Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi psixologiya va pedagogika



Yüklə 13,21 Mb.
səhifə22/102
tarix15.01.2023
ölçüsü13,21 Mb.
#98632
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102
Majmua Ped psixologiya 2022 фарм

3-rasm. 4-rasm.
3-rasm. Ushbu rasmda psixologiyada juda mashhur bo’lgan tasvirlardan biri ifodalangan. Uning siri oddiy. Agar diqqatimiz markazidagi oq rangli shaklga qaratilsa, kimdir ajoyib guldonni, yana ba’zilar oddiy ko’zani ko’rishi mumkin. Bordi-yu, diqqatimiz qora fonga qaratilsa, u erda biz bir-biriga tikilib turgan ikki kishining yuzini ko’ramiz.
4-rasm. Diqqat bilan rasmning qora rangli shakllariga qaratsak, biz chap tomonga nigoh tashlagan xindyning tasvirini ko’ramiz. Rasmdagi qora rangli shaklar oq fonga hajman kichikroq bo’lgani sababli biz eng avvalo, aynan xindu tasvirini ko’rib turibmiz.
Agar diqqatimizni shaklga nisbatan hajman kattaroq bo’lgan oq fonga qaratsak (bu biroz qiyin bo’lishi tabiiy), rasmda bizga orqasi bilan o’girilib turgan shimol xalqlaridan biri (deylik eskimoslar)ning vakili yoki shunchaki qishning sovug’ida qalin kiyingan kishining tasvirini ko’rishimiz mumkin.
Shu kabi ko’rish illuziyalariga misol bo’la oladigan rasmlarni hayotimizda juda ko’p uchratishimiz mumkin. Ularni ko’rganingizda rasmlaga qarab, biroz mulohaza yuritib ko’ringchi. Fon xususiyatlari sababli hosil bo’ladigan illuziyalar nafaqat fon va undagi shakl hajmiga, balki har ikkisining fazodagi joylashuviga ham bog’liq bo’ladi.
Xotira haqida tushuncha. Xotira turlari va ularning qonuniyatlari
Xotira - atrof-muhitdagi voqelikni bevosita va bilvosita, ixtiyoriy va ixtiyorsiz ravishda, passiv va aktiv xolda, reproduktiv va produktiv tarzda, verbal va noverbal shaklda, mantiqiy va mexanik yo’l bilan aks ettiruvchi esda olib qolish, esda saqlash, qaytadan esga tushirish, unutish hamda tanish, eslashdan iborat psixik jarayon alohida va umumiylik namoyon qiluvchi ijtimoiy hodisa, barcha taassurotlarni ijodiy qayta ishlashga yo’naltirilgan mnemik (yunon. «mnema» - xotira) faoliyat, psixikaning «tanasi» sifatida namoyon bo’ladi.
Xotira shaxs psixik faoliyatining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo’lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, xotiraning bosh roli o’tmishda yuz bergan narsa va hodisalarni aks ettirish bilan cheklanib qolmasdan, balki ham hozirgi, ham kelgusida amalga oshirish rejalashtirilgan voqelikning ruyobga chiqishini ta’minlaydi.
Inson ko’rgan, his qilgan va eshitgan narsalarining juda oz miqdorinigina eslab qola oladi. Ma’lum bo’lishicha, bir vaqtning o’zida odam ongida 7 tadan ortiq belgiga ega bo’lgan ma’lumotning qolishi qiyin ekan. Bu ettita so’z, son, belgi, narsaning shakli bo’lishi mumkin. Agar telefon raqamlari 8 ta belgili bo’lganda, uni yodda saqlash ancha qiyin bo’lardi. Demak, ongning tanlovchanligi va ma’lumotlarni saralab, terib ishlatish yana bir psixik jarayonni - xotirani bilishimiz lozimligini bildiradi.
Inson xotirasining mukammal bo’lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko’rgan-kechirganlarimizning mazmuni to’laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog’liq:
- esda saqlab qolish bilan bog’liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;
- shaxsning o’zi shug’ullanayotgan ishga nechog’lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;
- shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga;
- shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga;
- irodaviy kuchi va intilishlariga.
Psixologik ilmiy adabiyotlarda keltirilishicha, xotira - barcha ruhiy jarayonlarning eng muhim tasnifi bo’lishi bilan bir qatorda, inson shaxsining birligi va yaxlitligi, biologik va ijtimoiylik nisbatini ta’minlab turadi. Ularning o’ziga xos xususiyatlari, xossalari, mexanizmlari to’g’risida muayyan tartibda ma’lumot berish imkoniyatiga ega.
Esda saqlangan ma’lumotni xotiradan chiqarib olib, qayta tiklash ham muhim muammo. Chunki ko’pincha biz xotiramizda kechagina o’qigan ma’lumotning borligini bilamiz-u, lekin kerak bo’lgan vaqtda uni esga tushira olmaymiz. Ma’lumotni xotiradan chaqirib olish omillariga quyidagilar kiradi:
3-shakl

Ma’lumotning anglanganligi


Xotira faol jarayon bo’lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga bevosita bog’liq bo’ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan ma’lumotining 10 foizini, eshitgan va ko’rgan narsasining 50 foizgachasini, o’zi faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Bu ko’plab psixologik eksperimentlarda isbot qilingan. Shaxsning o’zi o’ylab topib, o’zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Bu hodisa psixologiyada generatsiya effekti deb ataladi.
Haqiqatan ham xotiraning imkoniyatlari juda keng. Inson 20 mingdan 100 minggacha so’zni eslab qolishi mumkin. Masalan, mashhur kompyuter dasturchisi Bill Geyts minglab kodlarni yoddan biladi, deyiladi. Sarkarda Aleksandr Makedonskiy esa askarlarini nomma-nom sanab bergani haqida rivoyatlar bor. O’z navbatida kishi xotirasi juda ko’p omillarga bog’liq ekanini ham unutmaslik lozim. Kimdir ko’rganini, kimdir eshitganini yaxshiroq eslab qoladi. Shuningdek, kishi xotirasida qiziqqan narsasi tezroq o’rnashadi. Ba’zan esa ma’lum hissiy kechinmalar unutilgan voqealarni qayta jonlantirgan holatlar uchrab turadi. Hatto til o’rganishga qobiliyati yo’q, deb hisoblangan kishilar begona mamlakatga tushib qolganida, xotiralaridagi yangi qirralar kashf etilgani ham tajribalarda o’z isbotini topgan. Yoshi qirqdan oshgan kishilar gap orasida «Xotira chatoq-da, qarichilik endi!» deb qo’shib ketishi odatiy hol. Aslida esa bunday emas. Ana shu bahonaga tayanadiganlar ko’pincha faol o’rganish davri tugaganidan keyin o’rganishga ishtiyoqni yo’qotishadi va xotirani zo’r berib ishlatmasliklari natijasida shu ko’yga tushib qolishadi. Vaholanki, xotirani charxlash kundalik ishiga aylanib qolgan, yoshi etmishga etgan aktyorlar butun boshli matnlarni qiynalmasdan yodlay olishlari barchaga ma’lum.

Yüklə 13,21 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə