225
2 – tajriba: Paxta tolasiga ZnClJ eritmasidan tomizilsa, kletchatka binafsha ranga bo‘yalishi
kuzatiladi.
3 – tajriba: Po‘kak bo‘lakchasidan ozgina olib buyum oynasiga qqo‘yiladi. Unga Sudan III
eritmasi tomizilsa, hujayra devorlari qizaradi.
Topshiriq: Talabalar tajribalarni bajargandan so‘ng rasm daftarlariga kristallarning rasmini
chizib nomini yozadilar.
Laboratoriya mashg‘ulot-5
Mavzu: Hosil qiluvchi to‘qimalar xillari va joylashishi. Birlamchi va ikkilamchi hosil
qiluvchi to‘qima
1. Darsning maqsadi:
O‘simlik to‘qimalari ularning turlari, hosil qiluvchi
to‘qima: birlamchi va ikkilamchi hosil qiluvchi to‘qimalarning joylanishini o‘rganadilar.
2. O‘quv jarayonining mazmuni:
1.
To‘qima haqida tushuncha
2.
Kelib chiqishi jihatidan to‘qima xillari.
3.
Embrional va doimiy to‘qimalar.
4.
Hosil qiluvchi to‘qimalar (meristemalar).
5.
Birlamchi va ikkilamchi meristema
3. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita, usul,
nazorat, baholash).
a) Darsning turi – suhbat
b) Metod – Bumerang, Vertushka
v) Forma – (shakl) guruh
g) Vosita – doska, tarqatma material, mikroskop, tayyor preparatlar, fiksirlangan material,
tablisa
d) Usul – nutqli
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish)
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash
4. Metod – Vertushka, Bumerang
Vertushka metodi
Bu treningda guruhlarga material tarqatiladi va har bir guruh yakka holda to‘g‘ri javobni
belgilaydi. Keyin bu materiallar guruhlarga aralashtirib beriladi, yana belgilanadi. Guruhlar
soniga qarab aylangandan keyin o‘qituvchi va talabalar bilan umumiy to‘g‘ri javob
belgilaniladi.
Hosil qiluvchi to‘qima
xillari va uchraydigan
joyi
Uchki
meris -
tema
YOn
meris-
tema
Inter
kolyar
meristema
Jarohat
meris-
temasi
Birlam
chi-
meriste-
Ikki-
lamchi
meristema
226
ma
1.Yosh barglarda poya
bo‘g‘imlarida
bo‘lib,
poyaning
bo‘g‘im
oralig‘i uzun bo‘ladi.
2.
Ildiz
va
poyada
silindrsimon qavat hosil
qilib
o‘simlik
eniga
o‘sadi va qalinlashadi.
3.O‘simlikning biror eri
shikastlansa
jarohatlangan
joyni
tiklaydi.
4. Poya va ildizning
bo‘yiga
o‘sishini
ta’minlaydi.
5. Prokambiy birlamchi
floema
va
birlamchi
ksilema
elamentlarini
hosil qiladi.
6. Kambiy ikkilamchi
lub,
ikkilamchi
yog‘ochlik hosil qiladi.
5. Mustaqil bajarish uchun vazifalar
Ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlar.
O‘simlik organizimi har biri ma’lum vazifani bajaradigan har xil to‘qimalardan iborat
bo‘ladi.
Kelib chiqishi,tuzilishi bir xil bo‘lgan umumiy fiziologik xususiyatga ega bo‘lgan va bir xil
vazifani bajaradigan hujayralar to‘plami to‘qima deb ataladi.
To‘qimalar hujayrasining shakliga ko‘ra 2 xil guruhga bo‘linadi:
1.
Parenxima
2.
Prozenxima
Parenxima to‘qimalar-parenximatik hujayralardan tashkil topgan.
Prozenxima to‘qimalar-prozenximatik hujayralardan tashkil topgan.
To‘qimalar kelib chiqishiga ko‘ra embrional va doimiy bo‘ladi.
Embrional to‘qima deb,o‘zidan boshqa to‘qimalarni hosil qiladigan to‘qimaga aytiladi.
Embrional to‘qima hujayralari bo‘linib yangi hujayralar hosil qiladi,bu yangi hujayralardan
prokambiy to‘qima hosil bo‘ladi. Hosil qiluvchi to‘qimadan paydo bo‘lgan hujayralar ma’lum
shaklga kirib,doimiy to‘qimaga aylanadi.
Prokambiy to‘qima hujayralari bo‘linib kambiy (ikkilamchi hosil qiluvchi) to‘qimani hosil
qiladi.
Hosil qiluvchi to‘qima-meristema
Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simliklarning o‘sish nuqtalarida poya va ildizning o‘sish konusida
bo‘ladi. O‘sish konusidagi xujayralarning bo‘linishi hisobiga ildiz va poya bo‘yiga o‘sadi.
Birlamchi meristema hujayralari bir xil mayda yupqa selyuloza po‘stli parenxima
hujayralaridan iborat bo‘ladi. Hujayra ichida quyuq donador protoplazma va yirik yadro
227
bo‘ladi. O‘sish konusidagi inisial(boshlang‘ich) hujayraning bo‘linishi natijasida yangi
to‘qimalar hosil bo‘ladi.
Poyaning o‘sish nuqtasi bilan ildizning o‘sish nuqtasidagi meristema taxminan bir xil
bo‘ladi.
Poyaning konus nuqtasini tekshirsak uni uchta qavatdan iborat ekanligini ko‘ramiz.
1.
Dermatogen-bir qator joylashgan tashqi hujayralar qavati bo‘lib,bundan epidermis hosil
bo‘ladi.
2.
Periblema-bu oraliq hujayralar qavati bo‘lib dermatogen ostida bir necha qator bo‘lib
joylashadi va bundan birlamchi po‘stloq hosil bo‘ladi.
3.
Pleroma-markaziy qavat bo‘lib,u bir necha qavat bo‘yiga cho‘zilgan hujayralardan
iborat. Pleromadan markaziy silindir hosil bo‘ladi.
Hosil qiluvchi to‘qimalar o‘simlik hayotida katta ahamiyatga ega. CHunki ularning ishtirokisiz
o‘simlik o‘smaydi va yangi organlar hosil bo‘lmaydi.
6. Mustaqil ishlash tartibi
Kerakli jihozlar: O‘simlik organidan tayyorlangan fiksirlangan material. Safranin,
Sudan III eritmasi va tayyor preparatlar.
1- tajriba. Poyaning o‘sish konusi.
Mikroskopning katta ob’ektivida bo‘linish nuqtasidagi hujayralarni kuzating (tayyor
preparat).
2-tajriba. Ildiz zonalari. Mikroskop ostida ildizning quyidagi qismlarni ko‘ring: 1. Ildiz
qini. 2. Bo‘linish zonasi-meristema. 3. O‘sish zonasi-(dermatogen,periblema,pleroma) 4.
So‘rish zonasi epiblema (rizoderma), birlamchi po‘stloq,markaziy silindr (tayyor preparat).
Topshiriqlar: Poya meristemasining umumiy ko‘rinishi, ildizning o‘sish zonalari rasmi
chiziladi.
Laboratoriya mashg‘ulot-- 6
Mavzu: Qoplovchi va mexanik to‘qimalar.
1. Darsning maqsadi:
Talabalar dars davomida qoplovchi va mexanik to‘qima xillari, ularning
joylanishini o‘rganadilar.
2.O‘quv jarayonining mazmuni:
1.
Qoplovchi to‘qimaning vazifasi va uning xillari.
2.
Birlamchi qoplovchi to‘qima-epidermisning hosil bo‘lishi
3.
Ikkilamchi qoplovchi to‘qima-peridermaning hosil bo‘lishi
4.
Uchlamchi qoplovchi to‘qima-quruq po‘stloq, uning hosil bo‘lishi, vazifasi
5.
Mexanik to‘qimaning xillari va vazifasi.
6.
Kollenximaning qalinlashishi, xillari uchraydigan joyi.
7.
Sklerenximaning tuzilishi, xillari uchraydigan joyi
8.
Sklereidlar tuzilishi, uchraydigan joyi.
3. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita, usul,
nazorat, baholash).
a) Darsning turi – suhbat
b) Metod – Bumerang, Vertushka
v) Forma – (shakl) guruh
Dostları ilə paylaş: |