Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə104/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   139

225 
 
2  –  tajriba:  Paxta  tolasiga  ZnClJ  eritmasidan  tomizilsa,  kletchatka  binafsha  ranga  bo‘yalishi 
kuzatiladi. 
3  –  tajriba:  Po‘kak  bo‘lakchasidan  ozgina  olib  buyum  oynasiga  qqo‘yiladi.  Unga  Sudan  III 
eritmasi tomizilsa, hujayra devorlari qizaradi.  
Topshiriq:  Talabalar  tajribalarni  bajargandan  so‘ng  rasm  daftarlariga  kristallarning  rasmini 
chizib nomini yozadilar.    
 
Laboratoriya mashg‘ulot-5 
 
Mavzu: Hosil qiluvchi to‘qimalar xillari va joylashishi. Birlamchi va ikkilamchi hosil 
qiluvchi to‘qima 
 
1. Darsning maqsadi:    
O‘simlik to‘qimalari ularning turlari, hosil qiluvchi 
to‘qima: birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalarning joylanishini o‘rganadilar.  
 
2. O‘quv jarayonining mazmuni: 
1.
 
To‘qima haqida tushuncha 
2.
 
Kelib chiqishi jihatidan to‘qima xillari. 
3.
 
Embrional va doimiy to‘qimalar. 
4.
 
Hosil qiluvchi to‘qimalar (meristemalar). 
5.
 
Birlamchi va ikkilamchi meristema 
 
3.  O‘quv  jarayonini  amalga  oshirish  texnologiyasi  (metod,  forma  (shakl),  vosita,  usul, 
nazorat, baholash). 
a) Darsning turi – suhbat  
b) Metod – Bumerang, Vertushka  
v) Forma – (shakl) guruh 
g)  Vosita  –  doska,  tarqatma  material,  mikroskop,  tayyor  preparatlar,  fiksirlangan  material, 
tablisa  
d) Usul – nutqli  
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish) 
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash  
  4. Metod – Vertushka, Bumerang  
 Vertushka metodi 
        Bu treningda guruhlarga material tarqatiladi va har bir guruh yakka holda to‘g‘ri javobni 
belgilaydi.  Keyin  bu  materiallar  guruhlarga  aralashtirib  beriladi,  yana  belgilanadi.  Guruhlar 
soniga  qarab  aylangandan  keyin  o‘qituvchi  va  talabalar  bilan  umumiy  to‘g‘ri  javob 
belgilaniladi.  
 
Hosil  qiluvchi  to‘qima 
xillari  va  uchraydigan 
joyi 
Uchki 
meris -
tema 
YOn 
meris- 
tema 
Inter 
kolyar 
meristema 
Jarohat 
meris- 
temasi 
Birlam 
chi-
meriste-
Ikki- 
lamchi 
meristema 


226 
 
ma 
1.Yosh  barglarda  poya 
bo‘g‘imlarida 
bo‘lib, 
poyaning 
bo‘g‘im 
oralig‘i uzun bo‘ladi. 
2. 
Ildiz 
va 
poyada 
silindrsimon  qavat  hosil 
qilib 
o‘simlik 
eniga 
o‘sadi va qalinlashadi. 
3.O‘simlikning  biror  eri 
shikastlansa 
jarohatlangan 
joyni 
tiklaydi. 
4.  Poya  va  ildizning 
bo‘yiga 
o‘sishini 
ta’minlaydi. 
5.  Prokambiy  birlamchi 
floema 
va 
birlamchi 
ksilema 
elamentlarini 
hosil qiladi. 
6.  Kambiy  ikkilamchi 
lub, 
ikkilamchi  
yog‘ochlik hosil qiladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5. Mustaqil bajarish uchun vazifalar 
  
Ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlar. 
       O‘simlik  organizimi  har  biri  ma’lum  vazifani  bajaradigan  har  xil  to‘qimalardan  iborat 
bo‘ladi.  
Kelib  chiqishi,tuzilishi  bir  xil  bo‘lgan  umumiy  fiziologik  xususiyatga  ega  bo‘lgan  va  bir  xil 
vazifani bajaradigan hujayralar to‘plami to‘qima deb ataladi. 
To‘qimalar hujayrasining  shakliga ko‘ra 2 xil guruhga bo‘linadi: 
1.
 
Parenxima 
2.
 
Prozenxima 
 
Parenxima to‘qimalar-parenximatik hujayralardan tashkil topgan. 
Prozenxima to‘qimalar-prozenximatik hujayralardan tashkil topgan.  
To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra embrional va doimiy bo‘ladi. 
Embrional  to‘qima  deb,o‘zidan  boshqa  to‘qimalarni  hosil  qiladigan  to‘qimaga  aytiladi. 
Embrional  to‘qima  hujayralari  bo‘linib  yangi  hujayralar  hosil  qiladi,bu  yangi  hujayralardan 
prokambiy to‘qima hosil bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimadan paydo bo‘lgan hujayralar ma’lum 
shaklga kirib,doimiy to‘qimaga aylanadi. 
Prokambiy  to‘qima  hujayralari  bo‘linib  kambiy  (ikkilamchi  hosil  qiluvchi)  to‘qimani  hosil 
qiladi.  
 
Hosil qiluvchi to‘qima-meristema 
Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklarning o‘sish nuqtalarida poya va ildizning o‘sish konusida 
bo‘ladi.  O‘sish  konusidagi  xujayralarning  bo‘linishi  hisobiga  ildiz  va  poya  bo‘yiga  o‘sadi. 
Birlamchi  meristema  hujayralari  bir  xil  mayda  yupqa  selyuloza  po‘stli  parenxima 
hujayralaridan  iborat  bo‘ladi.  Hujayra  ichida  quyuq  donador  protoplazma  va  yirik  yadro 


227 
 
bo‘ladi.  O‘sish  konusidagi  inisial(boshlang‘ich)  hujayraning  bo‘linishi  natijasida  yangi 
to‘qimalar hosil bo‘ladi. 
 
Poyaning  o‘sish  nuqtasi  bilan  ildizning  o‘sish  nuqtasidagi  meristema  taxminan  bir  xil 
bo‘ladi.  
 
Poyaning konus nuqtasini tekshirsak uni uchta qavatdan iborat ekanligini ko‘ramiz.  
1.
 
Dermatogen-bir qator joylashgan tashqi hujayralar qavati bo‘lib,bundan epidermis hosil 
bo‘ladi. 
2.
 
Periblema-bu oraliq hujayralar qavati bo‘lib dermatogen ostida bir necha qator bo‘lib 
joylashadi va bundan birlamchi po‘stloq hosil bo‘ladi. 
3.
 
Pleroma-markaziy qavat bo‘lib,u bir necha qavat bo‘yiga cho‘zilgan hujayralardan 
iborat. Pleromadan markaziy silindir hosil bo‘ladi.  
Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simlik hayotida katta ahamiyatga ega. CHunki ularning ishtirokisiz 
o‘simlik o‘smaydi va yangi organlar hosil bo‘lmaydi. 
 
6. Mustaqil ishlash tartibi 
Kerakli jihozlar: O‘simlik organidan tayyorlangan fiksirlangan material. Safranin, 
Sudan III eritmasi va tayyor preparatlar. 
1- tajriba.  Poyaning o‘sish konusi. 
Mikroskopning katta ob’ektivida bo‘linish nuqtasidagi hujayralarni kuzating (tayyor 
preparat). 
2-tajriba.    Ildiz  zonalari.  Mikroskop  ostida  ildizning  quyidagi  qismlarni  ko‘ring:  1.  Ildiz 
qini.  2.  Bo‘linish  zonasi-meristema.  3.  O‘sish  zonasi-(dermatogen,periblema,pleroma)  4. 
So‘rish zonasi epiblema (rizoderma), birlamchi po‘stloq,markaziy silindr (tayyor preparat). 
Topshiriqlar:  Poya  meristemasining  umumiy  ko‘rinishi,  ildizning  o‘sish  zonalari  rasmi 
chiziladi. 
 
Laboratoriya mashg‘ulot-- 6 
Mavzu: Qoplovchi va mexanik to‘qimalar. 
1. Darsning maqsadi: 
 
 
Talabalar dars davomida qoplovchi va mexanik to‘qima xillari, ularning 
joylanishini o‘rganadilar.  
2.O‘quv jarayonining mazmuni: 
1.
 
Qoplovchi to‘qimaning vazifasi va uning xillari. 
2.
 
Birlamchi qoplovchi to‘qima-epidermisning hosil bo‘lishi 
3.
 
Ikkilamchi qoplovchi to‘qima-peridermaning hosil bo‘lishi 
4.
 
Uchlamchi qoplovchi to‘qima-quruq po‘stloq, uning hosil bo‘lishi, vazifasi 
5.
 
Mexanik to‘qimaning xillari va vazifasi. 
6.
 
Kollenximaning qalinlashishi, xillari uchraydigan joyi. 
7.
 
Sklerenximaning tuzilishi, xillari uchraydigan joyi 
8.
 
Sklereidlar tuzilishi, uchraydigan joyi. 
 
3.  O‘quv  jarayonini  amalga  oshirish  texnologiyasi  (metod,  forma  (shakl),  vosita,  usul, 
nazorat, baholash). 
a) Darsning turi – suhbat  
b) Metod – Bumerang, Vertushka  
v) Forma – (shakl) guruh 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə