Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit" kafedrasi “audit” fanidan kurs ishi mavzu


O’zbekistonda mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni xalqaro standartga muvofiq o’tkazish



Yüklə 104,83 Kb.
səhifə5/8
tarix11.12.2023
ölçüsü104,83 Kb.
#146997
1   2   3   4   5   6   7   8
Salaxutdinov kurs ishi - Audit standartlari

4. O’zbekistonda mustaqil auditorning umumiy maqsadlari va auditni xalqaro standartga muvofiq o’tkazish.
“Auditorlik faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Auditorlarni sertifikatlashtirish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 4-avgust PQ-5210-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi O‘zbekiston Respublikasi hududida qo‘llash uchun auditning xalqaro standartlarini tan olish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:
- auditorlik faoliyatining xalqaro standartlarini tan olish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bilan bitim tuzish;
- auditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilish;
- auditning xalqaro standartlarini auditorlar, ekspertlar va ushbu standartlardan boshqa foydalanuvchilar, ilmiy jamoatchilik vakillari bilan muhokama qilish;
- auditning xalqaro standartlarining davlat tilidagi matni auditning xalqaro standartlarining ingliz tilidagi matniga muvofiqligini komissiya tomonidan ko‘rib chiqish tartibi;
O‘zbekiston Respublikasi hududida auditning xalqaro standartlarini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilish.
2. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Аuditning xalqaro standartlari matnini davlat tiliga tarjima qilishda auditorlarning respublika jamoat birlashmalari bilan hamkorlik qilsin;
2022-yil 1-noyabrga qadar auditning xalqaro standartlari bo‘yicha bepul o‘qitish ta’lim platformasini yaratish choralarini ko‘rsin.
3. Belgilansinki:
Аuditning xalqaro standartlari bo‘yicha bepul o‘qitish ta’lim platformasini yaratish bilan bog‘liq xarajatlar belgilangan tartibda Moliya vazirligiga ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi;
Belgilangan tartibda ro‘yxatga olingan auditorlik tashkiloti O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining rasmiy veb-saytiga joylashtiriladigan Auditorlik tashkilotlarining reyestriga kiritish uchun ma’lumotlarni va auditorlar mehnat daftarchalarining ko‘chirma nusxalarini pochta orqali yoki elektron shaklda yuboradi. Ma’lumotlar elektron shaklda yuborilganda, ulardan “Audit” dasturiy majmuasidan foydalanish mumkin.



  1. Yüklə 104,83 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə