Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə96/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

Topshiriq savollari:
1. Bu nizo qanday turdagi nizoga kiradi, javobingizni asoslab bering.
2. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishda rahbar tutgan yo’lni to’g’ri deb hisoblaysizmi?
3. Siz boshqa tashkilot rahbarisiz va bu boshqarmaga mazkur muammoni hal etish uchun taklif etilgansiz. Boshqarma rahbari yuqoridagi holatda qanday echim qabul qilishi kerakligi haqida o’z fikringizni bildiring.


Topshiriq №2


TASHKILOTGA KERAK BO’LMAGAN A’LO DARAJADAGI MENEJER

Ikrom Nabiev menejment bo’yicha mutaxassis bo’lib, institutda o’qib yurgan chog’idayoq eng yaxshi talaba sifatida tanilgan edi. O’qishni tugatgach, u poyafzal fabrikasiga ishga kirdi, o’zini har tomonlama etuk va qobiliyatli xodim sifatida namoyon etdi. Boshqaruvchilik qobiliyati va tashkilotdagi obrusi tufayli 2 oy xorijga malaka oshirishga borib keldi. Uning uchinchi yilda yirik bo’lim – sport poyafzallari ishlab chiqarish bo’limiga boshliq etib tayinlanishi hech kimni ajablantirmadi (bo’limning oldingi boshlig’i Voxidov nafaqaga chiqqan edi).


Ikrom juda ko’p xorijiy korxonalar tajribasi, boshqaruvning nazariy jihatlari bilan yaqindan tanishib chiqqan edi. Undan oldingi boshliq Voxidovning xizmat xonasi 4 qavatli binoning eng yuqori qavatida joylashgan bo’lib, u har kuni ko’rsatmalarni kotibasi orqali pastda joylashgan tsexlarga etkazar edi. Ikromda u avtokrat rahbar sifatida taassurot qoldirgan edi, chunki Voxidov yuqoridan turib qaror qabul qilar, ko’p vaqtini do’stlari bilan uzundan-uzoq tushliklarda o’tkazar edi. Ikrom, birinchi navbatda, bu tartibni yo’qotishga ahd qildi. U o’z xizmat xonasini ishlab chiqarish tsexlari joylashgan 2-qavatga ko’chirdi.
Xonasining doimo ochiq eshigi orqali barcha ishlab chiqarish xonalari ko’rinib turar va u koridorda yurgan har bir xodimni kuzata olardi. Ikrom hech qachon bir o’zi tushlik qilmas, 1100-1400 gacha ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatar, ishchilar bilan muloqotda bo’lar edi. O’zi o’rgangan ilg’or xorijiy firmalar tajribasiga asoslanib, u bo’limda “ishchilar orasida mahsuldorlikni o’rganuvchi”, “haftaning eng yaxshi taklifi” “ekologiya” va “ishchilar bilan ma’muriyat o’rtasidagi aloqa” kabi bir nechta tashabbuskor guruhlarni tashkil etdi. Bo’limdagi 20 yillik ish stajiga ega bo’lgan ishchilar boshliqning bu harakatlaridan hayron bo’lar, turli tashabbus guruhlariga istar-istamas qo’shilar edilar. Bu guruhlar har hafta yig’ilish o’tkazib turishi rejalashtirilgan bo’lib, Ikrom ularga qo’ldan kelgan barcha yordamini ko’rsatishini aytdi.
Dastlabki kunlardanoq tashabbuskor guruhlarning faoliyati juda sust bordi. Ishni faollashtirish uchun Ikrom guruh a’zolarini faollikka undashning turli usullarini qo’llar, guruhlar taklif etgan yaxshi g’oyalarni doskaga yozib quyar yoki xodimlarga yozma shaklda etkazar edi. U ishchilar bilan yaqin munosabatda bo’lishga intilar, shu maqsadda bo’limdagi har bir ishchining nomini yodlab olishga harakat qilar edi.
Bu tadbirlar, keyinchalik aniq bo’lishicha, ko’pchilik ishchilarning sabr kosasini to’ldirishda so’ngi tomchi bo’ldi. Ikrom o’z yangiliklarining samarasini “Ma’muriyat bilan aloqa” qo’mitasining 4-yig’ilishida qo’mitaning barcha a’zolari iste’foga chiqqanidan so’ng ko’rdi. Ulardan biri “kechirasizu, o’rtoq Nabiev, lekin biz uchun boshqaruvning turli nozik tomonlarini o’rganishdan ko’ra, poyafzal ishlab chiqarish osonroq. Bizlardan ko’pchilik tez orada nafaqaga chiqadi. Bizga boshqaruvchi bo’lishning hojati yo’q” dedi. Hayratga tushgan Ikrom o’zi bilan yaqin munosabatda bo’lgan ishchilar bilan gaplashib ko’rishga qaror qildi. Ha, - tasdiqlashdi ular, bu o’zgarishlar bizlarga salbiy ta’sir etmoqda. Ular Ikromni hurmat qilishgani uchungina uning ustidan yuqoriga arz qilishmagan edi. Ular Voxidov davridagidek, eskichasiga ishlashni ma’qul ko’rishar edi. Albatta, Voxidov ularga kam ko’rinish berar, lekin shu bilan birga hech qachon bu tarzda ularga “halaqit” bermas edi. Voxidov o’z ishi uchun javob berar, ishchilar ham o’z ishini bajarar edilar.
“Uzoq vaqt davomida bir xil tarzda ishlagandan keyin – dedi ishchilardan biri, - ishimizning mazmuni va tarkibini o’zgartirishga bizda hohish yo’q”.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə