Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə100/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   139

215 
 
2. 
Mikroskopning 
tozaligini 
tekshirib, tutg‘ich qismidan ushlab 
ish  stolida  siljimaydigan  qilib 
qo‘yish kerak.  
3.  Mikroskopning  7x  okulyari  va 
8x 
ob’ektividan 
foydalanib 
yoruqlik to‘planadi.  
4.  Preparatga  yon  tomonidan 
Harab  turib,  mikroskop  trubkasini 
katta  vint  yordamida  preparatga 
juda  yaqin  kelguncha  G`oraliq  1 
sm bo‘lgunchaG` tushiriladi.  
5.  Mikroskopning  katta  ob’ektivi 
(40x) 
orqali 
ko‘rishda 
mikropreparatlarni 
mikroskop 
stolidan qo‘zg‘atmasdan katta vint 
yordamida  ob’ektiv  ko‘tarilib, 
uning  o‘rniga  katta  ob’ektiv 
almashtiriladi.  
6.  Ish  stolining  o‘ng  tomoniga 
rasm  chizish  uchun  maxsus  daftar 
va  chap  tomonga  ishlash  uchun 
kerakli narsalar qo‘yila-di.  
7. 
Tayyorlangan 
preparatni 
mikroskop  stolining  markazidagi 
teshikka to‘g‘rilab qqo‘yiladi. 
8.  Okulyar  orqali  qarab,  ob’ekt 
tasviri 
ko‘ringuncha 
fokusi 
to‘g‘rilanadi  G`oraliq  1-2  mm. 
bo‘lguncha 
9. Okulyardan qarab, mak-rovintni 
ob’ekt  ko‘ringuncha  oldinga  va 
orqaga  burab  boriladi  va  tasvir 
topiladi.  
 
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar. 
1 – mashg‘ulot: Mikroskop bilan ishlash usulini o‘rganish 
Ob’ekt: Mikroskop, piyoz  
a) Mikroskopni tozaligini tekshirish  
b) Ish stoliga mikroskopni o‘rnidan siljimaydigan qilib qo‘yish 
v) Ish stolining o‘ng tomoni ish daftari va chap tomoniga ishlash uchun kerakli asboblar: suv, 
pipetka, preparoval nina, buyum va qoplovich oynalar, filtr qog‘oz, spirt lampa, yumshoq latta 
qqo‘yiladi.  
g) Mikroskop ko‘zgusini Har tomonga Harakatlantirib yoruqlik tutiladi.  
d) Yoruqlik tutish mikroskopning 7x okulyari va 8x ob’ektividan foydalaniladi.  
e) Preparatdagi ob’ekt buyum stolchasidagi teshikka to‘g‘ri qilib o‘rnashtiriladi.  
j)  Ob’ektlar  aniq  ko‘rinishi  uchun  fokus  oraliqi  topiladi.  Okulyardan  ko‘z  bilan  Harab  katta 
vintni  ob’ekt  tasviri  ko‘ringuncha  buraladi.  Mikroskopga  qo‘yilgan  buyum  chap  ko‘z  bilan 
ko‘riladi, o‘ng ko‘z esa ob’ektning rasmini chizishga yordam beradi.  
2 – mashg‘ulot: Kesiklar tayyorlash va piyoz po‘sti hujayrasining 
tuzilishini tekshirish. 


216 
 
 
Piyozning seret  
qobig‘idan nina yoki pintset bilan rangsiz po‘stidan shilib, buyum 
oynasidagi  suv  tomchisiga  qqo‘yiladi.  So‘ngra  nina  uchi  bilan    to‘g‘rilab,  ustiga  qoplag‘ich 
oyna yopiladi.  
Tayyorlangan kesiklar mikroskopning kichik va katta ob’ektivi orqali tekshiriladi.  
Kesiklarni bo‘yash uchun suv o‘rniga lyugol eritmasi tomiziladi. 
Bo‘yalgan kesik mikroskopning kichik va katta ob’ektivi orqali Haralganda piyoz pardasining 
hujayralari  yupqa  po‘st  bilan  qoplanganligi  va  ichida  vakuola,  sitoplazma,  yadro  borligi 
ko‘riladi.  
Topshiriq:  Biologik  mikroskopni  va  hujayra  tuzilishini  rasmini  chizib,  hamma  qismlarini 
nomini yozing.  
 
Laboratoriya  mashg‘ulot-2 
Mavzu: Osmotik  bosim. Plastidlar.  
1.
 
Darsning maqsadi: 
 
Hujayra  ichidagi  suyuqlik  hujayra  shirasi  deyiladi.  Bu  suyuqlikda  organik  va  mineral 
moddalar  erigan  holda  bo‘ladi.  hujayra  shirasi  voyaga  etgan  hujayralarda  protoplazmaning 
hayot  faoliyati  natijasida  vujudga  keladi.  hujayra  shirasida  erigan  moddalar  ma’lum  bosim 
hosil  qiladi.  U  osmotik bosim  deb  ataladi.  Osmotik  bosim  eritma  kontsentratsiyasiga  bog‘liq 
bo‘lib, u qancha kuchli bo‘lsa osmotik bosim ham shuncha kuchli bo‘ladi. 
 
Hujayraning  turgor  holati  deb  –  hujayra  shirasida  suv  ko‘payib  ketib  hujayraning 
taranglanishiga aytiladi.  
Hujayra  turgor  holatda  bo‘lganda  uning  ichidagi  moddalar  hujayra  po‘stiga  zich  yopishib 
turadi.  
Bunday holatdagi hujayraga to‘yingan eritmalar (10 % osh tuzi, 30% qand eritmasi) tomizilsa, 
ya’ni osmotik bosimi hujayra shirasi osmotik bosimidan kuchliroq bo‘lgan eritma vositasi bilan 
hujayra  shirasining  bir  qismi  olib  tashlansa,  hujayra  ichidagi  moddalar  to‘planib  hujayra 
po‘stidan qochadi. Hujayraning bunday holatini plazmoliz deyiladi.  
Plazmoliz  holatidagi  hujayraga  suv  ta’sir  ettirilsa  u  yana  turgor  holatiga  o‘tadi,  bu  xodisa 
deplazmoliz deb ataladi.  
Plastidlar  protoplazmada  sochilib  yotgan  har  xil  shakl  va  rangga  ega  bo‘lgan  mayda  oqsil 
tanachalardir. Plastidlar rangiga qarab 3 xilga bo‘linadi:  
Xloroplastlar (yashil)    
Xromoplastlar (qizil, sariq) 
Leykoplastlar (rangsiz) 
Xloroplast – o‘simlikning barcha yashil qismida uchraydi. Bu plastida xlorofill (yashil), karotin 
(qizil),  ksantofill  (sariq)  pigmentlar  uchraydi.  O‘simliklarda  karbonat  angidrid  va  suvdan 
organik modda vujudga kelishida xloroplast ishtirok etadi.  
Xloroplast  ishtiroki  quyosh  nuri  ta’siri  bilan  organik  moddalarning  hosil  bo‘lishi  xodisasini 
fotosintez deb ataladi. Buni quyidagi formula bilan ko‘rsatish mumkin.  
                                          xlorofill 
6 CO
2
 + 6H
2
O + 674 kkal -------------( C
6
 H
12
O
6
 )+ 6O
2
 
 
 
Bu  protsessda  avval  saxaroza  paydo  bo‘lib,  u  tezda  glyukozaga  aylanadi  va 
o‘simliklarning organlarida zapas modda hisobida to‘planadi.  
Xromoplast  –  to‘q  sariq,  qizil  rangda  bo‘lib,  gullarning  gultoj  bargida,  pishgan  mevalarda  va 
ildizmevalarda uchraydi.  
Leykoplast  –  rangsiz  plastidadan  iborat  bo‘lib,  o‘simliklarning  kurtagida,  poyasida,  ildizi, 
tuganagi  va  piyozboshida  uchraydi.  Leykoplastlar  zapas  oziq  modda  –  ikkilamchi  kraxmalni 
to‘playdi.  


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə