Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə110/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139

240 
 
So‘ruvchi  to‘qima  -  Bu  to‘qima  o‘simlik    hayotida  katta  rol’  o‘ynaydi.  So‘ruvchi  to‘qima 
ildizning  so‘rish  zonasida  joylashgan  bo‘lib,  u  ildiz  tuklari  va  po‘stloqning  yosh  parenxima 
hujayralaridan iborat.  
Vellamen - Ko‘p qavatli suv shimuvchi ilma-teshik o‘lik hujayralardan tashkil topgan bo‘lib, 
epifitlarning  havo  ildizlarida  uchraydi.  Bunga  misol  qilib,  solabdoshlar,  kuchaladoshlar 
oilasidagi o‘simliklarning havo ildizlarini olish mumkin. 
Ajratuvchi to‘qimalar 
Moddalar  almashinuvi  jarayonida  o‘simliklar  o‘zidan  har  xil  moddalarni  ajratib  chiharadi. 
Ajratuvchi to‘qimaning ikki turi: ichki va tash?i sekretsiya to‘qimalari mavjud. Ichki sekretsiya 
to‘qimalariga  sxizogen  va  lizigen  yo‘llar  deb  ataluvchi  to‘qimalar,  maxsus  idioblastlar  va 
qismlarga  ajralgan  murakkab  sut  naychalari  yoki  sutdonlar  kiradi.  Bu  to‘qimalarda  ko‘pincha 
oshlovchi moddalar, smolalar, efir moylari va kristallar to‘planadi. Sut naychalari o‘simliklar 
tanasida tarmoqlanib ketgan kanallar sistemasidan iborat. Ular ayrim parenxima hujayralardan 
yoki  bir  qancha  hujayralarning  birlashib  ketishidan  hosil  bo‘ladi.  Sut  naychalari  doimo  tirik 
bo‘lib, unda kauchuk,  smola tomchilari, kraxmal donachalari va alkaloidlar mavjud. Sutsimon 
shira ko‘knori, sachratqi, qoqi o‘ti kabi o‘simlik organlarida uchraydi.  
 Murakkab  yoki  qismlarga  ajralgan  sutdonlar  murtak  rivojlanayotgan  paytda  gipokotilda  va 
urug‘ pallarida hosil  bo‘la boshlaydi.  Apikal  meristemaning differentsiatsiyalanishi natijasida 
yangi  sutdon  yo‘llar  hosil  bo‘ladi,  keyinchalik  ular  birlamchi  sutdon  yo‘llari  bilan  qo‘shilib, 
umumiy murakkab sutdon yo‘llari sistemasini tashkil qiladi. Astraguldoshlar, ko‘knoridoshlar 
oilasiga mansub o‘simliklarda bu qildagi sutdon uchratiladi. 
Oddiy  yoki  qismlarga  ajralmagan  sutdon  yo‘llari  murtakdagi  boshlang‘ich  ildizga  va  urug‘ 
palla  o‘rtasida  joylashgan  bitta  yoki  bir  necha  xil  xujayralarning  kengayib  rivojlanishi 
natijasida  paydo  bo‘ladi.  Bunday  sutdonlarning  ba’zilari  tarmoqlanmasdan  silindrsimon 
ko‘rinishni oladi. CHayon o‘ti va nashada sutdonlar kuchli tarmoqlangan, ya’ni ular o‘simlik 
tanasi bo‘ylab tar?algandir. 
Sxizogen va lizigen bo‘shliqlar. 
Sxizogen  yo‘llar  to‘qimalardagi  hujayralararo    bo‘shliqlarning  kengayishi  natijasida  hosil 
bo‘ladi.  Bu  xildagi  bo‘shliqlar  suv  o‘tlaridan  laminariyada  uchraydi.  Lizigen  bo‘shliqlarning 
kelib  chiqishi  biroz  boshqacharoq  ular  to‘qimalardagi  guruh  hujayralarning  erib  ketishi 
natijasida  hosil  bo‘ladi.  Bunday  bo‘shliqlar  sitrus  o‘simliklarida,  qarag‘aylarda  esa  smola 
yo‘llari shaklida ko‘rinadi.  
Organlarda smola yo‘llari vertikal va gorizantal joylashgan bo‘lishi mumkin. 
Tashqi  sekretsiya  to‘qimalarga  o‘simlikning  vegetativ  va  generativ  organlarining  sirtida 
joylashgan har xil bezli tuklar hamda guldagi nektar bezlari kiradi.Bu to‘qimalar efir moylari, 
nektar va suv ajratib turadi.  
Epiderma hujayralaridan hosil  bo‘lgan bezli tuklar (trixomalar) o‘zlarida  to‘planadigan smola 
va  efir  moylarini  qattiq,  suyuq  yoki  gaz  holatda  tashqi  muhitga  ajratib  turadi.  Ixtisoslashgan 
epidermis xujayralarning smola, yelim va shilimshiq ishlab chiqarishi o‘simliklarda juda ko‘p 
uchraydigan  xodisadir.  Masalan,  chinnigullilar  oilasiga  kiradigan  viscaria  viscose  nomli 
yopishqoq  o‘simlikda  poyasining  bo‘g‘imlari  tagida  yopishqoq  tasmalar  xosil  bo‘ladi.  Bu 
tasmalarning  epidermisi  ajratuvchi  xujayralarni  ya’ni  donador  protoplazmaga  boy  tashqi 
devorida  so‘rg‘ichsimon,  o‘siqlari  bo‘lgan  yirik  –  yirik  xujayralarni  xosil  qiladi.  Ko‘p 
o‘simliklarda  bezsimon  ko‘p  xujayrali  tuklar  mavjud.  Bu  tuklar  bir  xujayrali  masalan 
navruzgul,  pelargoniyada  yoki  ko‘p  xujayrali  boshchadan  iborat  masalan  xmel,  qoraqatda. 
Tuklarning  xamma  xujayralari  tirik  bo‘lib,  boshcha  xujayralari  donador  protoplazmaga  boy 
bo‘lib, yirik yadrosi bor. Bu xujayralarning chiqaradigan suyuqliulari, asosan efir moylari yoki 
shu  moylarda  erigan  smolalardan  iborat  bo‘lib,  kutikula  ostida  to‘planadi,  bunda  kutikula 
pufakcha ko‘rinishida bir yoki bir tup xujayralar ustida ko‘tarilib turadi va o‘z – o‘zidan yoki 
hayvon,  yo bo‘lmasa odam  tekkanida  yoriladi,  shundan keyin kutikula  yana asliga kelishi  va 


241 
 
sekret chiqara boshlashi mumkin.  Нashoratxo‘r o‘simliklarda bunday tuklar yopishqoq pepsin 
va tripsin  moddalarni ajratib turadi.  Gidatodalar suv  ustitsalari ( og‘izchalari) bo‘lib, eng faol 
ajratuvchi organlardan biridir. Ular orqali suv tashhariga tomchilab  turadi. Masalan: ko‘zacha 
bargli  koloxaziya  o‘simlik  bargidagi  gidatodalar  1  minutda  180  tomchiga  yaqin  suv  ajratishi 
mumkin.  Nektar  bezlaridan  qandli  suyuqlik  (nektar)  chiqaruvchi  organlar  bo‘lib,  odatda, 
guldan  joy  oladi:  nektar  chetdan  changlanadigan  o‘simliklarda  hayvonlarni  odatda 
xashorotlarni o‘ziga jalb etadi.   
 
Kerakli  jihozlar:  1.O‘simlik  organidan  tayyorlangan  fiksirlangan  material.  2.  Safranin, 
flyuroglyutsin bo‘yog‘i, Sudan III eritmasi va kontsentrik xlorid kislota.   
6. Mustaqil ishlash tartibi.  
1-tajriba:  -  Qoqi  o‘tni  ildizdan  uzunasiga  yupqa  qilib  kesib  preparat  tayyorlanadi.  Mikroskop 
ostida sut naylari ko‘riladi. 
2-tajriba:  -  Tayyor  preparat:  qarag‘ay  novdasidan  tayyorlangan  preparatdan  sxizogenli 
to‘qimalarni ko‘ring. 
  3-tajriba:  -  Mandarin,  apelsin  yoki  limon  bargidan  (tayyorlangan  preparatdan)      lizigenli 
chiharuvchi to‘qimalarni ko‘ring. 
4-tajriba:  -  Bezli tuki bo‘lgan o‘simliklarni bargini epidermisidan preparat  tayyorlab, bezli va 
bezsiz tuklarni aniqlash (geran, jiyda, kampirchopon barglari ko‘riladi) .  
 
Topshiriqlar:  -  Sut  naylari,  tashqi  va  ichki  ajratuvchi  to‘qimalar,  tuklar,  bezli  tuklarni  rasmi 
chiziladi. 
 
Laboratoriya mashg‘ulot-9 
Mavzu: “Ildizning birlamchi va ikkilamchi tuzilishi” 
1.
 
Darsning maqsadi:  
 
Ildizning birlamchi tuzilishi, ildiz zonalari, ikkilamchi ildizning tuzilishi, kambiyning 
hosil bo‘lishi, ildizmevalarning ichki tuzilishini o‘rganish.   
Ob’ektlar bo‘yicha ma’lumotlar. 
 
Ildiz o‘sish konusining tuzilishini o‘rganish uchun bir pallali o‘simlik ildizining uchki 
qismini  uzunasiga  kesib,  mikroskop  ostida  qaraganimizda  ildiz  uchi  g‘ilof  bilan 
qoplanganligini  ko‘rish  mumkin.  g‘ilof  o‘sayotgan  ildizning  nozik  uchini  –  ildizning  o‘sish 
konusini  shikastlanishdan  saqlab  turadi.  Ildiz  g‘ilofi  hujayralari  yirik  bo‘lib,  sirt  tomonidan 
doimo  ajralib,  ichki  tomondan  beto‘xtov  o‘sib  turadi.  O‘sish  nuqtasi  ichki  hujayralarning 
ko‘ndalang  bo‘linishi  natijasida  o‘sish  nuqtasi  uzayadi,  uzunasiga  bo‘linish  natijasida  esa 
yo‘g‘onlashadi. Bo‘linish nuqtasidan birmuncha yuqoriroq o‘sish zonasi bo‘lib, uning uzunligi 
bir  necha  mmga  etadi.  Bu  zona  hujayralari  tez  o‘sadi  va  cho‘ziladi.  O‘sish  zonasidan  keyin 
so‘rish  zonasi  boshlanadi,  bunda  ildiz  tukchalari  borligini  ko‘rish  mumkin.  SHu  tukchalar 
orqali suv va unda erigan mineral moddalar so‘rilib turadi. Tukchalar uzunligi 1 mmga etadi.  
 Mustaqil ishlash tartibi 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə