217
2. Darsning vazifasi:
Hujayraning turgor, plazmoliz va deplazmoliz holatini kuzatish, plastidlarni aniqlash.
3. O‘quv jarayonining mazmuni:
1.
Hujayraning osmotik bosimi
2.
Hujayraning turgor holati
3.
Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati
4.
Plastidalar – hujayra organoidi
5.
Plastidalarning shakllari
6.
Plastidalarning xillari
7.
Xloroplastlarning uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati
8.
Xromoplastning uchraydigan organlari va vazifasi
9.
Leykoplastning uchraydigan organlari, vazifasi
4. O‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi (metod, forma (shakl), vosita, usul,
nazorat, baholash).
a) Darsning turi – suhbat
b) Metod – Bumerang, Blits o‘yin, Vertushka
v) Forma – (shakl) guruh
g) Vosita – doska, tarqatma material, mikroskop, tayyor preparatlar, tablitsa
d) Usul – nutqli
e) Nazorat – kuzatish (ko‘rish)
j) Baholash – o‘z-o‘zini va umumiy baholash
5. Metod – Bumerang, Blits o‘yin, Vertushka
Bumerang treningi.
Talabalar kichik guruhlarga bo‘linadi va vazifa yozilgan material tar?atiladi. har 1 ta
guruh o‘z fikrlarni bayon qiladi va guruh orasida savol javob ketadi.
1 – guruhga beriladigan vazifa
1.
Hujayradagi osmotik bosim holati
2.
Hujayraning turgor holati
3.
Hujayraning plazmoliz va deplazmoliz holati
2 – guruhga beriladigan vazifa
218
1.
Plastidalar qanday organoidlar va ularning shakllari
2.
Plastidalar rangiga qarab necha xil bo‘ladi
3.
Plastidalarning uchraydigan joylari
3 – guruhga beriladigan vazifa
1.
Xloroplast – uchraydigan organlari, vazifasi, biologik ahamiyati
2.
Xromoplast – uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati
3.
Leykoplast – uchraydigan organlari, vazifasi va biologik ahamiyati
Blits – o‘yin
Guruh
bahosi
Guruh
xatosi
To‘g‘ri
javob
YAkka
xato
YAkka
baho
Guruh
ishidan
chetlatish
hujayraning turgor,
Plazmoliz
va
deplazmo-liz
holati
1. Filtr qog‘oz qoplog‘ich oyna
ostidagi suvning bir qismini
shimib olgach uning o‘rniga
eritma kiradi va hujayralarda
asta sekin plazmoliz hodisasi
yuz beradi. Bunda xlorofill
donachalari bir-biriga yopishib
hujayraning o‘rtasiga to‘planadi.
2. Valisneriya hujayra-sining
turgor holati tekshiriladi.
3. Preparatni qo‘zg‘atmas-dan
turib qoplog‘ich oyna ostidagi
suvni to‘yingan osh tuzi bilan
almash-tiriladi. Buning uchun,
qoplog‘ich oynaga taqab filtr
qog‘oz tegiziladi.
4. Valisneriya bargidan ozgina
olib buyum oyna-sidagi suv
tomchisiga qo‘yib yopg‘ich
oyna yopiladi.
5. Preparatdagi osh tuzi eritmasi
suv almashtirilsa deplazmoliz
hodisasi sodir bo‘ladi.
6. Turgor holatida xlo-rofill
donachasi hujay-raning po‘stiga
yaqin joyda harakat qiladi. Bu
bilan hujayra sitoplazmasining
harakati turgor holat va xlorofill
219
donachasi kuzatiladi.
Bu metodning o‘tkazilish tartibi.
Har bir guruh talabalariga yuqorida ko‘rsatilgan vazifa tarqatiladi. Talabalar to‘g‘ri deb
hisoblagan raqamni “yakka baho” qatoriga yozib chiqiladi. O‘qituvchi to‘g‘ri javob e’lon
qilgandan keyin, har bir guruh o‘z xatolarini “guruh xatosi” qatoriga yozadi. Natijada to‘g‘ri,
noto‘g‘ri javoblar solishtirilib, guruh bahosi hisoblab chiqiladi.
6. Mustaqil bajarish uchun vazifalar.
1 – topshiriq: hujayraning turgor, plazmoliz va deplazmoliz holatini
kuzatish, plastidlarni aniqlash.
Ob’ektlar: valisneriya, pomidor, marjon daraxtining bargi
1- tajriba: Turgor va plazmoliz holatini kuzatish uchun valisneriya o‘simligidan preparat
tayyorlash.
2 – tajriba: Xromoplastni aniqlash uchun buyum oynasiga pomidorni yumshog‘ etidan ozgina
solib suv tomizib, qoplag‘ich oyna bilan yopib kuzating.
3 – tajriba: Marjon daraxtining bargini epidermisi shilinib, mikroskopning katta ob’ektivida
kuzatilganda – leykoplastlar yadro atrofida yaltillab ko‘rinadi.
Laboratoriya mashg‘ulot-3
Mavzu: Hujayradagi zahira moddalar.
1.
Darsning maqsadi:
Hujayradagi zahira moddalar.
Hujayrada o‘simlikning rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan organik moddalar zapasi
vujudga kelib turadi. Bunday zapas moddalar o‘simlik ildizi, ildizpoyasi, kartoshkasi, piyozi,
mevasi va urug‘idagi parenxima hujayralarida to‘planadi.
Tsitoplazmadagi zapas moddalarga uglevodlar, oqsillar va yog‘lardan iborat organik
moddalar kiradi.
Uglevodlar. Sitoplazmada kraxmal (S6 N10 O5 )n shaklida vujudga keladi. Kraxmal
dumaloq, tuxumsimon shakldagi donachalardan iborat bo‘lib, u assimilyatsion yoki birlamchi
va zapas kraxmal yoki ikkilamchi kraxmal holida vujudga keladi.
Birlamchi kraxmal barglarda assimilyatsiya tufayli hosil bo‘ladi. U diastaza fermenti
ta’sirida shakarga aylanadi. SHakar suvda yaxshi erib, o‘simlik tanasi bo‘ylab harakat qilib
urug‘, ildiz, tuganakga borib, amilaza fermenti ta’sirida ikkidamchi kraxmalga aylanadi.
Kraxmal donachalari tuzilishi jihatidan oddiy va murakkab bo‘ladi.
Oddiy donachalarni hosil etuvchi markaz bitta bo‘ladi. Oddiy kraxmallarni hosil
qiluvchi markaz hujayraning o‘rtasida bo‘lsa kontsentrik, chekkasida bo‘lsa ekstsentrik
kraxmal deyiladi.
Murakkab kraxmal donachalarining har biri bir necha donachalardan iborat bo‘lib,
o‘zaro zich qo‘shilgan, ammo bir –biridan osongina ajraladigan bo‘ladi.
YArim murakkab donachalarda – kraxmal donachasining hosil etish markazi bir nechta
bo‘lib, ular o‘ziga xos umumiy qavat bilan o‘ralgan bo‘ladi.
Oqsillar.
Dostları ilə paylaş: |