Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə101/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139

217 
 
 
2. Darsning vazifasi:  
 
Hujayraning turgor, plazmoliz va deplazmoliz holatini kuzatish, plastidlarni aniqlash.  
3. O‘quv jarayonining mazmuni: 
1.
 
Hujayraning osmotik bosimi  
2.
 
Hujayraning turgor holati  
3.
 
Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati  
4.
 
Plastidalar – hujayra organoidi  
5.
 
Plastidalarning shakllari  
6.
 
Plastidalarning xillari 
7.
 
Xloroplastlarning uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati 
8.
 
Xromoplastning uchraydigan organlari va vazifasi  
9.
 
Leykoplastning uchraydigan organlari, vazifasi 
 
4.  O‘quv  jarayonini  amalga  oshirish  texnologiyasi  (metod,  forma  (shakl),  vosita,  usul, 
nazorat, baholash). 
a) Darsning turi – suhbat  
b) Metod – Bumerang, Blits o‘yin, Vertushka  
v) Forma – (shakl) guruh 
g) Vosita – doska, tarqatma material, mikroskop, tayyor preparatlar, tablitsa  
d) Usul – nutqli  
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish) 
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash  
 
5. Metod – Bumerang, Blits o‘yin, Vertushka 
 
 
Bumerang treningi.  
 
Talabalar  kichik  guruhlarga  bo‘linadi  va  vazifa  yozilgan  material  tar?atiladi.  har  1  ta 
guruh o‘z fikrlarni bayon qiladi va guruh orasida savol javob ketadi.  
 
1 – guruhga beriladigan vazifa 
1.
 
Hujayradagi osmotik bosim holati  
2.
 
Hujayraning turgor holati  
3.
 
Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati  
 
2 – guruhga beriladigan vazifa 


218 
 
1.
 
Plastidalar qanday organoidlar va ularning shakllari 
2.
 
Plastidalar rangiga qarab necha xil bo‘ladi 
3.
 
Plastidalarning uchraydigan joylari  
 
3 – guruhga beriladigan vazifa 
1.
 
Xloroplast – uchraydigan organlari, vazifasi, biologik ahamiyati  
2.
 
Xromoplast – uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati  
3.
 
Leykoplast – uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati  
 
Blits – o‘yin  
Guruh 
bahosi 
 
Guruh 
xatosi 
 
To‘g‘ri 
javob 
 
YAkka 
xato 
 
YAkka 
baho 
 
Guruh 
ishidan 
chetlatish 
 
hujayraning turgor,  
Plazmoliz 
va 
deplazmo-liz 
holati 
 
 
 
 
 
 
 
1.  Filtr  qog‘oz  qoplog‘ich  oyna 
ostidagi  suvning  bir  qismini 
shimib  olgach  uning  o‘rniga 
eritma  kiradi  va  hujayralarda 
asta  sekin  plazmoliz  hodisasi 
yuz  beradi.  Bunda  xlorofill 
donachalari  bir-biriga  yopishib 
hujayraning o‘rtasiga to‘planadi.  
2.  Valisneriya  hujayra-sining 
turgor holati tekshiriladi.  
3.  Preparatni  qo‘zg‘atmas-dan 
turib  qoplog‘ich  oyna  ostidagi 
suvni  to‘yingan  osh  tuzi  bilan 
almash-tiriladi.  Buning  uchun, 
qoplog‘ich  oynaga  taqab  filtr 
qog‘oz tegiziladi.  
4.  Valisneriya  bargidan  ozgina 
olib  buyum  oyna-sidagi  suv 
tomchisiga  qo‘yib  yopg‘ich 
oyna yopiladi.  
5. Preparatdagi osh tuzi eritmasi 
suv  almashtirilsa  deplazmoliz 
hodisasi sodir bo‘ladi.  
6.  Turgor  holatida  xlo-rofill 
donachasi  hujay-raning po‘stiga 
yaqin  joyda  harakat  qiladi.  Bu 
bilan  hujayra  sitoplazmasining 
harakati turgor holat va xlorofill 


219 
 
donachasi kuzatiladi.  
 
 
Bu metodning o‘tkazilish tartibi.  
 
 
Har bir guruh talabalariga yuqorida ko‘rsatilgan vazifa tarqatiladi. Talabalar to‘g‘ri deb 
hisoblagan  raqamni  “yakka  baho”  qatoriga  yozib  chiqiladi.  O‘qituvchi  to‘g‘ri  javob  e’lon 
qilgandan keyin, har bir guruh o‘z xatolarini “guruh xatosi” qatoriga yozadi. Natijada  to‘g‘ri, 
noto‘g‘ri javoblar solishtirilib, guruh bahosi hisoblab chiqiladi.  
 
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar.  
1 – topshiriq: hujayraning turgor, plazmoliz va deplazmoliz holatini   
                       kuzatish, plastidlarni aniqlash.  
Ob’ektlar: valisneriya, pomidor, marjon daraxtining bargi  
1-  tajriba:  Turgor  va  plazmoliz  holatini  kuzatish  uchun  valisneriya  o‘simligidan  preparat 
tayyorlash.  
2 – tajriba: Xromoplastni aniqlash uchun buyum  oynasiga pomidorni yumshog‘ etidan ozgina 
solib suv tomizib, qoplag‘ich oyna bilan yopib kuzating.  
3  –  tajriba:  Marjon  daraxtining  bargini  epidermisi  shilinib,  mikroskopning  katta  ob’ektivida 
kuzatilganda – leykoplastlar yadro atrofida yaltillab ko‘rinadi.  
 
Laboratoriya mashg‘ulot-3 
Mavzu: Hujayradagi zahira moddalar. 
1.
 
Darsning maqsadi: 
Hujayradagi zahira moddalar. 
 
Hujayrada  o‘simlikning  rivojlanishi  uchun  zarur  bo‘lgan  organik  moddalar  zapasi 
vujudga kelib turadi.  Bunday zapas moddalar o‘simlik ildizi,  ildizpoyasi,  kartoshkasi,  piyozi, 
mevasi va urug‘idagi parenxima hujayralarida to‘planadi.  
 
Tsitoplazmadagi  zapas  moddalarga  uglevodlar,  oqsillar  va  yog‘lardan  iborat  organik 
moddalar kiradi.  
 
Uglevodlar.  Sitoplazmada  kraxmal  (S6  N10  O5  )n  shaklida  vujudga  keladi.  Kraxmal 
dumaloq, tuxumsimon shakldagi donachalardan iborat bo‘lib, u assimilyatsion yoki birlamchi 
va zapas kraxmal yoki ikkilamchi kraxmal holida vujudga keladi.  
 
Birlamchi  kraxmal  barglarda  assimilyatsiya  tufayli  hosil  bo‘ladi.  U  diastaza  fermenti 
ta’sirida  shakarga  aylanadi.  SHakar  suvda  yaxshi  erib,  o‘simlik  tanasi  bo‘ylab  harakat  qilib 
urug‘, ildiz, tuganakga borib, amilaza fermenti ta’sirida ikkidamchi kraxmalga aylanadi.  
 
Kraxmal donachalari tuzilishi jihatidan oddiy va murakkab bo‘ladi.  
 
Oddiy  donachalarni  hosil  etuvchi  markaz  bitta  bo‘ladi.  Oddiy  kraxmallarni    hosil 
qiluvchi  markaz  hujayraning  o‘rtasida  bo‘lsa  kontsentrik,  chekkasida  bo‘lsa  ekstsentrik 
kraxmal deyiladi.  
 
Murakkab  kraxmal  donachalarining  har  biri  bir  necha  donachalardan  iborat  bo‘lib, 
o‘zaro zich qo‘shilgan, ammo bir –biridan osongina ajraladigan bo‘ladi.  
 
YArim murakkab donachalarda – kraxmal donachasining hosil etish markazi bir nechta 
bo‘lib, ular o‘ziga xos umumiy qavat bilan o‘ralgan bo‘ladi.  
Oqsillar. 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə