Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi


-mavzu. Loyihaning ishlab chiqarish rejasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə94/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

7-mavzu. Loyihaning ishlab chiqarish rejasi.
Topshiriq №1


1-masala. Korxona yangi texnologiya sotib olishga oid loyixani amalga oshirishni rejalashtirmoqda:
- texnologiya qiymati – 10 p.b. ga teng;
- ekspluatatsiya muddati – 5 yil;
- uskunalarning eskirish qiymati oddiy amortizatsiya xisoblash usuli yordamida aniqlanadi.
Mahsulot sotishdan tushadigan tushum prognoz ma’lumotlarga asosan, quyidagilarni tashkil etadi: 6,8; 7,5; 8,4; 8,0; 6,4 p.b. Mahsulot ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar (amortizatsiyasiz) quyidagicha: 1- yilda 3,4 p.b. ga teng va qolgan yillarda xar yili 3 % dan ortib boradi.
Foyda solig’i – 24 %.
Kapitalning “baxosi” – 19 % ga teng.
Korxona raxbariyati qoplanish muddati 3 yildan ortiq bo’lmagan loyixalarni moliyalashtirishni rejalashtirgan.
Investitsiya loyixalarini samaradorligini baxolashning statistik va dinamik usullaridan foydalanib, korxona uchun yuqorida keltirilgan loyixani amalga oshirish maqsadga muvofiqligi yoki maqsadga muvofiq emasligini aniqlang.
Topshiriq №2


2-masala. «Navro’z» firmasi 100 mln. so’m qiymatidagi plastmassa idishlarni ishlab chiqarish zavodini sotib oldi. Hisob-kitoblar shuni ko’rsatadiki, ushbu zavodni modernizatsiya qilish ( zamonaviylashtirish) uchun birinchi yilda qo’shimcha 50 mln. so’m miqdoridagi mablag’ talab etiladi. Biroq bunda kelgusi 8 yil davomida zavod har yili 25 mln. so’mdan pul tushumini olib kelishi ta’minlanishi nazarda tutilmokda. So’ngra, o’ninchi yildan so’ng firma zavodni hisob-kitoblarga ko’ra, 80 mln. so’m qoldiq qiymatida sotishni ko’zlab turibdi. «Navro’z» firmasi zavodni sotib olishdan qanday foyda ko’radi?
8-mavzu. Investitsiya loyihasini boshqarishni rejalashtirish va tashkil etish.
Topshiriq №1


ZAVODNING YANGI MENEJERI

Baxodir Shavkatov Urganchdagi “Urgancha shakar” zavodiga direktor o’rinbosari qilib tayinlanguncha “Shodlik” kompaniyasida ishlar edi. Mana, nihoyat, unga mansab pillapoyalaridan oldinga ko’tarilish imkoniyati berildi. U faoliyatini boshlayotgan tashkilotda byudjet taqchilligi va mahsulot ishlab chiqarish hajmining qisqarishi bilan bog’liq muammolar mavjudligi sababli uni zavod direktori o’rinbosari qilib tayinlash bilan birga “zavod faoliyatini yaxshilash” topshirig’i ham berildi.


Baxodir tabiatan qattiqqo’l va hokimiyatga intiluvchan shaxslar xilidan edi. U muammolarni echishning eng yaxshi yo’li – qabul qilingan qarorlarni amalga oshirishda nazoratni kuchaytirish va lavozim bilan bog’liq vakolatlar asosida hukmronlikdan ko’proq foydalanishda deb bilardi. Zavoddagi shlab chiqarish jarayonini o’rganib chiqqandan so’ng, u har bir bo’limning byudjetini 5 %ga qisqartirishga qaror qildi. Bir haftadan keyin esa Baxodir kelgusi oygacha har bir bo’lim ishlab chiqarish maxsuldorligini 10 %ga oshirishi kerak degan talabni qo’ydi. Ikkinchi oyning oxirida u talablarni bajara olmagan bo’lim boshliqlaridan uch kishini ishdan bo’shatdi. Qolgan beshta bo’limning boshliqlari o’z xohishlariga ko’ra ishdan ketdilar. Baxodir zavodda o’zining barcha talablarini bajarishga majbur qilar, hech qanday e’tiroz yoki cheklanishlarga o’rin yo’q edi.
Oradan biroz vaqt o’tgach, Baxodirning urinishlari juda yuqori natija bera boshladi. Mahsuldorlikda birdaniga o’sish kuzatildi va u belgilangan me’yorlardan 7%ga oshdi. Bir oy ichida zavodda byudjet taqchilligiga ham barham berildi. Zavodning yillik hisoboti shu darajada yuqori ko’rsatkichlarni aks ettirgan ediki, natijada Baxodir ikkinchi yilning oxirida Toshkentdagi bosh idoraga ma’muriyatdagi yuqori lavozimlardan biriga tavsiya etildi.
Shavkatov Toshkentga ketgandan so’ng bir oy o’tar o’tmas, Urganchdagi zavodda maxsuldorlik me’yordagidan 15%ga tushib ketdi, byudjet taqchilligi muammosi yanada keskinlashdi.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə