Toshkent kimyo-texnologiya instituti


Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash



Yüklə 107,95 Kb.
səhifə5/10
tarix27.12.2023
ölçüsü107,95 Kb.
#163980
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Mustaqil ish un uslubiy ko'rsatma

6. Ma’lumotlarni to‘plash va qayta ishlash.
Ushbu bosqichda talaba adabiyotlar, internet ma’lumotlari va boshqa manbalar asosida mavzuni xar tomonlama yoritish maqsadida ma’lumotlar to‘playdi va ular bo‘yicha xisob – kitoblarni amalga oshiradi. Ushbu bosqichda iqtisodiy va tarbiyaviy taxlil usullaridan foydalanib, tegishli xulosalar chiqariladi.
Mustaqil ishi nazariy jihatdan turli manbalardagi ma’lumotlar taxliliga asoslangan bo‘lib, mavzuga mos muammolar, takliflar, sxema, grafik, jadval va diogrammalarda mujassamlashtirilgan bo‘lishi lozim.


7. Mustaqil ishi matnini yozish.
Mustaqil ishini bajarishda uni yozish va rasmiylashtirish muhim va ma’suliyatli bosqich hisoblanadi.
Kirish qismida talaba tanlagan mavzuning dolzarbligi, maqsadi, vazifalari, ahamiyati, uni o‘rganish darajasi, metodlari, yangiligi, muammoni o‘rganishga qaratilganligi, va Mustaqil ishi bo‘yicha o‘z oldiga qo‘ygan masalalar mazmunining qisqa (2-3 bet) bayon etadi.
Asosiy qismda belgilangan savollarni yoritishda masalaga uzviy bog‘liq bo‘lgan nazariy bilimlar bilan bir qatorda talaba tomonidan to‘plangan materiallar, statistik ma’lumotlar, iqtisodiy tushunchalar mohiyati yoritiladi va taxlil qilinadi. Olingan natijalar, yangiliklar, g‘oya va fikrlar ilmiy jihatdan asoslanadi va o‘rganilgan adabiyotlar, me’yoriy xujjatlar va boshqa manbalardan to‘plangan ma’lumotlar to‘la tahlil qilinadi. Ushbu yo‘nalishda bajarilgan ishlarning mamlakatimiz va xorijiy davlatlar tajribasi ham bayon etilishi maqsadga muvofiq keladi. Agar talaba mavzu bo‘yicha olgan natijalarni tanqidiy baxolay olsa Mustaqil ishining qiymati yanada oshadi. Asosiy qismda mavzu moxiyati yanada kengroq ochishda mavzuga doir chizmalar va jadvallarni ko‘rsatib o‘tish mumkin.
Nazariy tomondan o‘rganilayotgan masala chuqur yoritilgandan so‘ng mustaqil ishini bajaruvchi nazariy bilimlarini amaliy faoliyat bilan o‘zaro bog‘lay olishi kerak. Ish bo‘yicha berilayotgan takliflar asosli bo‘lishi va takliflar aniq, lo‘nda va tushunarli qilib bayon qilinishi kerak.
Talaba mustaqil ishi matnini yozishda adabiyotlar va manbalardan olingan citatalar va mualliflarning qarashlari qo‘shtirnoq ichida berilishiga e’tibor berilishi lozim.
Xulosa qismida mustaqil ishining barcha qismlari doirasida bajarilgan ishlarga umumiy yakun yasaladi. Ushbu mustaqil ishi doirasida erishilgan asosiy natijalar xulosa va takliflar, tavsiyalar ko‘rsatib o‘tiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini tuzishda ishning xulosa qismidan keyin keltiriladi, ro‘yxatga faqat ishni yozish jarayonida muallif tomonidan foydalanilgan adabiyotlar, qonunlar, qarorlar, maqolalar, tezislar, avtoreferetlar, jurnallar, gazetalar va x.k.lar kiritiladi.
Amaldagi «Xujjatlarni biblografik ro‘yxatga olish» davlat standartiga muvofiq kurs ishlarida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatida quyidagilar keltiriladi:
- kitob, monografiya, darslik, o‘quv qo‘llanmalar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi, va otasining ismi bosh xarflari, kitobning nomi, nashr joyi (shaxar), nashriyot nomi, nashr yili, betlar ;
- to‘plamdagi maqolalar va tezislar uchun muallif (lar) ning familiyasi, ismi va otasining ismi bosh xarflari, maqola nomi, to‘plamning nomi, nashr joyi (shaxar) nashr yili, betlar to‘plamdagi maqola nomi to‘plam nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
- jurnaldagi maqolalar uchun muallifning familiyasi, maqola nomi, jurnal nomi yili, betlari, maqola nomi ham jurnal nomidan // belgisi bilan ajratiladi.
Mustaqil ishida foydalanilgan manbaalar adabiyotlar ro‘yxatidan alfavit bo‘yicha joylashtiriladi. Agar talaba ayrim ma’lumotlarni internetdan olgan bo‘lsa, muallif va ishning nomi keyin WEB sayti ko‘rsatiladi.
Mustaqil ishini yozish jarayonida talaba adabiyotlarida keltirilgan boshqa olim va mutaxassislarning fikrlarini keltirish mumkin. Bunday xollarda matnda ushbu adabiyotlardan foydalanilganlik belgisi qo‘llaniladi.
Ayrim vaqtlarda mavzuga oid qonunlar, xukumat qarorlari va me’yoriy xujjatlardan aynan ko‘chirmalar keltiriladi. Bunday hollarda satr osti izohi beriladi.
Satr osti izohlari sahifa so‘ngida berilib, matnda har bir sahifa uchun ketma – ketlik asosida raqamlanadi yoki yulduzchalar bilan belgilanadi.
Ilovalar qismida Mustaqil ishi mavzusiga oid chizmalar, jadvallar, klaster texnologiyasi asosidagi kategoriyalar va turli tushuncharni keltirib o‘tishi yoki matn tarzida atamalar asosida izohlarni keltirib o‘tishi lozim. Ilovalar qismida mustaqil ishi mavzusiga tegishli boshqa chizmalardan ham foydalanish mumkin.
Mustaqil ishini yozishda talaba avallo professor-o’qituvchining ko‘rsatma va maslahatlariga rioya etishi zarurdir.



Yüklə 107,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə