Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə107/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   139

233 
 
g) lub tolasi – stereid 
3 – guruhga beriladigan vazifa 
Ksilema  va uning elementlari  
a) traxeya  
b) traxeidlar 
v) yog‘ochlik parenximasi 
g) yog‘ochlik tolasi – libriform  
4 – guruhga beriladigan vazifa 
O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari  
a) YOpiq kollateral  
b) Ochiq bikollateral  
v) Kontsentrik  
g) Radial  
Vertushka metodi. 
 
Bu  treningda  guruhlarga  material  tarqatiladi  va  har  bir  guruh  yakka    holda  to‘g‘ri 
javobni  belgilaydi.  Keyin  bu  materiallar  guruhlarga  aralashtirib    beriladi,  yana  belgilanadi. 
Guruhlar soniga harab aylangan-dan keyin o‘qituvchi va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob 
belgilaniladi.  
 
O‘tkazuvchi bog‘lam xillari 
 
Yopiq 
kolla-
teral 
bog‘lam 
Ochiq 
kolle-teral 
bog‘lam 
Ochq 
bikol-
lateral 
bog‘lam 
Radial 
bog‘lam 
 
Kon-
tsentrik 
Bog‘lam 
 
1.  Floema  ksilemaning  atrofini 
o‘rab  oladi,  ba’zan  ksilema  floe-
mani atrofini o‘rab oladi  
2.  Ksilemaning  ikki  tomonida 
floema joylashgan bo‘ladi 
3.  Floema  ksilema  bilan  yonma-
yon joylashib turadi  
4.  Ksilema  markazda  radial  nurlar 
hosil 
qilib 
joylashadi, 
nurlar 
orasida floema joylasha-di. 
5. 
Prokambiyning 
bir 
qismi 
kambiyga  aylanib,  floema  bilan 
ksilema o‘rtasida joylashgan bo‘lsa  
 
 
 
 
 
 
Mustaqil bajarish uchun vazifalar.  
  Ob’ektlarni 
o‘rganish: 
O‘tkazuvchi 
to‘qimalar, 
ksilema 
va 
floema                                                   
elementlari va o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari.  
 
O‘simlik  organizmida  suv  va  suvda  erigan  moddalar  doimo  harakatda  bo‘ladi.  Bu 
moddalarning  harakati  o‘tkazuvchi  to‘qimalar  orqali,  ya’ni  ksilemadan  suv  va  unda  erigan 
moddalar  pastdan  yuqoriga,  bunda  ildizdan  poya  va  bargga  ko‘tariladi  (ko‘tariluvchi  oqim), 
floemadan esa assimilyatsiya natijasida hosil bo‘lgan organik moddalar yuqoridan pastga, ya’ni 
bargdan poya va ildizlarga harakatlanadi (tushuvchi oqim). 
 
Ksilema to‘qimasi tarkibiga – traxeya, traxeidlar, ksilema tolasi – libriform va ksilema 
parenximasi kiradi.  


234 
 
 
Traxeyalar  ingichka  kapillyarlardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  ular  hujayralarning  uzun 
qator  bo‘lib  joylashishidan  hosil  bo‘ladi.  Kapillyar  silindr  shaklida  bo‘lib,  ichida  ko‘ndalang 
to‘siqlar bo‘maydi, qobig‘i notekis qalinlashib yog‘ochlangan bo‘ladi. Traxeyalarning qobig‘i 
spiral, halqasimon, narvonsimon, to‘rli va nuqtali shaklda qalinlashgan bo‘ladi.  
 
Traxeidlar  –  ingichka  uchli,  yog‘ochlashgan,  qalin  devorli,  o‘lik  prozenxim 
hujayralardan  tashkil  topgan  bo‘lib,  asosan  nina  bargli  daraxtlarda,  paporotniksimonlarda 
uchraydi.  
 
Floema tushuvchi oqim  bo‘lib, uning tarkibiga  elaksimon naylar,  yo‘ldosh hujayralar, 
floema tolasi – stereid va floema parenximalari kiradi.  
 
Elaksimon  naylar  uzunasiga  birlashgan  naysimon  hujayralardan  iborat,  ularning 
birlashgan  ko‘ndalang  to‘siqlarida  mayda  teshiklar  xuddi  elakga  o‘xshab  joylashgan  bo‘lgani 
uchun  elaksimon  naylar  deyiladi.  Elaksimon  naylar  yonida  maxsus    tirik  yadroli  hujayralar 
bo‘lib  ular  yo‘ldosh  hujayralar  deyiladi.  Elaksimon  nay  va  yo‘ldosh  hujayralar  yonma  yon 
joylashgan bo‘lib, har ikkalasi ham kambiy va prokambiyning bitta hujayrasidan hosil bo‘ladi. 
Shuning  uchun  bu  hujayralar  harindosh  hujayralar  bo‘lib,  elaksimon  naylar  nobud  bo‘lsa, 
yo‘ldosh hujayra ham halokatga uchraydi.  
Ochiq urug‘li o‘simliklarda yo‘ldosh hujayra bo‘lmaydi.  
 
O‘tkazuvchi  to‘qimaning  barcha  elementlari  qo‘shilib,  o‘tkazuvchi  bog‘lamni  hosil 
qiladi.  har  bir  o‘tkazuvchi  bog‘lam  keng  ovalsimon  yoki  tuxumsimon  bo‘lib  turli  xil 
to‘qimalardan tuzilgan.  
 
Daraxt o‘simliklar 
 
Floema  va  ksilemaning  joylashishiga  harab  o‘tkazuvchi  bog‘lamlar  quyidagicha 
bo‘ladi.  
Yopiq  kollateral  bog‘lamda  prokambiy  to‘liq  sarflanib,  floema  bilan  ksilema  yonma  –  yon 
joylashadi (masalan makkajo‘xorida). 
Ochiq  kollateral  bog‘lamda prokambiyning bir  qismi  kambiyga aylanib  floema bilan ksilema 
o‘rtasida joylashgan bo‘ladi (ikki pallali o‘simliklarda uchraydi).  
Ochiq  bikollateral  bog‘lamlarda,  floema  ksilemaning  ikki  tomonida,  floema  bilan  ksilema 
o‘rtasida kambiy joylashgan bo‘ladi (masalan qovoq poyasida).  
Kontsentrik  bog‘lamlarda  floema  ksilemani  batamom  o‘rab  olgan  bo‘ladi  yoki  aksincha 
ksilema floemani o‘rab oladi (bunday bog‘lam ildizpoyalarda uchraydi). 
Radial  o‘tkazuvchi  bog‘lamlarning  asosiy  qismini  ksilema  tashkil  qilib,  radial  nur  shaklida 
joylashadi. Radial nurlar orasida floema joylashadi. (bu bog‘lam birlamchi ildiz tuzilishiga ega 
bo‘lgan  o‘simliklarda  uchraydi).da  floema  daraxtning  po‘stloq  qismida,  ksilema  yog‘ochlik 
qismida  joylashib,  o‘tkazuvchanlik  vazifasini  bajaradi.  O‘t  o‘simliklarining  po‘stloq  va 
yog‘ochlik  qismi  yaxshi  rivojlanmagan  shuning  uchun  floema  bilan  ksilema  bog‘lam  hosil 
qiladi. Bu bog‘lamlar orqali moddalar harakatda bo‘ladi.  
Mustaqil ishlash tartibi.  
1 – tajriba: - Oshqovoq poyasidan ko‘ndalangiga kesib, preparat tayyorlanadi. Bir nechta qirqib 
olingan  poyadan  eng  yupqasini  ajratib  olib,  safranin  reaktividan  tomiziladi  va 
qoplag‘ich  oyna  bilan  yopiladi.  Mikroskopning  kichik  ob’ektivida  poyaning 
umumiy  ko‘rinishi  kuzatiladi.  Bunda  katta  va  kichik  o‘tkazuvchi  to‘qima 
bog‘lamini  ko‘rish  mumkin.  Barcha  yog‘ochlangan  hujayralar  qizil  ranga 
bo‘yalib  ko‘riladi.  Poyaning  hamma  qismi,  poya  epidermisi  va  undan  chiqqan 
hujayrali tuklar, epidermis ostidagi burchakli kollenxima va sklerenxima halqasi 
ko‘zdan    kechiriladi.  Asosiy    to‘qima  bilan  o‘ralgan  o‘tkazuvchi  to‘qima 
bog‘lamlari  ko‘riladi.  O‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lamlari  doira  bo‘yicha  tartibli 
ravishda  joylashgan.  Bu  preparatdan  bitta    o‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lami 
o‘rganiladi.  O‘tkazuvchi  to‘qima  bog‘lami  bikollateral  ravishda  tuzilgan 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə