Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o


Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139

212 
 
Foydalaniladigan  asosiy  darsliklar  va  o‘quv 
qo‘llanmalar  ro‘yxati 
1.
 
Яковлев Г. П., Челомбитько В.A. Ботаника. – M.: “Высшая школа” ,  2001.-230 c. 
2.
 
Mustafaev  S.M., Ahmedov O‘.A.  Botanika. – T.: O‘zbekiston, 2005.- 435 b. 
3.
 
Mustafaev    S.M.,  Ahmedov  O‘.A.,    Samatova    SH.    O‘simliklar    sistematikasidan  
amaliy  mashg‘ulotlar. – T.:  “YUNAKS-PRINT” MCHJ  bosmaxonasi, 2007.- 127 b. 
4.
 
Ahmedov  O‘.A.,  Yulchieva  M.T. Botanika  fanidan  elaktron  darslik.-T.: 2008. 
5.
 
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published 
by forgotten books, 2013. – 
6.
 
V. Ch. Evans   Farmakognoziya. –Xalqaro nashr: Edinburg,  London Nyu– York, 
Filadelfiya,  Sidney, Toronto (16 nashr).- Saunders Elsevier Limited, 2009. 
7.
 
Hamidov A.,  Nabiev M.M. “O‘zbekiston  o‘simliklarini  aniqlagichi”.-T.: 1987.-235 b. 
8.
 
Василев  A.E.  “Морфология,  анатомия растений”. – M.: Изд-вo  “ Высшая школа 
”, 1988. -435 c. 
9.
 
Xolmatov  X.X.,  Karimova    S.U.,  Ahmedov    O‘.A.  va    boshqalar.    Dorivor  
o‘simliklarning    lotincha-o‘zbekcha-ruscha-arabcha    va    forscha-tojikcha    lug‘ati.-T.: 
X.F.  “Nizim”  bosmaxonasi,  2004. – 239 b. 
10.
 
Berezovskaya    T.P.,  Dmitruk    S.E.,  Grishinna    e.I.,    Belousov    M.V.    Osnovы  
farmatsevticheskoy  botaniki. – Tomsk:  Pechatnaya  manifaktura,  2004.-294 s. 
11.
 
Xolmatov    X.X.,    Ahmedov    O‘.  A.  Farmakognoziya.  1-2  qism.  –  T.:  “Ibn    Sino”  
nashiryoti, 2007.- 806 b. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


213 
 
V. L ABO RATO RI YA MASH G’ULOTL ARI  UCHUN MATE RIALL AR  
 
 Laboratoriya mashg‘ulot – 1 
Mavzu: Mikroskop va hujayraning tuzilishi 
1. Darsning maqsadi:  
 
O‘simliklarning  ichki  tuzilishini  o‘rganishda  mikroskopdan  foydalaniladi.  Mikroskop 
kichik  buyumlarni  kattalashtirib  ko‘rsatadigan  asbob.  hozirgi  paytda  turli  xil  mikroskoplar 
mavjud.  Mikroskopni  birinchi  marta  1665  yilda  ingliz  olimi  Robert  Guk  kashf  etgan. 
Mikroskop  orqali  oddiy  ko‘z  bilan  ko‘rib  bo‘lmaydigan  hujayra  qismlarini  ham  ko‘rish 
mumkin.  O‘simlik  ichki  tuzilishini  o‘rganishda  biologik  mikroskoplardan  foydalaniladi. 
hozirgi  zamon  biologik  mikroskoplari  ob’ektlarni  ikki  ming  martagacha,  elektron 
mikroskoplari esa qirqming  martagacha kattalashtirib ko‘rsatadi.  
 
O‘simlikning  organini  mikroskopda  ko‘rish  bilan  uning  son-sanoqsiz    mayda 
hujayralardan iborat ekanligini bilamiz. hujayra o‘simlikning tarkibiy qismidir. O‘simlik tirik, 
o‘lik, bir va ko‘p hujayralardan tashkil topib, ular nafas oladi, oziqlanadi, o‘sadi, rivojlanadi, 
ko‘payadi.  
 
Hujayra  yumaloq,  kubiksimon,  prizmasimon  va  boshqa  shakllarda  bo‘ladi.  hujayralar 
shakli jihatidan parenxima va prozenximaga bo‘linadi. Parenxima hujayraning hamma tomoni 
taxminan bir xil o‘lchamga, eni bo‘yiga teng yoki bir oz kattaroq bo‘ladi. Ular dumaloq, ko‘p 
qirrali, plastinkasimon, yulduzchasimon shakllarda bo‘ladi. Masalan, piyoz po‘sti hujayrasida.  
Prozenxima  hujayraning  shakli  cho‘ziq,  ya’ni  bo‘yi  enidan  bir  necha  marta  uzun  bo‘ladi. 
Masalan, paxta tolasining hujayrasida.  
 
2. Darsning vazifasi:  
 
Mikroskopning  tuzilishi,  undan  foydalanish  qoidalari,  doimiy  va  vaqtinchalik  kesiklar 
tayyorlash, ularni bo‘yash usullari bilan tanishadilar.  
O‘simlik  hujayrasining  tuzilishi,  ularning  shakli  va  tirik  qismlari,  organoidlarining 
vazifasini o‘rganish nazarda tutilgan.  
 
3. O‘quv jarayonining mazmuni  
1. Mikroskop qanday asbob va uning turlari  
2. Mikroskopning optik va mexanik qismlari, ularning vazifalari  
3. Mikroskop bilan ishlash qoidalari  
4. Fokus oraliqini topish  
5. Kesiklar tayyorlash  
6. Kesiklarni reaktivlar bilan bo‘yash  
7. Hujayraning tuzilishi  
8. Hujayra shakllari: parenxima va prozenxima hujayralar 
9. Hujayra organoidlari va ularning vazifasi 
4.  O‘quv  jarayonini  amalga  oshirish  texnologiyasi  (metod,  forma  (shakl)  vosita,  usul, 
nazorat, baholash). 
a) Darsning turi – suhbat  
b) Metod: - Bumerang, Blits uyin 


214 
 
v) Forma (shakl) – guruh  
g) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa, tayyor preparat 
d) Usul – nutqli  
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish)  
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash 
5. Metod – Bumerang, Blits o‘yin 
Bumerang treningi  
 
Talabalar  kichik  guruhlarga  bo‘linadi  va  vazifa  yozilgan  material  tarqatiladi.  har  1  ta 
guruh o‘z fikrini bayon qiladi va guruhlar orasida savol-javob ketadi.  
               1 – guruhga berilgan vazifa  
1.
 
Mikroskopning vazifasi va xillari  
2.
 
Mikroskopning asosiy qismlari  
3.
 
Mikroskopning optik qismlari va uning vazifalari  
4.
 
Mikroskopning mexanik qismlari va uning vazifalari  
              2 – guruhga beriladigan vazifa  
1.
 
Mikroskop bilan ishlash qoidalari  
2.
 
Fokus oralig‘i qanday topiladi  
3.
 
Kichik ob’ektivdan katta ob’ektivga o‘tish usullari  
4.
 
Kesiklarni  tayyorlash tartibi va ularni bo‘yash  
             3- guruhga beriladigan vazifa  
1.
 
Hujayraning shakllari  
2.
 
Hujayraning tirik va o‘lik qismi  
3.
 
Hujayradagi organoidlar  
4.
 
Hujayra qismlarining tuzilishi va vazifasi  
 
Blits o‘yin 
 
Metodni  o‘tkazilish  tartibi.  Har  bir  guruh  talabalariga  yuqorida  ko‘rsatilgan  vazifa 
tarqatiladi.  Talabalar  to‘g‘ri  deb  hisoblagan  raqamni  “yakka  baho”  qatoriga  yozib  chiqadi. 
O‘qituvchi  to‘g‘ri  javob  e’lon  qilgandan  keyin,  Har  bir  guruh  o‘z  xatolarini  “guruh  xatosi” 
qatoriga  yozadi.  Natijada  to‘g‘ri,  noto‘g‘ri  javoblar  solishtirilib,  guruh  bahosi  hisoblab 
chiqiladi.  
 
Guruh 
bahosi 
 
 
Guruh 
xatosi 
 
 
To‘g‘ri 
javob 
 
 
Yakka 
xato 
 
 
Yakka 
baho 
 
 
Guruh 
ichidan 
chetlatish 
 
 
Mikroskop bilan ishlash usulini 
o‘rganish 
 
 
 
 
 
 
 
1.  Mikroskop  bilan  ishlashdan 
oldin 
kuzguni 
Har 
tomonga 
aylantirib 
yoruqlik 
diafragma 
teshigi  tomon  yo‘naltiriladi  va 
ko‘z  bilan  okulyardan  Harab 
yoruqlik topiladi.  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə