Toshkent kimyo-texnologiya instituti



Yüklə 107,95 Kb.
səhifə2/10
tarix27.12.2023
ölçüsü107,95 Kb.
#163980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mustaqil ish un uslubiy ko'rsatma

Mundarija



  1. Kirish -----------------------------------------------------------------------------------4

  2. Mustaqil ishining maqsad va vazifalari---------------------------------------------4

  3. Mustaqil ishi mavzusini tanlash-----------------------------------------------------5

  4. Axborot uslubiy ta’minotni yaratish va ularni o‘rganish-------------------------6

  5. Mustaqil ishi rejasini tuzish----------------------------------------------------------6

  6. Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash -------------------------------------------7

  7. Mustaqil ishi matnini yozish---------------------------------------------------------8

  8. Mustaqil ishini rasmiylashtirish-----------------------------------------------------9

  9. Mustaqil ishi ximoyasi--------------------------------------------------------------10

  10. Mustaqil ishini baxolashning reyting mezonlari--------------------------------10

  11. “Pul, kredit va banklar” fanidan mustaqil ishi mavzulari tematikasi---------10

  12. Axborot uslubiy ta’minot----------------------------------------------------------11

Ilova-----------------------------------------------------------------------------------15

  1. KIRISH

Ta’lim – tarbiya jarayonini har tomonlama zamonaviy talablar asosida tashkil etish va rivojlantirishdagi omillardan biri sifatida ta’lim-tarbiya jarayonini boshqarishni yuqori asosda tashkil etish va boshqarishdan iboratdir. Shu boisdan ta’lim tarbiya jarayonida pedagogik jarayonni boshqarishning nazariy asoslari va uning mexanizmlarini shakllantirishda “Pul, kredit va banklar” fanining mazkur uslubiy ko‘rsatmasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonun, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” xamda davlat ta’lim standartlari bo‘yicha bakalavr darajasidagi malakali iqtisodchi mutaxassislar tayyorlash talablaridan kelib chiqib tuzilgan.
O‘quv jarayonining uzluksiz jarayonlaridan biri-bu talabalarda mustaqil ishlash va nazariy bilimlarni puxta egallashga qaratilgan mustaqil ishini bajarish xisoblanadi. Mustaqil ishini bajarish jarayonida talabalar olgan bilimlarini mustaxkamlash bilan bir qatorda tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish, rivojlantirish ko‘nikmasiga ega bo‘lish, ixtisoslik yo‘nalishidagi fanlar bo‘yicha bilimlarini kengaytiradilar, ixtisoslik bo‘yicha adabiyotlarni chuqur o‘rganadilar va o‘zlarida ilmiy-tadqiqot ishlarini mustaqil bajarish qobiliyatlarini rivojlantiradilar.
Ushbu uslubiy qo‘llanma “Pul, kredit va banklar” fani bo‘yicha yangi namunaviy o‘quv dasturi va o‘quv rejasi asosida tuzilgan bo‘lib, unda «Menejment» yo‘nalishida ta’lim olayotgan talabalarning mustaqil ishini bajarishi davomida amal qilishi lozim bo‘lgan umumiy tartib-qoidalar, me’yorlar, tegishli ko‘rsatma va maslaxatlar berilgan. Uslubiy ko‘rsatmani ishlab chiqishda muallif talabalarning nazariy bilimlarini amaliy jixatdan mustaxkamlash, mustaqil fikrlash qobiliyatini shakllantirish va rivojlantirishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan.
“Pul, kredit va banklar” fanidan mustaqil ishlarini bajarish bo‘yicha ko‘rsatmada berilgan talablar mustaqil ishini xajmi, bo‘limlari, mavzuning nazariy axamiyatini yoritishdagi asoslari ko‘rsatilgan.
Ushbu “Pul, kredit va banklar” fanining mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmasini talabalarni ilmiy-tadqiqotchilik ishlarini tashkil etishning omillaridan biri sifatida keltirish mumkin



  1. Pul, kredit va banklar” fanidan mustaqil ishlarni tashkil etishning maqsad va vazifalari

Mustaqil ishining maqsadi-talabani nazariy va amaliy tayyorgarligini aniqlash, uning fikrlash qobiliyatini va olingan bilimlarining chuqurliligini va sifatini belgilash xisoblanadi.
Mustaqil ishining maqsadidan kelib chiqadigan asosiy vazifalar quyidagilardan iborat:

  • “Pul, kredit va banklar” fanidan tanlangan mustaqil ishi mavzusi bo‘yicha muammolar moxiyatini nazariy va amaliy asoslash va mazmunli yoritilishi;

  • Pul, kredit va banklar tushunchalarini teran va chuqur mantiqiy mushoxada qilishi;

  • milliy istiqlol g‘oyasi va mafkuraning asosiy qoidalari xamda ta’lim-tarbiyani to‘g‘ri shakllantirish asosida xozirgi zamon rivojlangan malakali o‘qitishni shakllantirish va rivojlantirishning dolzarb muammolarini singdirish;

  • ta’lim va tarbiyaviy munosabatlar to‘g‘risida amaliy ko‘nikmalar xosil qilishi;

  • Prezident asarlarini, Respublika Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan “Pul, kredit va banklar” soxasiga tegishli qonunlarni va Vazirlar Maxkamasi chiqargan me’yoriy xujjatlarni ishda o‘zlashtirishi;

  • internet ma’lumotlari, xisobotlar va xujjatlarni taxlil qilish;

  • “Pul, kredit va banklar”ning nazariy va amaliy mohiyatini yoritish

Mustaqil ishni bajarish jarayoni o‘quv jarayonning ajralmas qismi bo‘lgani uchun to‘g‘ri tashkil etish, yoritilayotgan mavzuning sifatli bayon etilishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Shuning uchun Mustaqil ishini bajarish davomida talaba o‘z mexnatini quyidagi bosqichlar bo‘yicha to‘g‘ri taqsimlashi katta axamiyatga ega:

  • Mustaqil ishi mavzusini tanlash;

  • axborot uslubiy ta’minoti (adabiyotlar, internet) ma’lumotlarini yig‘ish va ularni o‘rganish;

  • Mustaqil ishi mavzusi rejasini tuzish;

  • mavzuga oid turli ma’lumotlar to‘plash va qayta ishlash;

  • Mustaqil ishi matnini yozish;

  • Mustaqil ishini rasmiylashtirish;

  • Mustaqil ishini ximoyasi;

Mustaqil ishini bajarishda talaba o‘z ustida ishlashi bilan bir qatorda Mustaqil ishi raxbarlari bilan maslaxatlashishi va tegishli ko‘rsatmalar asosida faoliyat ko‘rsatishi zarur xisoblanadi.



Yüklə 107,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə