Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Axborot uslubiy ta’minotini yaratish va ularni o‘rganish



Yüklə 107,95 Kb.
səhifə4/10
tarix27.12.2023
ölçüsü107,95 Kb.
#163980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mustaqil ish un uslubiy ko'rsatma

Axborot uslubiy ta’minotini yaratish va ularni o‘rganish.

Talaba mustaqil ishi mavzusini tanlaganidan so‘ng rahbar bilan maslaxatlashib adabiyotlar to‘plashiga kirishishi kerak. Bunda faqat darslik, balki boshqa fanlarni o‘rganish davomida ko‘rsatilgan adabiyotlar, statistik va internet ma’lumotlari, qonunlar, me’yoriy xujjatlar va boshqalarni ham o‘rganishi lozim.
Undan so‘ng ularning ichidan mustaqil ishi mavzusiga bevosita aloqador bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzish va ularni topib bir qator tanishib chiqishi kerak, chunki boshlang‘ich tanishuv natijasida talaba mustaqil ishi rejasini mustaqil ravishda tuzadi.
Adabiyotlar va internet ma’lumotlari bilan ishlashni mamlakatimizdagi ta’lim qonunchiligiga ta’lluqli bo‘lgan qonun va me’yoriy xujjatlarni o‘rganishdan boshlash maqsadga muvofiq bo‘ladi. Xar tomonlama mukammal yoritilgan va ilmiy ijodiy yondoshilgan mustaqil ishini bayon etish uchun iqtisodiy va tarbiyaviy, pedagogik qonuniyatlarni bilish va ularni qo‘llash katta ahamiyatga ega.
Mustaqil ishini bajarishda faqat uslubiy qo‘llanmalarda va mustaqil ishi topshirig‘ida tavsiya qilingan adabiyotlardan foydalanish bilan chegaralanib qolmasdan, imkoni boricha mustaqil xolda tanlangan adabiyotlarga asoslanish lozim, xatto xorijiy adabiyotlardan ham foydalanish ishni mazmunini boyishiga va yanada mukammal bajarilishiga yordam beradi.


5. Mustaqil ishi rejasini tuzish.
Mustaqil ishi tanlangan mavzuning dolzarbligi asoslangan kirish qismidan, tuzilgan rejaga ko‘ra nazariy va amaliy masalalar yoritilgan asosiy bo‘limdan, shuningdek, xulosa va takliflar yozilgan xotimadan iborat ishdir.
Rejadagi ko‘zda tutilgan masalalar tarkibiy mavzuning mohiyatidan kelib chiqishi, aniq bo‘lishi va o‘rganilayotgan muammoni xar taraflama aks ettirishi muhimdir.
Rejadagi xar bir masala o‘zaro bog‘langan bo‘lishi lozim, ularni yoritishda esa “Pul, kredit va banklar” fanining mohiyatini va nazariy asoslarini aks ettituvchi tushunchalarning biror muassasalarning amaliy ish faoliyatiga bog‘langan bo‘lishi ham e’tibordan chetda qolmasligi kerak.
Quyidagi ayrim mavzular uchun reja tuzish tartibi misol tariqasida keltirilmoqda.


Mavzu: Qimmatli qog’ozlarning moxiyati va shakllari
Reja:

  1. Kirish.

  2. Asosiy qism:

    1. Qimmatli qog’ozlarga tushuncha, ularni xususiyati va axamiyati.

    2. Aktsiyadorlik jamiyatlarining moxiyati va turlari.

    3. Qimmatli qog’ozlar bozori, ularning turlari. Fond birjasi.

  1. Xulosa va takliflar

  2. Foydalanilgan adabiyotlar

  3. Ilovalar



Mavzu: Banklarning kelib chiqishi va bank tizimi
Reja:

  1. Kirish

  2. Asosiy qism:

    1. 2.1. Banklarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan tarixiy shart-sharoitlar.

    2. 2.2. Banklarning turlari va ular faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlari.

    3. 2.3. Bank tizimi va uning elementlari.

    1. O‘zbekiston Respublikasining bank tizimi.

  1. Xulosa va takliflar

  2. Foydalanilgan adabiyotlar.

  3. Ilovalar




Yüklə 107,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə