|
![](/i/favi32.png) Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi
|
səhifə | 19/112 | tarix | 26.10.2023 | ölçüsü | 0,87 Mb. | | #131113 |
| Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasiJoriy baxolash (JB)
JB da fanning xar bir bo‘lim bo‘yicha magistrantning bilimi va amaliy ko‘nikmalarini aniqlab borish ko‘zda tutiladi va u amaliy mashg‘ulotlarda amalga oshiriladi. Baholashda magistrantning bilim darajasi, amaliy mashg‘ulot materiallarini o‘zlashtirishi, nazariy material muhokamasida va ta’limning interaktiv uslublarida qatnashishining faollik darajasi, shuningdek amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi xisobga olinadi.
Har bir fan bo‘yicha o‘quv soatidan kelib chiqqan holda maksimal ball belgilanadi.
JB har bir fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda og‘zaki, yozma ish, test yoki ularning kombinatsiyasi shaklida amalga oshiriladi. Har bir mashg‘ulotda barcha magistrantlar baholanishi shart.
Magistrantning mustaqil ishi (MMI)
Magistrantning mustaqil ishi O‘zR oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 25.08.2010 yil 333-sonli buyrug‘i va institut rektori tomonidan 2013 yil 27 fevralda tasdiqlangan “Talaba mustaqil ishini tashkil etish, nazorat qilish va baholash tartibi to‘g‘risida Nizom” asosida tashkil etiladi.
Mustaqil ish bo‘yicha belgilangan maksimal reyting balining 55% dan kam ball to‘plagan magistrant fan bo‘yicha yakuniy nazoratga qo‘yilmaydi.
Magistrantning mustaqil ishi kafedra arxivida ro‘yxatga olinadi va 2 yil mobaynida saqlanadi.
MMI ning o‘zlashtirishi quyidagicha baxolanadi. Maksimal ball 5.
Magistrantning mustaqil ishdan olgan bali JB baliga qo‘shiladi.
Dostları ilə paylaş: |
|
|