Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika


Demak, xotira zaiflashuviga yoshni sabab qilib ko’rsatish asossiz bahona



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə23/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

Demak, xotira zaiflashuviga yoshni sabab qilib ko’rsatish asossiz bahona. Kaliforniya universiteti tadqiqotchisi doktor Marion Daymond miya faoliyati ustida izlanishlar olib borib «Insonning qarishi xotiradagi hujayra bog’larini yo’qotmaydi», degan xulosaga keldi. Boshqa tadqiqotlar natijasi ham bu fikrni qo’llab-quvvatlamoqda. Hatto, agar miya davomli ravishda ishlab, ta’limga yo’nalib tursa, hujayralararo bog’lar zichligi yanada mustahkamlanishi xususida qarashlar mavjud. Etmish, sakson yoshli qariyalar bilan olib borilgan tadqiqotlarda aqliy faoliyatning turli davrlarida e’tiborga loyiq natijalarga erishish mumkin ekani isbotlangan.
Demak, xotiraning zaiflashuviga qarilikni sabab qilish o’rinsiz. Fanda xotiraning tabiiy imkoniyatlari uch qismga bo’lib o’rganiladi. Bular taassurot, qaytarish va assotsiatsiyalar.
1. Taassurotga ko’rish va eshitish orqali ega bo’linadi. Insondagi ko’rish hissi boshqa hissiy a’zolarga nisbatan kuchliroq sanaladi. Chunki ko’zdan miyaga boradigan nervlar quloq nervlariga nisbatan 20 marta qalinroq. Masalan, Mark Tven sahnada o’ynashi kerak bo’lgan rolni qaydlar yordamida yaxshi eslab qola olmagach, rasmlar bilan ishlagan va bu qiyinchiliklarni osonlikcha engib o’ta olgan ekan.
2. Qaytarish yoki takrorlash - qadimda ko’pchilik olimlar kichik yoshligidayoq butun boshli kitoblarni aynan qaytarish orqali yod olishgan.
3. Assotsiatsiya - o’xshashlik. Biror faktni boshqa narsa bilan qiyoslash orqali eslab qolish. Misol uchun tanishingizning telefon raqamini uy nomeringiz, tug’ilgan yilingiz yoki kundalik yuradigan avtobusingiz raqami bilan qiyoslab, assotsiatsiya qilishingiz mumkin.
Tadqiqotchi Myuller va Piltsekerlar biror matnni yod olgach, miyani dam oldirish kerakligini ta’kidlashadi. Tin olish jarayonida miya ma’lumotlarni o’z-o’zidan takrorlar ekan. Bu jarayon ma’lumot yodlanganidan keyin o’rinsiz qaytarilaversa ham buziladi.
Natijada miyada hech qanday «muhrlanish» jarayoni yuz bermaydi. Xo’sh, ma’lumotni yodlash bilan mustahkamlash orasida miya qancha vaqt tin olishi kerak? Bu savolga ruhshunos olim Peron javob topgan. U bir necha kishilar ustida tajriba o’tkazib, ularga 18 ta notanish so’zlarni yodlashni va quyidagi jadval asosida takrorlab turishni buyuradi: Tajribada so’zlar 30 soniyadan keyin 14 marta qaytarilganda yaxshi samara bergan. Tanaffus 10 daqiqani tashkil qilganda esa 4 marta takrorlash kifoya qilgan. 10 daqiqadan 24 soatgacha bo’lgan tanaffusda ma’lumotlar qisqa muddatli xotirada mustahkamlangan. 24 soatdan ortiq tanaffuslarda takrorlash miqdori ko’payib boradi va 48 soatga etganida 8 marta qaytarish talab qilinadi. Chunki, bu vaqt ichida xotiraga o’rnashgan qo’shimcha ma’lumotlar xotira quvvatini susaytiradi. Shuning uchun har 24 soatda yodlangan so’zlarni qaytarib turish maqsadga muvofiq.
Psixologiyada xotira 5 ta muhim mezonga muvofiq ravishda turlarga, ajratiladi:

1


Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə