245
so‘rish zonasi boshlanadi, bunda ildiz tukchalari borligini ko‘rish mumkin. SHu tukchalar
orqali suv va unda erigan mineral moddalar so‘rilib turadi. Tukchalar uzunligi 1 mmga etadi.
7. Mustaqil ishlash tartibi
1 – tajriba: - Bug‘doy ildizining uzunasiga kesimidan ildiz zonalarini ko‘rish:
a) ildiz qini
b) bo‘linish qismi
v) o‘suvchi qismi
g) so‘ruvchi qismi
2 – tajriba: - Gulsafsar ildizidan vaqtinchalik preparat tayyorlab, so‘rish zonasidan, ildizning
birlamchi tuzilishini o‘rganish:
a) epiblema
b) ekzoderma
v) mezoderma
g) endoderma
d) peretsikl
e) radial bog‘lam
j) o‘zak
3 – tajriba: - Tayyor preparatdan kambiyni hosil bo‘lishini ko‘rib, birlamchi ildizni ikkilamchi
ildizga o‘tishini o‘rganish.
4 – tajriba: - Oshqovoq ildizidan tayyorlangan preparatdan ildizning ikkilamchi tuzilishini
o‘rganish
5 – tajriba: - Tayyor preparatdan ildizmevalarning ichki tuzilishini o‘rganish
Topshiriq: - birlamchi va ikkilamchi ildiz tuzilishi va ularda to‘g‘imalarni joylanishini rasmini
chizib, nomlarini yozish.
Laboratoriya mashg‘ulot – 10
Mavzu: “Bargning anatomik tuzilishi”
1. Darsning maqsadi:
Bargning ichki tuzilishi uning irsiy xususiyatiga, ekologik sharoitga va boshqa
omillarga bog‘liq. Barg ikki asosiy qismdan: barg eti (mezofill) va tomirlaridan iborat.
Barg mezofill qismida assimilyatsion to‘g‘imalar joylashgan. Tomir qismida o‘tkazuvchi
naylar bo‘lib, suv va unda erigan mineral moddalar oqadi.
Assimilyatsion to‘g‘imalar – bulutsimon va uutsimon hujayralardan iborat bo‘lib, ustunsimon
hujayralarda fotosintez protsessi ketadi, bulutsimon hujayralarda gaz almashinuv protsessi
ketadi.
Assimilyatsion to‘qimalarning joylanishiga harab, bargning ichki tuzilishi 3 xil guruhga
bo‘linadi: a) dorzoventral b) izoloteral v) radial.
Bir pallali o‘simliklar bargining ichki tuzilishi ikki pallalilar bargidan birmuncha farq qiladi.
Bir pallali o‘simliklar bargida ustunsimon parenxima bo‘lmaydi, hamma hujayralar bulutsimon
hujayralardan iborat.
2. Darsning vazifasi:
Bargning ichki tuzilishidagi to‘g‘imalar, ularning vazifasi, assmilyatsion
to‘g‘imalarning joylanishiga harab bargning guruhlarga bo‘linishini o‘rganish.
246
TEZKOR SO‘ROV UCHUN SAVOLLAR
1. Bargning ichki tuzilishi qanday omillarga bog‘liq
2. Bargda necha xil to‘g‘ima mavjud, va ularning vazifasi qanday
3. Bargning ostki va ustki tomoni epiderma hujayralarining tuzilishi qanday
4. Barg eti (mezofill) qismidagi parenxima hujayra turlari va ularning vazifasi
5. Assimilyatsion to‘g‘imalar joylanishiga qarab, barg xillari
6. Dorzoventral barg tuzilishi
7. Izoloteral barg tuzilishi
8. Radial barg tuzilishi
9. Bargning tomir qismidagi o‘tkazuvchi sistema tuzilishi
10. Bir pallali o‘simliklar bargining ichki tuzilishini ikki pallalilardan farqi
Metod - Vertushka
Vertushka metodi
№
Assimilyatsion to‘g‘ima-ning
joylanishiga harab, bargning
ichki tuzilishi
Dorzoventral
Izoloteral
Radial
1
2
3
Barglarda yuqori va pastki
epiderma tomonida, ya’ni ikki
tomonlama
ustunsimon
to‘g‘ima joylashgan bo‘ladi.
Barglarda yuqori tomo-nida
ustunsimon, pastki tomonida
bulutsimon yoki g‘ovaksimon
to‘g‘imalar
joylashgan
bo‘ladi.
Barglarda
assimilyatsion
to‘g‘ima radius bo‘ylab, ya’ni
aylana bo‘ylab joy-lashadi.
Barg epidermi-sining o‘sishi
barvaqt to‘xtashi natijasida as-
similyatsion to‘g‘ima o‘sishda
davom
etib,
egri-bugri
holatdagi
xoshiyali
parenximani hosil qiladi.
Bumerang metodi
1 – guruhga beriladigan vazifa
1.
Bargda necha xil to‘g‘imalar mavjud
2.
Bargda epiderma hujayralarining tuzilishi, vazifalari.
2 – guruhga beriladigan vazifa
1.
Bargda assimilyatsion to‘g‘ima turlari va vazifasi
247
2.
Assimilyatsion to‘g‘imaning joylanishiga harab, barg xillari
3 – guruhga beriladigan vazifa
1.
Dorzoventral barg tuzilishi va undagi to‘g‘imalarning joylanishi
2.
Izoloterial barg tuzilishi va undagi to‘g‘imalarning joylanishi.
4 – guruhga beriladigan vazifa
1.
Radial barg tuzilishi va undagi to‘g‘imalarning joylanishi
2.
Barg o‘tkazuvchi sistema tuzilishi
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar
1 – tajriba: - Kameliya bargining ko‘ndalang kesimini (tayyor preparat) mikroskop ostida
ko‘rish, dorzoventral bargning yumshoq qismidagi qoziqsimon va bulutsimon
to‘g‘imalarni o‘rganish. Bargning tomir o‘tgan qismidagi mexanik va
o‘tkazuvchi to‘g‘imalarni aniqlash, rasmini chizib, nomlarini yozish.
2 – tajriba: - Qarag‘ay bargining radial tuzilishi. qarag‘ay bargini ko‘ndalangiga kesib,
vaqtinchalik preparat tayyorlash va quyidagi to‘g‘imalarni o‘rganish:
a) kutikula j) endoderma
b) epidermis z) peretsikl
v) og‘izcha i) yopiq kollateral bog‘lam
g) gipoderma l) sklerenxima
d) chokli parenxima k) asosiy to‘g‘ima
e) smola yo‘llari
3 – tajriba: - Qarag‘ay bargining ko‘ndalang kesimini tayyor preparatda ko‘rib, bargning radial
tuzilishini o‘rganish
4 – tajriba: - Sambitgul, sho‘ra bargini kesib, preparat tayyorlang. Ustunsimon, bulutsimon
to‘g‘imalarning joylanishiga qarab izoloteral barg tuzilishini o‘rganish.
Bargning orqa tomonidagi chu?urchalarga joylashgan og‘izcha va tukchalarni
toping.
Topshiriq: Dorzoventral, izolateral va radial barglarda to‘g‘imalarning joylanishini rasmini
chizib, qismlarini nomlarini yozing.
Laboratoriya mashg‘ulot – 11
Mavzu: “O‘tli o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi”
1. Darsning maqsadi:
Gulli o‘simliklarning har qanday poyasi uchidagi kurtak bilan o‘sadi. Kurtakning
uchida o‘sish nuqtasi yoki konus bo‘ladi. O‘sish konusining birlamchi meristemasidan hosil
bo‘lgan hujayralar poyaning birlamchi tuzilishini hosil qiladi. Bir pallali o‘simliklar poyasi
tashqi tomondan epidermis bilan qoplangan. Epidermis ostida bir necha qavat mexanik
to‘g‘ima – sklerenxima, sklerenxima ostida asosiy parenxima joylashgan. Asosiy parenxima
hujayralarining oralarida yopiq tolali nay bog‘lamlari bo‘lib, ular tartibsiz joylashgan.
Dostları ilə paylaş: |