 
Sudan III eritmasi va tayyor preparatlar. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   101   102   103   104   105   106   107   108   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə