90
10.
Березовская T.П., Дмитрук С.E., Гришина Е.И., Белоусов M.В. Основы
фармацевтической ботаники. – Toмск: Печатная мануфактура, 2004.-294 с.
11.
Xolmatov X.X., Ahmedov O‘. A. Farmakognoziya. 1-2 qism. – T.: “Ibn Sino”
nashiryoti, 2007.- 806 b.
Ma’ruza - 6
Barg morfologiyasi. Bargning anatomik tuzilishi.
Ma’ruzaning maqsadi:
Barg vazifasi, uning qismlari. Bargning poyada joylanishi. Oddiy va murakkab barglar,
qiyofasini o‘zgartirgan barglar, bargning ichki tuzilishi to‘g‘risida tushuncha beriladi.
Reja:
1.
Barg vazifasi
2.
Barg qismlari
3.
Barg plastinkasining tuzilishi
4.
Bargning poyaga joylanishi
5.
Murakkab
barglar
6.
Barg metamorfozasi
7.
Barg ichki tuzilishining xillari
8.
Barg ichki tuzilishining o‘simlikning yashash sharoitiga bog‘liqligi
9.
Dorzoventral
barg anatomiyasi
10.
Izoloterial barg anatomiyasi
11.
Radial barg anatomiyasi
Tayanch iboralar: Barg. Barg yuksak o‘simliklarning asosiy vegetativ organi. Bargdagi
muhim biologik jarayonlar: fotosintez, transpiratsiya (suvni bug‘latish). To‘liq va to‘liqsiz
barglar. Shakllangan barg qismi: barg plastinkasi, bandli va qo‘shimcha barg (yon bargcha).
Oddiy va murakkab barglar va ularning xillari. Barg plastinkasining cheti, shakli, uchi, asosi
va tomirlanishi. SHaklini o‘zgartirgan barglar. Barg metomorfozi.
Vazifasiga
qarab
ichki tuzilishi: dorzoventral, izoloterial, radial barglar. Tashqi muhitga qarab barg tuzilishini
moslanishi. Barg mezofili. Ustunsimon to‘qima hujayralari. Bulutsimon g‘ovak to‘qimalar.
Motor hujayralar. hoshiyali parenxima hujayralari. Smola yo‘li. Epitilial qatlam. O‘tkazuvchi
sistema.
Barg tomir o‘tgan qismi: mexanik, asosiy, o‘tkazuvchi to‘qimalar.
BARG MORFOLOGIYASI- Folium.
Barg vegetativ a’zo sifatida yuksak o‘simliklar uchun xosdir. Barg vositasida
o‘simliklarning tashqi muhit bilan munosabati amalga oshadi. Barg poyada joylashgan bo‘lib,
uning o‘sish konusidagi merestema hujayralarining rivojlanishidan hosil bo‘ladi. Ular poyada
o‘ziga xos navbat bilan joylashgan bo‘lib, uning eniga va bo‘yiga o‘sishi bargning asosini va
barg yaprog‘ini hosil qiladi. Barg birinchi marotaba urug‘ embrionidan yoki kurtakdan o‘sib
chiqadi. Barg pastki tomoni bilan o‘sadi. Ba’zi o‘simliklarda masalan qirqquloqsimonlarda
barg uchi bilan o‘sadi. Ko‘pchilik o‘simliklar bargi bahorda chiqib kuzda to‘kiladi. Ba’zi
o‘simliklarning bargi esa bir necha yil to‘kilmasdan turadi. Masalan: qarag‘ayning bargi 3 yil,
91
archaning bargi 10 yil, velvichiya deb atalgan o‘simlikning bargi 100 yil to‘kilmasdan tura
oladi.
Barg quyidagi funksiyalarni bajaradi.
1. Fotosintez
2.
Gazlar almashinuvi
3. Suv bug‘latish
4. Zahira oziq moddalarni saqlash (karam, piyoz)
5. Himoya vazifasi (tikanaklar)
6.Vegetativ ko‘payishga, xizmat qiladi (yapon binafshasi, begoniya)
Barg quyidagi qismlardan tuzilgan bo‘ladi va barg bandi, plastinkasi, yon bargcha va
barg asosi. Barg asosi bilan novdaga birlashib turadi. Barg bandi barg asosi va yaprog‘ini
orasida hosil bo‘ladi. Uning vazifasi bargni yorug‘likka qaratib, maxanik vazifani bajarishidir.
U ayrim o‘simliklarda yaxshi rivojlangan bo‘lsa, ayrimlarida bo‘lmaydi, bunday barglar o‘troq
barglar deyiladi. Bunday barglar g‘allagulli o‘simliklarda hosil bo‘lib, barg qinchasi, tilchasini
hosil qilib bo‘g‘indan bo‘g‘ingacha masofada joylashadi. YOn bargchalar mayda bo‘lib, asosan
2 tadan bo‘ladi.
Vazifasi kurtakni himoya qilishidir. Ayrim o‘simliklarda ular tushib ketadi. (qamish,
olma, nok). Masalan: moshda, g‘o‘zada uch burchakli bo‘lsa, akatsiyada tikanaklarga aylanadi.
Vegetatsiya davrida har bir o‘simlikda quyidagi toifadagi barglar hosil bo‘ladi.
1. Pastki yarusdagi
barglarga kurtakdagi, ildizpoyadagi, piyoz boshlardagi barglar kiradi.
2. O‘rtayarusdagi barglar haqiqiy yashil barglar hisoblanadi.
3. YUqori yarusdagi barglarga. G‘unchani va to‘p gullarni o‘rab turuvchi barglar kiradi.
Ba’zi o‘simliklarning bargi bandsiz bo‘ladi, Masalan, ko‘knorining bargi. Ba’zi
o‘simliklarning bargi qinli. Masalan: g‘alladoshlarning bargi, soyabongullilarning oilasiga
kirgan o‘simliklar.
Barg bandli ham bo‘ladi. Ba’zi o‘simliklarning bargining tagida qo‘shimcha bargi ham
bo‘ladi. Masalan: no‘xat, g‘o‘za barglari tagida.
Agar barg plastinkasi 1 ta bo‘lsa
oddiy barg deyiladi. Barg plastinkasi butun yoki
qirqilgan bo‘lishi mumkin. Agar barg plastinkasi o‘rta tomiriga nisbatan 1/3 qismi qirqilgan
bo‘lsa, bo‘lakli barg deyiladi. masalan: chinor, anjir, g‘o‘za, terak, dub barglari. Agar barg
plastinkasi bundan ham chuqqurroq qirqilgan bo‘lsa, ammo o‘rta tomirigacha etmagan bo‘lsa,
kesik barg deyiladi. Masalan: qoqio‘t, jag‘-jag‘.
Agar barg plastinkasi o‘rta tomirigacha qirqilgan bo‘lsa, ajralgan barg deyiladi.
Masalan: pomidor, kartoshka.
Barg plastinkasining cheti tekis qirrali yoki tishsimon, arrasimon yoki o‘yiqsimon
bo‘lishi mumkin.
Barg plastinkasi har xil shaklda: ninasimon (qarag‘ay), chiziqsimon (g‘alladoshlar),
lantsetsimon (shaftoli, tol), yuraksimon (o‘rik), buyraksimon (tugmachagul), tuxumsimon (qora
ituzum), o‘roqsimon (evkalipt), strelkasimon (pechakgul) va boshqa bo‘lishi mumkin.
Barg plastinkasi xar xil kattalikda bo‘ladi. Masalan: Gruziyada o‘suvchi Pterium o‘simligi
bargi nihoyat darajada katta bo‘ladi. Odam bemalol ko‘rpa qilib ustiga yopsa bo‘ladi.
Barg poyaga xar xil ravishda o‘rnashadi. Ba’zi o‘simliklarning bargi poyada ketma-ket
o‘rnashadi. Masalan: tol, terak barglari. Barg poyada qarama-qarshi o‘rnashgan. Masalan:
labsimongullilar oilasiga kiradigan o‘simliklar (yalpiz, shalfey). Ba’zi o‘simliklarning bargi
poyada halqasimon ravishda joylashgan. Sambitgul o‘simligining bargi 3 tasi bitta joydan
chiqqan bo‘ladi.
Bargning asosiy bandi bo‘lib, shu asosiy bandga bir nechta bargchalar o‘zlarining
bandchalari bilan joylashgan bo‘lsa,
murakkab barg deyiladi. Murakkab barglar bir necha xil
bo‘ladi:
1.
3 plastinkali murakkab barg Masalan:
qulupnay, bedaning bargi.
2.
Toq patli murakkab barg. Masalan: na’matak, yong‘oq, akatsiya bargi kiradi.
3.
Juft patli murakkab barg Masalan: no‘xatning bargi, sariq akatsiyaning bargi.