Toshkent kimyo texnologiya instituti shahrisabz filiali



Yüklə 0,87 Mb.
səhifə2/3
tarix19.12.2023
ölçüsü0,87 Mb.
#152397
1   2   3
,....sasa

Benzin fraksiyasi. (70-180°С). Turli xil avtomobil yoqilgisini olish uchun komponent sifatida qollanadi. Ikkilamchi qayta ishlash natijasida hosil boluvchi oraliq qismlari asosida aromatik uglevodorodlar (benzol, toluol, ksilol) olinadi.
Kerosin fraksiyasi. (120-315°С). Bu fraksiyadan reaktiv aviatsiya, traktor va boshqa dvigatellar uchun yoqilgi olinadi.
Dizel fraksiyasi. (180-3500С). Uni gazoyl deb ataladi. Undan dizel dvigatellari teplovoz, suv kemalari uchun yoqilgi olinadi.
Mazut fraksiyasi. (3500С dan yuqorida). Uni termik krekinglab, qoshimcha miqdorda yoqilgi va moylar olish mumkin.
Gudron fraksiyasi. (500°С dan yuqorida). Bu fraksiya juda qovushqoq bolib, 30-40°С da qotadi. Koks bitum va boshqa qovushqoq materiallar olish uchun ishlatiladi.
Ishlatishga qo’yilganlari orasida kimyoviy tarkibi boyicha favqulodda unikal gazokondensat konlar mavjud. Misol uchun, Urengoy konidagi Senemon qudugi gazokondensati umumiy oltingugurt miqdorining kamligi (0,01% atrofida), naften uglevodorod konsentratsiyasining odatdan tashqari yuqoriligi (massaning 95,7%) va toliq benzin va dizel fraksiyalaridan tarkib topganligi bilan tavsiflanadi.
Gazlarni fraksiyalarga ajratish jarayonlari neft zavodi gazlaridan pastmolekulyar uglevodorodlar С1 - С6, yoki ularning, qimmatli neftkimyo xomashyosi yuqori oktanli avtobenzin komponentlari, shuningdek alkillash va metil-tret-butil efir va h.k. ishlab chiqarish xomashyosi bolgan yuqori toza fraksiyalari olish uchun moljallangan.
Kompreslash va kondensatsiyalash – gazni kompressorlarda siqish va sovutgichlarda gaz va suyuqlik ikki fazali tizimli hosil qilib sovutish jarayonlaridir. Bosimni kotarish va haroratini tushirish bilan suyuq fazaning chiqishi oshadi, shu bilan birga, kondensatsiyalangan uglevodorodlar yengil komponentlarni aralashtirib ularni suyuq holatga otishini yengillashtiradi. 173 Odatda sovituvchi agent sifatida suv, havo, buglanuvchi ammiak, propan yoki etandan foydalangan holda kompreslash va sovutishning kop bosqichli (2, 3 yoki koprok) tizimlari qollaniladi. Siqilgan va sovitilgan gazlarni ajratish gaz ajratgichlar yordamida amalga oshiriladi, u yerdan esa gaz va kondensat rektifikatsiya yoki absorbsiya usullari orqali keyingi fraksiyalashga jo’natiladi.
Absorbsiya – gaz aralashmalarini suyuq yutuvchi – absorbent bilan xomashyodagi alohida komponentlarni tanlab yutilishiga asoslangan ajratish jarayonidir. Uglevodorodlarni absorbentda aralashuvchanligi - bosim ortishi, molekulyar massaning ortishi va jarayon haroratining absorbsiyalanayotgan gaz kritik haroratidan pasayishi bilan ortadi.
Absorbsiya - qaytar jarayon va u yutilgan gazlarni suyuqlikdan ajralishi – desorbsiyaga asoslangan. Absorbsiya va desorbsiyaning birlashishi kop marotaba yutuvchini qollash va undan yutilgan komponentni ajratib olish imkonini beradi. Desorbsiya uchun qulay sharoit bu absorbsiyada bajariladiganiga nisbatan teskari sharoitdir, ya‘ni yuqori harorat va past bosim. Uglevodorod gazlari uchun eng yaxshi absorbentlar ularga tuzilishi va molekulyar massasi yaqin bolgan suyuq uglevodorodlardir, masalan benzinli yoki kerosinli fraksiyalar.
Rektifikatsiya - uglevodorod gazlarini ajratishning yakunlovchi bosqichi hisoblanadi. Neft fraksiyalarini rektifikatsiya qilishga nisbatan taqqoslanganda, siqilgan gazlar rektifikatsiyasining oziga xosligi – xomashyoning qaynash haroratiga kora juda yaqin bolgan komponentlari yoki fraksiyalarni yuqori aniqlikda ajratish zarurligi. Shunday qilib, etan va etilennnig qaynash haroratlari orasidagi farq 15°С ni tashkil qiladi. Butan-butilen fraksiyalarini ajratish eng kiyinroq: izobutanni normal bosimda qaynash harorati - 11,7°С, izobutilen - 6,9°С, butenni - 1 - 6,29°С, а-butan - 0,5°С ni tashkil etadi.


Trap-gaz ajratgichlarda gazni ajratib olish bilan birgalikda neftning tarkibidagi mexanik aralashmalar va xom suvning massasi chokmaga tushadi. Shuning uchun kondagi bu apparatlar kopincha tindirgichlar deb ataladi. Trapgaz-ajratgichlardagi neft hajmi 30-50 ming m 3 bolgan tindiruvchi rezervuarlarga yonaltiriladi va u yerdan elektr tuzsizlantirish qurilmasiga (ETQ) ga toplanadi.
Trap-gaz ajratgichlarda gazni ajratib olish bilan birgalikda neftning tarkibidagi mexanik aralashmalar va xom suvning massasi chokmaga tushadi. Shuning uchun kondagi bu apparatlar kopincha tindirgichlar deb ataladi. Trapgaz-ajratgichlardagi neft hajmi 30-50 ming m 3 bolgan tindiruvchi rezervuarlarga yonaltiriladi va u yerdan elektr tuzsizlantirish qurilmasiga (ETQ) ga toplanadi.
Eng mustahkam kichik dispersli neftning deemulsiyalari elektr toki yordamida parchalanadi. Qutbsiz holatda bolgan suyuqlikning tomchili suvlariga elektr maydoni ta‘sir qilganda uni qutblaydi, qarshi joylashgan zaryadli uchlari bilan ellipsga tortadi va bir-biriga tortiladi. Tomchilar bir-birga yaqinlashganda tortishish shunday kattalikkacha kuchayadiki, buning natijasida zarralarni parchalaydi. Amaliyotda 50 Gs chastotaga va 25-35 kV kuchlanishga ega bolgan ozgaruvchan tok kuchidan foydalaniladi. Elektr suvsizlantirish jarayoni deemulgatorlarni qobiliyatini va haroratni kuchaytiradi. Suvni buglanib ketishdan hamda elektr degidratorlarda-appparatlarda gaz hosil bolishini kamaytirish maqsadida neftni elektr suvsizlantirish va tuzsizlantirish – yuqori bosim ostida olib boriladi.
Xom neftning birikmalari murakkab tuzilishga ega bo’lib, beshta C, H, S, O va N elementdan tashkil topgan, bu elementlarning tarkibi quyidagicha: 82-87% uglerod, 11-15% vodorod, 0,01-6% oltingugurt, 0-2% kislorod va 0,01-3 % azot (har xil konlarni neftlarining tarkibi bir-biridan farq qiladi). Uglevodorodlar neft va tabiiy gazning asosiy komponentlari hisoblanadi. Ularda CH4 metan tabiiy gazning asosiy komponenti hisoblanadi. Hamma uglevodorodlar alifatik va siklik uglevodorodlarga bolinadi, uglevodorodlarning toyinish darajasining bogliqligi boyicha parafinlar va sikloparafinlar, olefinlar, atsetinlar va aromatik uglevodorodlarga bolinadi.
Quduqdan olinadigan xom neft – yengil alanga oladigan yashilsimon-jigar rangli otkir hidga ega bolgan yogli suyuqliqdir. Konlarda katta hajmdagi rezervuardarda saqlanadi, u yerdan tankerlar yoki quvuruzatmalar orqali neftni qayta ishlaydigan zavodning rezervuarlariga tashiladi. Kopgina zavodlarda har xil turdagi xom neftlar oldindan laboratoriyada tekshirilgandan keyin xossalari boyicha alohida rezervuarlarda saqlanadi. Bu tekshirish ma‘lumotlarida uning tarkibidagi benzinning, kerosinning, moylash moylari, parafin va mazutning miqdori korsatiladi. Neftning kimyoviy tarkibi har xil boladi, ya‘ni parafinli bolib, katta qismi parafinli uglevodorodlardan naftenli va asfaltlardan tashkil topgan, asosan asosan sikloparafinli uglevodorodlardan tashkil topadi. Kop oraliqli yoki aralash turdagi parafinli turlari ham mavjud. Parafinli neftlar naftenli yoki asfaltli neftlar bilan taqqoslanganda uning tarkibida benzin koproq va oltingugurt kamroq boladi. Undan moylovchi moylar va parafinlar olinadi. 84 Xom neftning naftenli turlarida kam miqdorda benzin bo’lib, oltingugurt, mazut va asfalt ajratib olinadi.

Yüklə 0,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə