Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


-mavzu. Investitsiya loyihalari marketingi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə92/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

5-mavzu. Investitsiya loyihalari marketingi.

Marketing – insonning ayirboshlash vositasida talab va ehtiyojni qondirishga qaratilgan faoliyati. Marketing tarkibiga bozorni o’rganish, iste’molchi buyurtmasiga ko’ra maxsulotlar assortimentini rejalashtirish, bozorni egallash, reklama, tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga etkazib berish bilan bogliq tadbirkorlik faoliyati kiradi. Marketing konstruktor, muxandis, iqtisodchi va boshka mutaxassislarga bozor extiyojlari bilan tanishish, iste’molchi ushbu mahsulotning qanday bo’lishini istashi, unga kancha haq to’lashi, u kim uchun zarurligi haqida muloxaza yuritish imkonini beradi.


Marketing tadqiqotlari havf-xatarni kamaytirishning etakchi omili bo’lib hisoblanadi. Va ularning yordamida talabni dastlabki o’rganishdan ehtiyojlar tahliliga hamda bevosita talabni shakllantirishga o’tishning real imkoniyati tug’iladi. Marketing tadqiqotini bosqichma-bosqich o’tkazish quyidagicha bo’ladi:

  1. Tadqiqotni amalga oshirish maqsadga muvofiqligini asoslash.

  2. Tadqiqot muammosini ta’riflash va qo’yish (tadqiqot predmetini belgilash).

  3. Tadqiqotning aniq maqsadi hamda vazifalarni belgilash.

  4. Tadqiqot rejasini uni belgilovchi omillar asosida belgilash.

  5. Ikkilamchi axborotni aniq muammo doirasida yig’ish, tartibga solish va tahlil qilish.

  6. Birlamchi axborotni olishga mo’ljallanga tadqiqot rejasi bo’limlarni ko’zatish.

  7. Tadqiqotni amalga oshirish va birlamchi ma’lumotni yig’ish.

  8. Olingan ma’lumotlarni tartibga solish.

  9. Natijalarni ishlash, xulosa va natijalarni ifodalash.

  10. Tadqiqotni yakuniy natijalari bilan hisobotni tayyorlash va taqdim etish.

  11. Tadqiqot natijalarini qo’llash.

  12. O’tkazilgan tadqiqotlar asosida amalga oshirilgan tadbirlar natijalarini baholash hisoblanadi.



Topshiriq №1



  1. Marketing tadqiqotlari yo’nalishlarini ko’rsating va ular mazmunini yoritib bering.

  2. Marketing tadqiqotlarini olib borishda ma’lumotlarni to’plash manbalari, ularni yig’ish usullari, to’plangan ma’lumotlarni tadqiq etish vositalari (qurollari), tadqiqot natijalarini umumlashtirish va xulosalar tayyorlash omillarini guruhlashtiring va ularning farqi va o’ziga xos jihatlarini asoslab bering.




Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə