92
4.
Panjasimon
murakkab
barg
Masalan:
nasha,
kashtanning
bargi
Barg plastinkasining tomirlanishi har xil bo‘ladi. Bir pallali o‘simliklarning bargi parallel yoki
yoysimon tomirlangan bo‘ladi. Moy landishining bargi yoysimon, bug‘doy, jo‘xori, arpaning
bargi parallel tomirlangan bo‘ladi. Ikki pallali o‘simliklarning bargi to‘rsimon tomirlangan
bo‘ladi. To‘rsimon tomirlanish 3 xil bo‘ladi:
1.
PATSIMON TOMIRLANISH
2.
BARMOQSIMON (Panjasimon)
3.
YULDUZSIMON
TURINI O‘ZGARTIRGAN BARGLAR
Evolyutsiya jaryonida ko‘pchilik yuksak o‘simliklar vegetativ organlarida bo‘lgani
singari barg
ham o‘z tashqi ko‘rinishini o‘zgartirib boshqa fiziologik funksiyani bajaradigan bo‘lgan.
Oddiy barglrarning turlari:
A-panjasimon o‘yilgan; B-patsimon o‘yilgan; V- panjasimon bo‘lingan; G- patsimon
bo‘lingan;
D- panjasimon qirqilgan; e- patsimon qirqilgan.
94
Halqasimon joylashish: V-oleandra, G-chaqamiq, D-kristovnik.
Barg metomorfoziga tikanaklar, mo‘ylovlar, zahira oziq modda to‘plovchi barglar,
tangacha barglar va hashoratxo‘r o‘simlik barglari misol bo‘ladi. Ko‘pchilik hashoratxo‘r
o‘simliklarda barg bandi barg plastinkasi vazifasini bajaradi. Bunga fillodiya deyiladi. Kaktus,
astragal, qushqo‘nmas o‘simliklarida barg plastinkasi tikanaklarga aylanadi. Mosh, no‘xot,
qovoq, yovvoyi no‘xot o‘simliklarida barg plastinkasi o‘ziga xos mo‘ylovlar hosil qiladi. Oq
akatsiyada kovil, qarag‘ayda yon barglar tikanlar hosil qiladi. Hashoratxo‘r o‘simliklarda bezli
to‘qimalar bo‘lib, ulardan ishlab chiqarilgan sekretlar hashoratlarni jalb qilish va parchalash
xususiyatiga ega. Hashoratxo‘r o‘simliklarni 450 dan ortiq turi mavjud bo‘lib, ular
rossiyankalilar, puzirchatkalilar, nepentesoviklar oilasiga mansubdir. Ba’zi o‘simliklarning
bargi asosiy vazifadan tashqari qo‘shimcha vazifalarni ham bajaradi. Masalan,
kurtaklarning tashqi tomonidagi qobiqsimon barglar meristemani tashqi sharoitdan
saqlab turadi. Piyozning tashqi tomonidagi quruq barglar ichki tomonidagi qismlarini qurib
qolishidan saqlaydi. Makkajo‘xorining so‘tasini o‘rab olgan barglar ham jo‘xori donini quyosh
ta’sirida
qurib qolish, chirish va kurtlarning eb ketilishidan saqlaydi.
13
Ba’zi o‘simliklarning barglari qisman yoki butunlay tikonga aylangan bo‘ladi. Masalan:
qushqo‘nmas, qo‘ytikan deb atalgan o‘simliklarning barglari qisman tikanga aylangan bo‘ladi.
Kaktus va barbaris o‘simliklarining barglari esa butunlay tikanga aylangan. Demak, tikanlar
o‘simliklarni himoya qiladi. Agava va aloe o‘simliklarning barglarida suv zapaslari to‘planadi.
Ba’zi bir o‘simliklarning barglari gajakka aylangan. Bu gajakka aylangan barglar yordamida
o‘simlik biror narsaga osilib yoki chirmashib o‘sad. Masalan, mosh, loviya, no‘xat.
Avstraliyada o‘suvchi Avstraliya akatsiyasining barg bandi yaxshi taraqqiy etib, barg
plastinkasiga aylangan bo‘ladi. Bunday barglarni fillodiya deb ataladi. Plastinkaga aylangan
barg bandida fotosintez protsessi bo‘ladi. Demak, barg bandining plastinkasiga aylanishi
fotosintez protsessiga bo‘lgan talabdan dei hisoblanadi. Ba’zi bir o‘simliklarda oqsil modda
etishmaganligi sababli barg hashorat tutadigan qopqonga aylanadi. Bunday o‘simliklarga:
rosyanka, muxolovka, puzirchatka, kuvshinkalar kiradi. O‘simlik gul kosachasi, otalik va
onaliklari qiyofasini o‘zgartirgan barg ekanligini nemis shoiri va tabiatshunosi Gyote
aniqlagan. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari yordamida vegetativ ko‘payishi mumkin.
Masalan: begoniya va fikus. Ba’zi bir o‘simliklarning barglari ildiz vazifasini ham bajaradi.
Masalan: suv qirqqulog‘i - salviniya Salviniya natans. Bu o‘simliklarda 2 xil barg: suvning
yuzasidagi va suvning ichkarisidagi barg bor. Suvning ichkarisidagi barg ildiz vazifasini
bajaradi. Barg juda ham o‘zgaruvchan organ. Bargning o‘zgarishi o‘simlikning yashash
sharoitiga bog‘liq. Ba’zan bir tup o‘simlikning o‘zida ham har xil barglar uchraydi.
O‘simlikning pastki, o‘rtasidagi, yuqoridagi barglari farqlanadi. Odatda o‘rta barglar
o‘simliklar uchun tipik barg bo‘lib hisoblanadi.
BARG ANATOMIYASI
Bargning ichki tuzilishi 3 xil bo‘ladi:
1.
DORZOVENTRAL
2.
IZOLOTERIAL
3.
RADIAL
Dorzoventral bargning yuqori tomoni pastki tomonga o‘xshash bo‘lmaydi. CHunki
yuqori tomonda qoziqsimon to‘qimalar, pastki tomonda esa bulutsimon to‘qimalar
joylashgan.
1.
13
Pharmaceutikal Botany, a Text-Books for students of pharmacy and science. Published by
forgotten books, 2013. –
95
Izoloterial bargning yuqori tomoni pastki tomoniga o‘xshash bo‘ladi. Bargning yuqorisida
ham pastki tomonida ham qoziqsimon to‘qimalar joylashgan.
Radial bargning
tuzilishi novdaga
o‘xshash bo‘ladi. Bargning ichki
tuzilishi o‘simlikning yashash sharoitiga ham bog‘likdir.
Issiq sharoitda yashaydigan o‘simliklarni
kserofit o‘simliklar deyiladi. O‘rta iqlimda
yashaydigan o‘simliklarni
mezofit deyiladi.
Suv va nam sharoitda yashaydigan o‘simliklarni
gidrofit deyiladi. O‘simliklarning
bargi epidermis bilan qoplangan. Ba’zi o‘simliklarning bargi ko‘p yillik bo‘lsa ham, (archa,
qarag‘ay) epidermis bilan qoplangan. Epidermisning ustida kutikula qavati yoki mum izlari
bo‘ladi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarning bargining epidermisida kutikula
qavat qalin, epidermis bir necha qavat bo‘ladi. Bu o‘simliklarda qoziqsimon to‘qima yaxshi
taraqqiy etgan. Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda epidermis bir qavat, qoziqsimon
to‘qima ham bargning yuqori tomonidan odatda bir qavat joylashgan bo‘ladi. Ba’zan ikki
qavat ham bo‘lishi mumkin. Gidrofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda qoziqsimon
to‘qima bo‘lmaydi. Kserofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda og‘izchalar faqat bargning
pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi. Mezofit sharoitda yashaydigan o‘simliklarda og‘izchalar
bargning asosan pastki tomonida, qisman yuqori tomonda joylashgan bo‘ladi. Gidrofit
sharoitda yashaydigan o‘simliklarda esa og‘izchalar bargning yuqori va pastki tomonida
joylashgan bo‘ladi.
Barg plastinkasi 2 qismdan iborat:
1.
Bargning yumshoq qismi- mezofill
2.
Bargning tomir o‘tgan qismi
Bargning yumshoq qismi mezofillda qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalar joylashgan.
Odatda qoziqsimon to‘qimaning ichkari tomonida bulutsimon to‘qima joylashgan.
Qoziqsimon to‘qima zich joylashgan bo‘ladi. Bulutsimon to‘qimaning hujayralari orasida
bo‘shliq bo‘ladi. Bargning mezofill qismida ba’zi hujayralarda kristallar to‘planadi.
Ba’zilarning hujayrasida suv zapaslari to‘planadi. Ba’zan mezofillda toshsimon hujayra
sklereid uchraydi. Masalan: choyning bargida. Ba’zan o‘simliklarning mezofilida oshlovchi
dubil moddalar, efir moylari va boshqa moddalarni ishlab chiqaradigan hujayralari uchraydi.
Masalan: lavr, evkalipta, magnoliya va boshqalar. Qoziqsimon va bulutsimon to‘qimalarni -
assimilyatsion to‘qima deb ham yuritiladi.CHunki ularning hujayrasida fotosintez protsessi
bo‘lib turadi. Bulutsimon to‘qima siyrak joylashganligi uchun hujayralar oralaridan havo
o‘tib turadi. Natijada barg shamollatib turiladi. SHuning uchun bu to‘qimani ventelyatsion
to‘qima deb ham yuritiladi. Bargning tomir o‘tgan qismida mexanik to‘qima kollenxima,
asosiy to‘qima, hamda o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamlari joylashgan. O‘tkazuvchi to‘qima
bog‘lamlarining soni 1 dan 7 tagacha boradi. O‘tkazuvchi to‘qima bog‘lamida kambiy
bo‘lmaydi. YA’ni o‘tkazuvchi to‘qima bog‘lami yopiq bo‘ladi. O‘tkazuvchi to‘qima
bog‘lami kolloteral tipda tuzilgan. Bargning poyadan farqi shundaki unda floema
kollenximaning pastki tomoniga joylashgan bo‘ladi,. Bargning yumshoq qismiga qattiqlik
beruvchi moddalarni idioblast deyiladi.
DORZOVENTRAL BARG TUZILISHI
Dorzoventral bargda yuqori tomonida ustunsimon, pastki tomonida bulutsimon yoki
g‘ovaksimon to‘qimalar joylashgaq\n bo‘ladi. CHo‘ziq barg sathiga nisbatan
perpendikulyar joylashgan hujayralar ustunsimon parenxima deb atalib, ba’zi
o‘simliklarda bir qator (g‘o‘za bargi), ba’zilarida 2—3 qator (sambitgulda) bo‘lib
joylanadi. Turli shakldagi hujayralardan iborat to‘qima bulutsimon yoki g‘ovak to‘qima
deb ataladi.