Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə113/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   139

248 
 
Ikki  pallali  o‘simliklarning  poyasi  birlamchi  yo‘g‘onlashgach,  prokambiyning  bir  qismidan 
kambiy  hosil  bo‘ladi,  natijada  ularda  ikkilamchi  yo‘g‘onlashish  boshlanadi.  Epiderma  ostida 
kollenxima  va  po‘stloq  parenximasi  bo‘lib,  po‘stloqda  ba’zan  sklerenxima  ham  kuzatiladi. 
Poyaning  o‘rtasiga  yaqin  joylashgan  parenxima  hujayralarida  ochiq  kollateral  o‘tkazuvchi 
bog‘lam aylana bo‘ylab, bir sathda joylashadi.  
2. Darsning vazifasi:  
 
O‘tli o‘simliklar poyasidagi to‘g‘imalarning joylanishi, ularning vazifasi, bir va ikki 
pallali o‘simlik poyalarining ichki tuzilishidagi farqlarni o‘rganish.  
 
TEZKOR  SO‘ROV  UCHUN  SAVOLLAR 
1. O‘tli o‘simliklarning poyasida qanday qoplovchi to‘g‘imalar mavjud 
2. O‘tli o‘simliklar poyasida hosil qiluvchi to‘g‘ima turlari va vazifalari  
3. Bir pallali o‘simliklar o‘tkazuvchi to‘g‘ima bog‘lamlarining ikki   pallalilarnikidan farqi  
4. Bir pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi 
5. Ikki pallali o‘simliklar poyasining birlamchi tuzilishi  
6. Ikki pallali o‘simliklar poyasining ikkilamchi tuzilishi  
 
Blits o‘yin 
Guruh 
bahosi 
 
Guruh 
xatosi 
 
To‘g‘ri 
javob 
 
YAkka 
xato 
 
YAkka 
baho 
 
Guruh 
ichidan 
chetlatish 
 
Ikki pallali o‘tli o‘simlik 
poyalarining ichki tuzilishi 
 
 
 
 
 
 
 
1.  Kollenxima  asosan  epi-
dermis  ostida,  skleren-xima esa 
poyaning  marka-ziga  yaqinroq 
halqasimon  yoki  bo‘lak-bo‘lak 
bo‘lib joylashadi.  
2.  Birlamchi  po‘soq  asosan 
xlorofill  donachalari  bo‘lgan 
parenxima 
to‘g‘imalardan 
tashkil topgan.    
3.  Endodermaga  yaqin  turgan 
peretsikldan bosh-lab, markaziy 
silindr boshlanadi.  
4.  Uning  tarkibiga  mexa-nik 
to‘g‘ima  –  kollenxima  va 
sklerenximalar kiradi.  
5.  Ikki  pallali  o‘simlik-larda 
poya  –  epidermis  birlamchi 
po‘stloq,  marka-ziy  silindrga 
bo‘linadi.  
6. 
Birlamchi 
po‘stloqning 
markazga 
yaqin 
qismi 
endoderma deb ataladi.  
7. 
O‘tkazuvchi 
bog‘lamlar 


249 
 
ochiq kollateral tipda bo‘ladi.  
8.  Peretsikldan  markazga  harab 
floema  va  ksilema  orasida 
kambiy  bo‘lgan  o‘tkazuvchi 
bog‘lamlar joylashgan.  
9. 
Peretsikldan 
ko‘pchilik 
o‘simliklarda  qo‘shimcha  ildiz 
va  kurtak  hamda  ikkilamchi 
meristema hosil bo‘ladi.  
 
Bumerang metodi 
1 – guruhga beriladigan vazifa 
1. Poyaning ichki tuzilishida meristema hujayralarining vazifasi  
2. O‘tli o‘simliklar poyasida qanday qoplovchi to‘g‘imalar mavjud 
 
2 – guruhga beriladigan vazifa 
1. Bir pallali o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi  
2. Bir pallali o‘simliklar o‘tkazuvchi to‘g‘ima bog‘lamlarining ikki  pallalilarnikidan farqi 
 
3 – guruhga beriladigan vazifa 
1. Ikki pallali o‘simliklar poyasining birlamchi tuzilishi  
2.  Ikki  pallali  o‘simliklar  poyasining  bir  pallali  o‘simliklar  poyasining  anatomik  tuzilishidagi 
farqi  
 
4 – guruhga beriladigan vazifa 
1. Ikki pallali o‘tli o‘simliklar poyasining ikkilamchi tuzilishi  
2. Poyaning ichki tuzilishida, yo‘g‘onlashishida kambiy hujayralarining vazifasi  
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar 
 
1  –  tajriba:  -  Makkajo‘xori  poyasidan  ko‘ndalang  kesik  tayyorlab,  unga  safranin  eritmasidan 
tomiziladi.  Bunda  kollateral  bog‘lamni,  ya’ni  ksilemaning  bir  tomonida 
floema  joylashgan  bo‘lib,  yopiq  bog‘lam  ekanligi  kuzatiladi.  Bir  pallali 
o‘simlikda o‘tkazuvchi to‘qma bog‘lamlari tartibsiz joylashgan bo‘ladi.  
2  –  tajriba:  -  Ikki  pallali  o‘simlikni  poyasi,  oshqovoqdan  ko‘ndalang  kesik  tayyorlab,  unga 
safranin  reaktividan  tomizib,  mikroskopda  ko‘riladi  va  o‘tkazuvchi  to‘g‘ima 
bog‘lamlari  bikollateral  tipda  tuzilganligi  aniqlanadi.  Bunda  ksilemaning  har 
ikki  tomonida  floema  joylashgan  bo‘lib,  kambiy  borligi  uchun  ochiq 
bog‘lamligi  kuzatiladi.  Ikki  pallali  o‘simliklarni  o‘tkazuvchi  to‘g‘ima 
bog‘lamlari tartibli joylashganini ko‘riladi.  
3  –  tajriba:  -  Ikki    pallali  o‘simlikni  poyasidan  kesik  tayyorlab,  floema  va  ksilema  bog‘lam 
shaklida bo‘lmay, balki tutash, ya’ni aylana shaklida joylashganini ko‘rish. 
Topshiriq:  -  Bir  va  ikki  pallali  o‘tli  o‘simlik  poyalarida  to‘g‘imalarning  joylanishini  rasmini 
chizib,  qismlarini  yozing.  Bog‘lamsiz  poya  tuzilishining  rasmini  chizib, 
nomini yozing.  
 


250 
 
Laboratoriya mashg‘ulot – 12 
Mavzu: “Yog‘ochli o‘simliklar poyasining anatomik tuzilishi” 
1. Darsning maqsadi:  
 
Yog‘ochli  o‘simliklar  poyasi  3  qismga  bo‘linadi:  po‘stloq,  yog‘ochlik  va  o‘zak. 
Daraxtlar  poyasining  ustki  tomoni  periderma  bilan  qoplangan.  Daraxtning  po‘stloq  qismi 
ikkiga  bo‘linadi:  birlamchi  po‘stloq  unga  peridermadan  ikkilamchi  floemagacha  bo‘lgan 
to‘g‘imalar kiradi.  Bu to‘g‘imalar  - kollenxima, oziq  moddalar to‘plovchi  asosiy to‘g‘imalar, 
peretsikl  qoldig‘i  va  birlamchi  floemadan  iborat.  Ikkilamchi  po‘stloqqa  ikkilamchi  floema 
elementlari  va  o‘zak  nur  hujayrasi  kiradi.  Po‘stloq  bilan  yog‘ochlikni  kambiy  chegaralab 
turadi.  
Yog‘ochlik  qismida  o‘tkazuvchi  to‘g‘ima  har  xil  naycha  va  traxeidlardan  iborat.  YOg‘ochlik 
parenximasida  oziqli  moddalar  to‘planadi.  O‘zak  nur  hujayralari  poyada  radius  bo‘ylab 
joylashgani uchun, radial nurlar deb ham ataladi.  
Daraxtli  o‘simliklarning  eniga  yo‘g‘onlashuvi  kambiy  faoliyatiga  bog‘liq.  O‘zak  qismi 
poyaning  markazida  joylashgan  bo‘lib,  uning  hujayralari  har  xil  moddalar  -  oshlovchi 
moddalar ta’sirida qoramtir, sariq, qo‘ng‘ir tusga kiradi.  
2. Darsning vazifasi:  
 
Daraxtli  o‘simliklar  poyasidagi  to‘g‘imalarning  joylanishini,  vazifalarini,  poyalarning 
eniga yo‘g‘onlashuvi kambiy faoliyatini o‘rganish. 
TEZKOR  SO‘ROV  UCHUN  SAVOLLAR 
1. Ikkilamchi qoplovchi to‘g‘ima – periderma va uning tuzilishi  
2. Daraxtsimon o‘simliklar poyasining ichki tuzilishidagi qismlari  
3. Birlamchi po‘stloqdagi to‘g‘imalar va ularning vazifasi  
4. Ikkilamchi po‘stloqdagi to‘g‘imalar va ularning vazifasi  
5. Ikilamchi yog‘ochlikdagi to‘g‘imalar va ularning tuzilishi  
6. O‘simlik poyasining yo‘g‘onlashuvida kambiy faoliyati  
7. Yillik halqaning hosil bo‘lishi  
8. YOg‘ochlik yarosi tarkibi va vazifasi  
9. Nina bargli o‘simliklar poyasining ichki tuzilishi  
5. Metod - Vertushka 
№  YOg‘ochli 
o‘simliklar 
poyasidagi 
hujayra-
lar 
 
Peri-
derma 
 
Bir-
lamchi 
po‘stloq 
 
Ikki-
lamchi 
po‘stloq 
 
Ikki-
lamchi 
yog‘ochli

 
Birlamchi 
yog‘ochlik 
 
O‘zak 
 



 






Epiderma qoldiqlari 
Kollenxima  
Sklerenxima  –  lib-
riform  
O‘zak  nur  hujayra-
lari (birlamchi) 
Yog‘ochlik yadrosi  
Birlamchi floema  
Yirik suv naychalari  
Radial nurlar  
 
 
 
 
 
 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə