Toshkent farmatsevtika instituti farmakognoziya kafedrasi "botanika" fanidan o



Yüklə 43,03 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/139
tarix27.04.2018
ölçüsü43,03 Kb.
#40276
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   139

263 
 
     2. Barg plastinkasining qirralari  
     3. Barg plastinkasining qirqilishiga qarab xillari  
 
3 - guruhga beriladigan vazifa 
 
2.
 
Barg plastinkasining tomirlanishi  
3.
 
Barglarning katta-kichikligi va yashovchanligi  
4.
 
Barglarning poyada joylashishi  
 
4 - guruhga beriladigan vazifa 
 
1.
 
Murakkab barg turlari 
2.
 
SHakli o‘zgargan barglar  
3.
 
hashoratxo‘r o‘simliklar 
 
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar 
 
 
Dars davomida barg morfologiyasiga oid gerbariylar va fiksirlangan materiallardan 
foydalanib  
 
a) barg plastinkasining shakli  
 
b) barg qismlarini (to‘liq, to‘liqsiz) 
 
v) barg plastinkasining qirralarini  
 
g) barg plastinkasining qirqilishi (bo‘lakli, kesik, ajralgan) 
 
d) barg tomirlanish turlarini  
 
e) murakkab barg turlarini  
 
j) shakli o‘zgargan barglar, ularning xilma –xilligi va poyada joylashuvi bilan tanishish 
 
Topshiriq: - Barg morfologiyasiga oid rasmlarni chizib, ularning qismlarini yozish, barg 
tomirlanishini kuzatib, sinflarga  ajratib, rasmini chizing. 
 
 
 
Laboratoriya mashg`ulot – 18 
 
Mavzu: Gerbariyga qarab ildiz, poya va barglarning morfologik  
tuzilishini o`rganish. 
1. Darsning maqsadi: 
Dars  jarayonida  talabalar  amaliy  mashg`ulotlardan  olgan  bilimlarini  yanada 
mustahkamlash  uchun  o`simlik  vegetativ  organlarini  (ildiz,  poya,  barg)  gerbariyga  qarab, 
morfologik analiz qilib o`rganadilar. 
2.Darsning vazifasi:  
Gerbariydan  foydalanib  o`simliklarning  ildiz,  poya  va  barglarining  tashqi  tuzilishini 
o`rganadilar. 
 
3. O`quv jarayonining mazmuni: 
 
1. Ildizning asosiy vazifasi  


264 
 
2. Ildizning kelib chiqishiga ko`ra xillari  
3. Bir pallali o`simliklarning ildiz sistemasi  
4. Ikki pallali o`simliklarning ildiz sistemasi  
5. SHakli o`zgargan ildizlar va ularning vazifasi  
6. Poyaning shakllari  
7. O`sishiga qarab poyaning xilma-xilligi  
8. Poyaning shoxlanish xillari  
9. O`simliklarning hayotiy formasi (daraxt, buta, chalabuta, o`t  o`simlik) 
10. Qiyofasini o`zgartirgan er ustki va er ostki poyalar 
11. To`liq barg to`liqsiz bargdan nimasi bilan farq qiladi 
12. Oddiy barg formalari  
13. Barg qirralari xilma-xilligi  
14. Barg plastinkasining qirqilishiga qarab xillari  
15. Barg plastinkasining tomirlanishi  
16. Barglarning katta kichikligi va yashovchanligi 
17. Barglarning novdalarda joylashishi 
18. SHakli o`zgargan barglar (barg metomorfozi ) 
 
4. O`quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma, (shakl), vosita, usul, 
nazorat, baholash) 
 
a) Darsning turi – suhbat  
b) Metod – Vertushka 
v) Forma (shakl) – gurux 
g) Vosita – doska, tarqatma material, tablitsa, gerbariy 
d) Usul – nutqli 
e) Nazorat – kuzatish (ko`rish) 
j) Baholash – o`z-o`zini va umumiy baholash 
  
Vertushka  metodi 
 
Bu  treningda  3  ta  yoki  5  ta  guruhga  material  tarqatiladi  va  har  bir  gurux  yakka  holda 
to`g`ri  javobni  belgilaydi.  Keyin  bu  materiallar  guruhlarga  aralashtirilib  beriladi,  yana 
belgilanadi, 3 yoki 5 marta aylangandan keyin o`qituvchi va talabalar bilan umumiy va to`g`ri 
javob o`rtoqlashiladi. 
№ 
Ildiz shakillari 
Popuk 
ildiz 
O`q ildiz 
Ildiz meva 
Ildiz 
tuganak 
Tayanch 
ildiz 

Makkajo`xori 
 
 
 
 
 

Sabzi 
 
 
 
 
 

Arpa 
 
 
 
 
 

Yantoq 
 
 
 
 
 

Sholg`om 
 
 
 
 
 

Georgin (kartoshka 
gul) 
 
 
 
 
 

Batat 
 
 
 
 
 


265 
 

G`o`za  
 
 
 
 
 

Suli 
 
 
 
 
 
10 
O`rik 
 
 
 
 
 
 
5. Mustaqil ishlash tartibi. 
 
 
Har  bir  talaba  gerbariy  olib,  undagi  o`simlikning  alohida  organlarini  morfologik 
tuzilishini  sinchiklab  tekshirib  o`rganadi.  O`simliklarning  ta’rifini  yozishda  albatta,  ma’lum 
rejaga rioya etish zarur. 
 
Albomning  chap  tomoniga  o`simlik  vegetativ  organlarining  morfologik  tuzilishini 
ta’rifi  yoziladi.  Morfologik  analizning  to`g`riligini  talabalar,  o`qituvchidan  so`rab  bilishlari 
kerak. 
 
Albomning o`ng tomoniga ildiz, poya va barg rasmi chizib, qismlari yozib qo`yiladi.    
 
O`simlik morfologiyasini ta’riflash rejasi: 
 
1. Er osti organi: 
a) Ildiz. Ildiz sistemasi tipini aniqlash (o`q  ildiz, popuk ildiz) metamorfoz: 
b) Ildizpoya. O`sish xususiyatlari (tik yoki yoniga) 
v) Piyozbosh. Kattaligi, rangi. 
g) Tuganak. SHakli, rangi, kattaligi 
2. Poya. Poyaning turlari: yog`ochli, qisman yog`ochli, o`tli. 
a) Shakli yumaloq, yumaloq bo`g`imli, uch qirrali, to`rt qirrali, ko`p qirrali, yassi; 
b)  O`sish  yo`nalishi:  tik  o`suvchi,  o`rmalab  o`suvchi,  ilashib  o`suvchi,  chirmashib  o`suvchi, 
sudralib o`suvchi va boshqalar; 
v) Shoxlanishlar: monopodial, simpodial, dixotomik, soxta dixotomik
g) Poyaning metamorfozi: gajak, jingalak va tikanlarning necha mm yoki sm ekanligi o`lchab 
yoziladi. 
3. Barg. Oddiy yoki murakkab bargligi aniqlanadi. 
Agar oddiy barg bo`lsa: 
a)  Barg  plastinkasining  shakliga  qarab  lentasimon,  lantsetsimon,  ninasimon,  tuxumsimon, 
teskari 
tuxumsimon, 
yumaloq, 
ellipssimon, 
panjasimon, 
yuraksimon, 
uchburchak, 
strelkasimon, buyraksimon, duksimon va boshqalar. 
b) Tomirlanishi: parallel, yoysimon, to`rsimon, patsimon, panjasimon, yulduzsimon. 
v) Barg plastinkasining qirralari: tekis, oddiy tishchali, qo`sh tishchali, arrasimon tishli, o`yiq, 
ilon izi va boshqalar. 
g) Barg qirqilishi: bo`lakli, qirqilgan, ajralgan. 
Endi murakkab barglarni ko`rib chiqamiz. 
d)  Uch  bargchali,  besh,  etti  bargchali  (panjasimon),  toq  panjasimon,  juft  panjasimon.  Qolgan 
qismlari oddiy barg singari aniqlanadi. 
e) Barglarning poyalarda joylanishi: ketma-ket, qarama-qarshi va halqasimon. 
 
 
IV- semestr 
 
Laboratoriya mashg’uloti – 1  
 
Mavzu: Tuban sporali o‘simliklar:  Suv o’tlari 


Yüklə 43,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə