Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə24/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Fanning qisqacha mazmuni: O‘zbekiston ijtimoiy hayotining mafkuralar va fikrlar xilma-xilligiga asoslanishi. Milliy g‘oyaning gumanistik mohiyati va demokratik xarakteri, uning xalq madaniy merosi va umume’tirof etilgan demokratik tamoyillarga tayanishi



O‘quv fanini prerekvizitlari

Talaba: Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanini o‘qitish metodikasiga oid dastlabki bilimlarga ega bo‘lishi, mantiqiy va tanqidiy fikrlash, tahlil qilish va xulosalar chiqarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi talab etiladi.

Fanni o‘rganish jarayonida talabalar quyidagi natijalarga erishadi

Bilib oladi: ideya, g‘oya, mafkura, mafkuraviy immunitet,bunyodkor, vayronkor g‘oyalar, milliy ideologiya, davlat va jamiyat, Monarxiya, politiya(respublika), oligarxiya, tiraniya, timokratiya va demokratiya. «Davlatchilik», «Milliy davlatchilik» tushunchalari. “An’anaviy jamiyat”, “Postindustrial jamiyat”, “Axborotlashgan jamiyat”, “Texnokratik jamiyat”, Modernizm, Neokommunizm va Kosmopolitizmtashqi siyosat, “o‘zbek modeli”, milliy g‘oya, mafkura, dunyoqarash, inson omili, sivilizatsiya, diniy e’tiqod, milliy mentalitet, milliy ong, ozodlik, mustaqillik va b.
Bilim, ko‘nikma va malakalarni nazorat qilinishi:
Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fani bo‘yicha joriy, oraliq va yakuniy nazorat o‘tkaziladi. Joriy nazorat uchun 60 ball, oraliq nazorat uchun 10 ball, yakuniy nazorat uchun 30 ball. (maksimal 100 ball)
Fan bo‘yicha egallagan bilimlari asosida: ta’lim muassasasida o‘quv jarayonini tashkil etishning samarali shakl, metod va vositalarini qo‘llay oladi hamda innovatsion faoliyat va kasbiy kompetentligini rivojlantirish yo‘llarini egallaydi.

Postrekvizitlar

Ushbu o‘quv modulini o‘zlashtirish natijasida talabalardan:
Milliy g‘oya: O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish strategiyasi fanini chuqur o‘zlashtirishni;
G‘oya va mafkura tushunchasining mohiyati, mazmuni, namoyon bo‘lish shakllari va rivojlanish xususiyatlari
Mafkuraviy immunitetni shakllantirishning uslub va vositalari
Jamiyatning rivojlanishida shaxs erkinligi o‘rni va axamiyatini
Xar bir xalq va millatning fikrlar plyuralizmi va o‘ziga xos madaniyati bilan saqlanishini
Milliy istiqlol g‘oyasining strategik yo‘nalishlari, vazifalari va istiqbollari
Milliy istiqlol g‘oyalari va mafkurasining dunyoviy xarakteri va uni takomillashtirish kafolatlari
Islom Karimovning davlat va jamiyat qurilishiga doir g‘oyaviy-mafkuraviy qarashlarni bilish talab qilinadi.


Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə