Toshkent moliya instituti sirtqi fakultet "Buxgalteriya hisobi, iqtisodiy tahlil va audit" kafedrasi “audit” fanidan kurs ishi mavzu


Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat yo’nalishlari



Yüklə 104,83 Kb.
səhifə7/8
tarix11.12.2023
ölçüsü104,83 Kb.
#146997
1   2   3   4   5   6   7   8
Salaxutdinov kurs ishi - Audit standartlari

Xalqaro auditorlik tashkilotlari va ularning faoliyat yo’nalishlari

Xalqaro auditni unifikatsiyalangan holda tashkil qilish uchun, avvalo, buxgalteriya hisobining baynalmilallashuviga e’tibor qaratish lozim. Milliy hisob va audit tizimlarini xalqaro miqyosda uyg’unlashtirish maqsadida 1966 yilda Xalqaro tadqiqot guruhi tuzilgan edi. Ushbu tadqiqot guruhiga AQShning buxgalter-auditorlari, shuningdek Kanada, Angliya, Uels, Shotlandiya, Irlandiya davlatlarining maxsus mutaxassislari kiritilgan. Mazkur tashkilot jahonning ko’pgina davlatlarida tadqiqot o’tkazib, milliy hisob va audit tizimlari o’rtasidagi tafovutlar xususida hisobot tayyorlagan. Hisobot ma’lumotlari natijalariga ko’ra buxgalteriya hisobi va audit standartlari bo’yicha maxsus xalqaro tashkilot tuzishga qaror qilingan. Natijada xalqaro hisob va audit standartlarini ishlab chiquvchi Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) va Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) tuzilgan. 1973 yil 29 iyunda Avstraliya, Kanada, Frantsiya, Germaniya, Yaponiya, Meksika, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiya hamda AQSh buxgalterlar tashkilotlari o’rtasidagi kelishuv natijasi sifatida tuzilgan Buxgalteriya hisobi xalqaro standartlari qo’mitasi (International Accounting Standarts Committie - IASC) bugungi kunda xalqaro auditorlik faoliyatida ulkan nufuzga ega. Hozirgi vaqtda uning tarkibida jahonning 103 mamlakatidan 142 ta vakillar qatnashmoqda.
Hozir auditga bo’lgan talablarni uyg’unlashtirish borasida ishlar xalqaro darajada takomillashtirilmoqda. Turli tashkilotlar, shu jumladan, buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha maxsus qo’mita (IASC), xalqaro buxgalterlar federatsiyasi bu masala bo’yicha faol shug’ullanmoqda.
Moliyaviy hisobotlarning yagona xalqaro tizimini xalqaro buxgalteriya hisobi standartlari asosida barpo qilish va uni takomillashtirish zaruriyatidan kelib chiqib, Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi tarkibida doimiy avtonom qo’mita huquqlariga ega bo’lgan auditorlik amaliyoti bo’yicha xalqaro qo’mita tuzilgan. U Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi kengashi nomidan audit standartlarini chop etadi, shuningdek, audit tekshirishlarini o’tkazish bilan bir vaqtda qo’shimcha xizmat ko’rsatish bo’yicha xalqaro standartlarni ishlab chiqadi. Bular buxgalter-auditorlik kasbining rivojlanishi va imkoni boricha xalqaro miqyosda auditga yondashishning yagona tizimini yaratishga mo’ljallangan.
Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita (IASC) buxgal-teriya hisobi va auditning standartlarini ishlab chiqish va uni butun dunyoga targ’ib qilish maqsadida tuzilgan. Boshqa xalqaro tashkilotlardan farqli o’laroq Buxgalteriya hisobi standartlari bo’yicha qo’mita tarkibiga faqat nohukumat tashkilotlar kiritiladi. Qo’mitaga rahbarlik qilish doimiy ishlovchi kotibiyat tomonidan amalga oshiriladi. Kotibiyat tarkibiga 13 ta davlat va 4 ta xalqaro tashkilotning vakillari kiritilgan. Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi (IFAC) 1977 yilda buxgalteriya kasbini yuqori darajaga olib chiqish maqsadida tuzilgan bo’lib, uning bajaradigan vazifalari IASCning vazifalari bilan mos tushadi. Jahonning 75 mamlakatining professional hisob tashkilotlari IFACning a’zolari bo’lib hisoblanadi. Shuningdek, buxgalteriya hisobi va audit tizimlarini standartlashtirish muammolari bilan BMTning hisob va hisobotlarning xalqaro standartlari bo’yicha ekspertlarning hukumatlararo ishchi guruhi (ISAR) shug’ullanadi. Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (OECD) auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda bevosita qatnashmaydi, balki ushbu tashkilot standartlarning loyihasini ko’rib chiqishda ishtirok etadi. Mazkur tashkilot 1976 yilda tuzilgan bo’lib, unga Avstraliya, Avstriya, Belgiya, Kanada, Daniya, Finlandiya, Frantsiya, Germaniya, Gretsiya, Islandiya, Irlandiya, Italiya, Yaponiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Yangi Zelandiya, Norvegiya, Portugaliya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveytsariya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSh davlatlari a’zo hisoblanishadi.
Auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda xalqaro tashkilotlardan tashqari mintaqaviy tashkilotlar ham ishtirok etishi mumkin. Buxgalteriya hisobi va auditning xalqaro standartlarini ishlab chiqishda eng faol ishtirok etadigan mintaqaviy tashkilot Yevropa iqtisodiy hamjamiyati hisoblanadi. Ushbu tashkilot 1957 yilda tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga Belgiya, Daniya, Frantsiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Lyuksemburg, Niderlandiya, Buyuk Britaniya, Ispaniya va Portugaliya kiradi. Yevropa iqtisodiy hamjamiyati unga a’zo mamlakatlarning hisob va audit tizimlarini standartlashtirish maqsadida 5 ta direktiva ishlab chiqqan. Bu direktivalardan ko’zlangan asosiy maqsad mazkur tashkilotga a’zo mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlarini bir-biriga yaqinlashtirishdan iborat. Chunki, Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlari bir-biridan farq qiladi.
Masalan, Niderlandiya, Buyuk Britaniya va Irlandiyada buxgalteriya hisobi va audit ma’lumotlari asosan investorlar uchun mo’ljallanadi hamda hisob va audit ma’lumotlari boshqaruv qarorlarini qabul qilishda qo’llaniladi. Germaniya, Lyuksemburg va Belgiyada esa hisob va audit ma’lumotlari, asosan, bank muassasalariga yo’naltirilgan. Frantsiyada esa yagona unifikatsiyalangan hisob va audit tizimi mavjud bo’lib, u davlat rejalashtirish tashkilotlarini ma’lumot bilan ta’minlashga xizmat qiladi.
Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida Yevropa iqtisodiy hamjamiyatining direktivalari ishlab chiqilgan. Masalan, 1984 yil 10 aprelda qabul qilingan 8-direktivada Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga a’zo mamlakatlar auditorlariga qo’yiladigan malakaviy talablar belgilangan bo’lib, barcha mamlakat auditorlariga qo’yiladigan talablar unifikatsiyalashtirilgan. 44 1979 yilda tuzilgan Buxgalteriya hisobi va audit bo’yicha Afrika Kengashi ushbu qit’a mamlakatlarida mavjud milliy hisob va audit tizimlarini bir xil asosga keltirishga xizmat qiladi. Ushbu tashkilotga Afrika qit’asidagi 27 mamlakat birlashtirilgan. Lotin Amerikasidagi mamlakatlarning milliy hisob va audit tizimlarini standartlashtirish maqsadida Amerika mamlakatlari buxgalterlari assotsiatsiyasi tuzilgan bo’lib, uning tarkibiga 21 ta davlat kiradi. Ushbu tashkilot har 2-3 yilda yirik anjumanlar o’tkazadi hamda uning natijasiga ko’ra, ilmiy uslubiy qo’llanmalar chop etadi. Janubiy-Sharqiy Osiyo mamlakatlari buxgalterlari assotsiatsiyasi Indoneziya, Malayziya, Filippin, Singapur va Tailand davlatlari a’zolaridan tashkil topgan. Ushbu tashkilot faqatgina buxgalterlarning malakasini oshirish bilan cheklanib qolmasdan, balki milliy hisob tizimlarini bir-biriga muvofiqlashtirish bo’yicha ham ishlar olib boradi. Osiyo va Tinch okeani mamlakatlari buxgalterlari konfederatsiyasi tarkibiga 20 dan ortiq davlat kiradi. Ushbu tashkilotning maqsadi mintaqada buxgalteriya hisobi va auditorlik kasbini rivojlantirishni muvofiqlashtirishdan iboratdir. Tashkilot endilikda milliy hisob va audit tizimlarini uyg’unlashtirishga asosiy e’tiborini qaratmoqda.

Xulosa
Respublikamizdagi bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustivor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy-siyosiy hayotni, jumladan, iqtisodiyotni erkinlashtirish mulkdorlar sinfini tashkil qilishdan kelib chiqqan holda bir qancha yangi malakali mutaxassislarga, nazariy va amaliy kurslarga, fanlarga ehtiyoj tug’iladi. Shulardan eng muhimi audit fani va auditorlik kasbidir. Ushbu sohada g’arb mamlakatlarida katta tajriba to’plangan. Auditorlik firmalari bozor infratuzilmasining eng muhim unsurlaridan biri bo’lib, ular mulkdorlar va davlatning mulkiy manfaatlarini himoya qilish maqsadida mustaqil moliyaviy nazoratni amalga oshiradi. Auditning respublikamizda vujudga kelishi hamda keng tarqalishiga sabab, avvalo turli xil mulkchillikka asoslangan hamda tashkiliy-huquqiy shakllari turlicha bo’lgan korxonalarning paydo bo’lishidir. Ko’p ukladli iqtisodiyot sharoitida har bir mulkdor, har bir investor o’z mablag’larining qay holatda ekanligini va ulardan qanchalik daromad topayotganligini aniqlash maqsadida auditorning xizmatiga ehtiyoj sezadi. Shu boisdan auditorlik faoliyati bozor iqtisodiyotining eng muhim qismlaridan biridir.Auditorlik standartlariga rioya qilish audit sifati darajasini va audit natijalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Auditorlik standartlari sudda auditorlarning haqqoniy ishlaganligining asosi bo’lib xizmat qiladi. Agar auditor standartdan chekinish qilgan bo’lsa, buning sababini ko’rsatishi lozim.
Hozirgi kunda 30 dan ortiq auditorlik faoliyatining xalqaro andozalari ishlab chiqilgan. Respublikamizda esa 10 dan ortiq auditorlik faoliyatining milliy andozalari ishlab chiqilgan. Bozor munosabatlarini erkinlashtirish va uni yanada chuqurlashtirish, iqtisodiy integratsiyani rivojlanish sharoitida moliyaviy axborotlarning jahon miqyosida amaliyotga keng joriy qilish zaruriy va to’xtovsiz jarayonlardan biri hisoblanadi.Shu bilan birgalikda O’zbekiston suveren davlat sifatida audit bo’yicha hukumatlararo va xalqaro professional tashkilotlarga kirishi hamda auditning xalqaro andozalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etishi lozim.


Yüklə 104,83 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə