Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi


Milliy istiqlol g‘oyasini tadqiq qilish bo‘yicha yondoshuvlar



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə39/112
tarix26.10.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#131113
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112
Toshkent farmatsevtika instituti ijtimoiy fanlar kafedrasi

Milliy istiqlol g‘oyasini tadqiq qilish bo‘yicha yondoshuvlar. Mazkur mavzuining dolzarb-ligini yana quyidagilar bilan asoslash mumkin.
Birinchidan, milliy istikolol g‘oyasi jamiyat ma’naviy haetining uzviy kismi, kishilar, ijtimoiy va etnik guruxlar faoliyatining dasturiga aylanib bormokda. Bu milliy istiqlol g‘oyasi va mafkurasining ijtimoiy-tarixiy mohiyati va etnik jarayonlar bilan
Uzaro aloqadorligini o‘rganishni hayotiy-amaliy ehtiyojga aylantirmoqda.
Ikkinchidan, odamlar, turli ijtimoiy qatlamlar, millatlar va elatlar ongini egallab zabt etish g‘oyaviy kurashning asosiy maqsadiga aylanib borayotgani dunyoning mafkuraviy manzarasiga xos xususiyatlar, xukmron mayllar rivojlanishini, uning shakllanishida etnik omilning rolini o‘rganish va bundan kelib chiqqan holda, mavjud mafkuraviy tahdidlarning oldini olish, millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish bilan bog‘lik muammolarni falsafiy taxlil etishning hayotiy ahamiyatga egaligini kursatadi.
Uchinchidan, kup millatlilik sharoitida millatlararo munosabatlarni takomillashtirmay, turli millat va elat vakillarining ijtimoiy jarayonlardagi to‘laqonli ishtirokini ta’minlamay turib, jamiyat hayotini har tomonlama yangilanishini tasavvur qilib bo‘lmaydi. Uzoq yillar davomida kishilar ongida shakllangan stereotiplar qayta ko‘rib chiqilayotgan hozirgi davrda bu ayniqsa muhimdir. Qayd etilgan holat mustaqillikka erishgan O‘zbekiston milliy siyosatining mazmun-mohiyatini har tomonlama va chuqur yoritib berishning zarurligini kursatadi. Bu o‘z navbatida bir qator savollarga javob topishni talab qiladi. Uzbekistan milliy siyosatining o‘ziga xosligi nimada? Millatlararo munosabatlarni yanada takomillashtirishga va yuzaga kelayotgan muammolarni echishda nimalarga e’tibor berilmoqda? Demokratik qadriyatlar ustuvorligini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar milliy manfaatlarni ro‘yobga chiqarish jarayoniga qanday ta’sir qilmoqda? Ushbu savollar O‘zbekiston milliy siyosatining g‘oyaviy asoslari va amaliy natijalarini taxlil qilishni talab qiladi.
To‘rtinchidan, milliy istiklol g‘oyasini targ‘ab qilish va millatlararo totuvlikni qaror toptirishda maqsadli va tadrijiy amalga oshiriladigan mafkuraviy tarbiyaniig o‘rni beqiyosdir. Bu ushbu sohadagi mavjud muammolar va ularni hal etishi yo‘llarini tizimiy o‘rganishni talab qiladi.
Qayd etilgen omillar uzviy birlikda milliy istiklol g‘oyasining millatlararo munosabatlarni takomillashtirishdagi o‘rni va rolini ijtimoiy-falsafiy jihatdan tadqiq etiish zaruratini belgilab berdi.
Har qanday millat, har qanday xalq bor ekan, uning o‘z manfaatlari, o‘z maqsad va orzu-umidlariga ega bo‘lishi tabiiy. Ana shu orzu-umidlar va maqsadlarni ifoda etadigan, ularni ruyobga chiqarish uchun xalqni safarbar qiladigan g‘oyalar esa muayyan mafkuraga asos bo‘ladi. Milliy istiqlol g‘oyasi O‘zbekistonda yashovchi barcha millat va elat vakillarining tub manfaatlarini, xalqimizning asrlar mobaynida intilib kelgan orzu- midlarini,olijanob maqsad-muddaolarini o‘zida mujassam etadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   112




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə