Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafedrasi



Yüklə 0,85 Mb.
səhifə99/136
tarix16.06.2023
ölçüsü0,85 Mb.
#117519
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   136
Toshkent moliya instituti baholash ishi va investitsiyalar kafed

VII. PORTFOLIO

Kirish
Xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quvuslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsion shakllaridan foydalanish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga muvofiq hisoblanadi. Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» yetakchi o‘rin egallaydi. Ushbu texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqichlarida, jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan. «Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Respublikamiz oliy ta’lim tizimida ushbu texnologiyaning qo‘llanilishi amaldagi talaba bilimini baholashning test reyting tizimini inkor etmaydi, aksincha uni to‘ldiradi. Rivojlantiruvchi ta’limga, insonparvar pedagogika nuqtai nazaridan shaxsga yo‘naltirilgan ta’limga o‘tishga, talabalarda kasbiy kompetentlikni shakllantirish bo‘yicha refleksiya hosil qilishga sharoit yaratadi.
Portfolioning maqsadi
Psixologik-pedagogik adabiyotlarda ko‘plab kompetentlikga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiya haqidagi materiallar mavjud. Ana shunday kasbiy ta’lim tizimida faol foydalaniladigan texnologiyalardan biri «Portfolio» hisoblanib, uning mazmun-mohiyatini turli mualliflar turlicha izohlashadi, jumladan: magistrantning turli sohalardagi mehnatining majmuasi bo‘lib, u nafaqat o‘quv natijalarini, balki unga erishish uchun sarflangan kuch va mehnatni ham ko‘rsatadi; o‘qishning ma’lum oralig‘i davrida magistrant erishgan yutuqlar ko‘rgazmasi; magistrantning o‘quv natijalarini maqsadga yo‘naltirilgan, tizimli va uzluksiz baholash hamda o‘z-o‘zini baholash shakli. Magistrantning topshiriqlarni tanlashda bevosita ishtirokini ta’minlovchi hamda o‘z ishlarini o‘zi tahlil qilish va baholash imkonini beruvchi talaba ishlarining antologiyasi, ya’ni talabada refleksiya qobiliyatini shakllantiruvchi pedagogik texnologiya.



Yüklə 0,85 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   136




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə