Toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati



Yüklə 369,5 Kb.
səhifə2/6
tarix23.05.2023
ölçüsü369,5 Kb.
#112250
1   2   3   4   5   6
Korxonalarni uzluksiz rivojlanishda operatsion faoliyatdagi pul mablag’lari harakati tahlili

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
KIRISH

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlar zamonaviy iqtisodiy muhit barpo etish, korxonaning davr harajatlari tahlilini rivojlantirishda mavjud muammolarni oldini olish, korxonada davr tahlilini iqtisodiyotining xayotiy elementi sifatida shakllantirish va uni samaradorligini oshirish asosida xalkaro printsiplariga mos keluvchi tizimini yaratishni taqozo qiladi.


Mamlakatimizda 2018-yilda jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga o'sdi va AQSH dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi. Bunda jami kapital qo'yilmalarning 21,2 foizdan ortig'i yoki 3 milliard dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to'rtdan uch qismi to'g'ridan-to'g'ri xorijiy investitsiyalardir.
To'g'ridan-to'g'ri xususiy investitsiyalarning hajmi 10,3 foizga o'sib, 4 milliard 300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil etdi. O'tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2018 yilga nisbatan 20 foiz ko'p investitsiyalar yo'naltirildi. Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig'i ishlab chiqarish sohasiga va qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi. 2019 yilda iqtisodiyotimizning etakchi tarmoqlarida zamonaviy yuqori texnologiyalarga asoslangan uskunalar bilan jihozlangan, umumiy qiymati 4 milliard 200 million dollarga teng bo'lgan 154 ta yirik ob'ekt foydalanishga topshirildi.
Mazkur kurs ishida korxonaning davr harajatlari taxlilining milliy iqtisodiyotdagi o'rni, ahamiyati, roli va funsiyalarni o'rganishga bag'ishlangan.
Kurs ishida korxonadavr harajatlar taxlilining bozor munosabatlari shakllanish jarayonidagi xolat va rivojlanish istiqbollari ta'sir etuvchi omillar bilan birgalikda kompleks tarzda o'rganilgan.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan iqtisodiy isloxotlar aktsionerlik kapitalining rivojlanishi, moliya bozoridagi yangi qayta taqsimlovchi mexanizmlarning shakllanishi, qimmatli qog'ozlar bozorining faoliyat yuritish masalalari va uning iqtisodiyotagi rolini tadqiq qilish muxim ahamiyat kasb etadi. Shu bilan birga O'zbekiston uchun xozirgi kundagi dolzarb muammolardan bo'lgan iqtisodiyotning modernizatsiyasi, investitsiyalarni jalb qilish va sanoat o'sishini ta'minlash masalalarini hal qilishda qimmatli qog'ozlar bozorining rolini, bu borada uning bajaradigan funktsiyasini o'rganish ayniqsa muhim xisoblanadi.
Kurs ishining maqsadi iqtisodiyotda korxona davr harajatlar taxlilining tutgan rolini aniqlash va funktsiyalarini bajarishini tahlilini amalga oshirishdan iborat bo'lib hisoblanadi.
Mazkur maqsadga erishishi uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etiladi:
- korxona davr harajatlar tahlilining iqtisodiyotdagi funktsiyalarini o'rganish;
- korxona davr harajatlar tahlilining iqtisodiyotdagi o'rni va roliga tavsif berish;
- korxona davr harajatlar tahlilining iqtisodiyotdagi funktsiyasi va roliga ta'sir etuvchi omillarni tadqiq qilish;
- ta'sir etuvchi omillar sharoitida korxona davr harajatlar tahlilining milliy iqtisodiyotdagi roli va funktsiyasi taxlilini amalga oshirish;
- korxona davr harajatlar tahlilining iqtisodiyotdagi funktsiyasi va rolining istiqbollarini o'rganish;
- O'zbekistonda korxona davr harajatlar tahlili funktsiyasi samaradorligini oshirish masalalarini ko'rib o'tish;
- O'zbekistonda korxona davr harajatlar tahlili samaradorligini oshirish masalalariga baxo berish.
Korxona davr harajatlar tahlilining faoliyat yuritishi va uning strukturasi muammolarini ko'plab xorijiy olimlar tomonidan o'rganilgan: G.J.Aleksander, R.A.Bril, S.L.Bryu, E.Bredli, D.V.Beyli, E.D.Dolan, K.R.Makkonnell, G.R.Mansuxani, R.Tyulz, U.F.Sharp, R.A.Shvarts va boshqalar. Xorijiy korxona davr harajatlar tahlili bo'yicha tadqiqotlar va O'zbekiston korxona davr harajatlar tahlili faoliyat yuritishi borasidagi ishlar mahalliy olimlarimiz ilmiy ishlarida o'z aksini topgan. Ular qatoriga M.Sharifxo'jaev, A.Vahobov, M.Angelidi, Sh.Shoxa'zamiy, I.Butikov, V.Kotov, A.Abduqodirov va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
Kurs ishining metodologik va nazariy asoslari bo'lib, mahalliy va xorijiy olimlar – iqtisodchilarning amalga oshirgan ishlari, mutaxassislarning korxona davr harajatlar tahlilini rivojlantirish borasidagi ishlanmalari va ilmiy maqolalari, O'zbekiston Respublikasining ijro etuvchi organlari va statistika organlarining hujjatlari hisoblanadi. Shuningdek, muallifning turli xil korxona davr harajatlar tahlilining ko'rsatkichlariga asoslanib amalga oshirgan tadqiqotlari.
Ishda asoslangan takliflar, xulosa va takliflar yaxlit samara keltirishga qaratilgan bo'lib, ularni korxona davr harajatlar tahlili amaliyotida qo'llash, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda foydalanish, investorlarni jalb etishda ularning risklarini kamaytirish, ularning iqtisodiyotga samaradorligini oshirish, korxona davr harajatlar tahlilini nazorat qiluvchi institutlar faoliyat yuritishini takomillashtirish shu jumladan, o'zini-o'zi muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar rolini oshirish, xorijiy investorlar uchun sharoitlarni yaratishda barcha tomonlarga inobatga olish, ularni respublika iqtisodiyoti uchun samaradorligini oshirish xisoblanadi.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi, kirish, asosiy qism, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.

  1. Operatsion faoliyat tahlilining mazmuni va muhim vazifalari.

Operatsion faoliyat – xo‘jalik yurituvchi subyektning asosiy daromad olib keluvchi faoliyat turidir.


Operatsion faoliyat tahlilida xo‘jalik yurituvchi subyekt asosiy faoliyatining muhim obyektlari: mehnat vositalari, predmetlari va mehnat resurlarining ta’minoti, ishlab chiqarish, sotish va natijaga ega bo‘lishdagi kompleks tizim o‘rganiladi.
Mehnat vositalari va ulardan samarali foydalanishni tahlili.
Asosiy faoliyatda foydalaniladigan mehnat vositalariga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar kiritiladi. Ularning odatda aktiv va passiv turlari tarkiblanadi.
Aktiv asosiy vositalar bu ishlab chiqarish jarayonida bevosita qatnashuvchi mehnat vositalaridir.
Passiv asosiy vositalar ishlab chiqarish jarayoniga muhim sharoit ta’minlab beruvchi mehnat vositalaridir.
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni tahlil etishda ularning tarkibi, harakati, holati, samaradorligi, rentabelligi va dinamik o‘zgarishlariga muhim ahamiyat qaratiladi.
Asosiy vositalar tarkibiga quyidagi mezonlarga bir vaqtning o‘zida javob beradigan moddiy aktivlar kiritiladi1:
a) bir yildan ortiq xizmat qilish muddati;
b) bir birlik (to‘plam) uchun qiymati O‘zbekiston Respublikasida (xarid paytida) belgilangan eng kam oylik ish haqi miqdorining ellik baravaridan ortiq bo‘lgan buyumlar.
Korxona rahbari‚ shuningdek, hisobot yilida aktivlarni buxgalteriya hisobida asosiy vositalar sifatida hisobga olish uchun ular qiymatining eng kam chegarasini belgilashga haqlidir.

1-jadval
Asosiy vositalarning tasnifiy jihatlari



Ko‘rsatkichlar

Tasnifiy jihatlari

Asosiy vositalar

korxona tomonidan uzoq muddat davomida xo‘jalik faoliyatini yuritishda mahsulot ishlab chiqarish, ishlarni bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatish jarayonida yoxud ma’muriy va ijtimoiy-madaniy vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalanish uchun tutib turiladigan moddiy aktivlar

Amortizatsiya

foydali xizmat muddati mobaynida aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini asosiy vositalarning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va o‘tkazish ko‘rinishida eskirishning qiymat ifodasi

Foydali xizmat muddati

korxona aktivdan foydalanadigan vaqt davri yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori. Qurib bitkazish, asbob-uskunalar bilan to‘liq jihozlash, qayta qurish, zamonaviylashtirish va texnik qayta qurollantirish bo‘yicha ishlar tugatilganidan so‘ng foydalanishga kiritilgan asosiy vositalar uchun foydali xizmat muddati bo‘lib ushbu ishlar tugatilganidan so‘ng mazkur asosiy vositalar foydalanishga kiritilgan paytdan boshlab korxona tomonidan asosiy vositalardan foydalaniladigan vaqt davri yoki korxona ushbu asosiy vositalarni qo‘llashdan kutayotgan mahsulot (ishlar, xizmatlar) miqdori hisoblanadi

Boshlang‘ich qiymat

to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), shuningdek‚ aktivni undan maqsadga muvofiq foydalanish uchun ishchi holatiga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha qilingan xarajatlarning qiymati

Joriy qiymat

ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha asosiy vositalarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa

Qoldiq (balans) qiymat

jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati

Tugatish qiymati

asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi

Aktivlarni buxgalteriya hisobiga nomoddiy aktivlar sifatida qabul qilishda bir vaqtning o‘zida quyidagi shartlar bajarilishi kerak:


a) moddiy-ashyoviy tuzilishga ega bo‘lmasligi;
b) aktivlardan mahsulot ishlab chiqarishda (ishlar bajarish yoki xizmatlar ko‘rsatishda) yoxud korxonaning ma’muriy va boshqa funksiyalari uchun uzoq muddat, ya’ni davomiyligi 12 oydan yuqori foydali xizmat muddati yoki agar u ushbu muddatdan oshadigan bo‘lsa, oddiy operatsion sikl mobaynida foydalanish;
v) korxona ushbu aktivni keyinchalik qayta sotishni mo‘ljallamaydi;
g) ishonchlilik, ya’ni korxonada aktiv va unga bo‘lgan mutlaq huquqning mavjudligini tasdiqlovchi tegishli ravishda rasmiylashtirilgan hujjatlar (patentlar, guvohnomalar, boshqa muhofaza qiluvchi hujjatlar, patent, tovar belgisidan voz kechish (sotib olish) shartnomasi)ning mavjudligi.
d) korxona tomonidan boshqa aktivlardan identifikatsiyalash (bo‘lish, ajratish) imkoniyati, ya’ni aktivni undan foydalaniladigan xo‘jalik faoliyatidan alohida foydalanishning mumkin bo‘lishi.
2-jadval
Nomoddiy aktivlarning tasnifiy jihatlari

Ko‘rsatkichlar

Tasnifiy jihatlari

Nomoddiy aktivlar

korxona tomonidan ulardan ishlab chiqarish, ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish yoki tovarlarni sotish jarayonida foydalanish maqsadida yoxud ma’muriy va boshqa funksiyalarni amalga oshirish uchun uzoq muddat mobaynida tutib turiladigan, moddiy-ashyoviy mazmunga ega bo‘lmagan mol-mulk obyektlari

Amortizatsiya

foydali xizmat muddati mobaynida nomoddiy aktivning amortizatsiyalanadigan qiymatini uning vazifasidan kelib chiqqan holda mahsulot (ishlar, xizmatlar) tannarxiga yoki davr xarajatlariga muntazam taqsimlash va kiritish

Amortizatsiyalanadigan qiymat

taxmin qilinayotgan (baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda aktivning boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi

Foydali xizmat muddati

korxona tomonidan aktivdan foydalanish ko‘zda tutilgan davr yoki korxona ushbu aktivdan foydalanishdan olishni mo‘ljallayotgan mahsulot (ishlar va xizmatlar) miqdori

Boshlang‘ich qiymati

nomoddiy aktivlarni yaratish (ishlab chiqish) yoki sotib olish bo‘yicha haqiqatda amalga oshirilgan xarajatlar qiymati (pul mablag‘lari yoki ularning ekvivalentlarining summasi yoxud boshqa to‘lovlarning joriy qiymati), shu jumladan to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar (yig‘imlar), shuningdek‚ aktivni undan maqsadga ko‘ra foydalanish uchun ishga yaroqli holatga keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan boshqa xarajatlar qiymati

Tugatish qiymati

nomoddiy aktivning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan xarajatlarni chegirgan holda uning foydali xizmat muddati oxirida aktivni tugatish chog‘ida olinishi kutilayotgan, aktivning taxmin qilinayotgan (baholangan) summasi

Joriy qiymati

ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha nomoddiy aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, bir-biridan mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki majburiyatlarni bajarish uchun yetarli bo‘lgan summa

Qoldiq (balans) qiymat

nomoddiy aktiv moliyaviy hisobot (buxgalteriya balansi)da aks ettiriladigan, boshlang‘ich (tiklash) qiymati va jamlangan amortizatsiya summasi o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanadigan miqdor

Faol bozor

oldi-sotdi obyektlari bir turda (bir xil) bo‘lgan va har qanday vaqtda bitimni amalga oshirishni xohlovchi manfaatdor sotuvchi va xaridorlarni topish mumkin bo‘lgan, shuningdek‚ narxlar haqidagi ma’lumotlar oshkor (hammabop) bo‘lgan bozor

Mutlaq huquq

bu faqatgina huquq egasi tomonidan yoki uning roziligi bilan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda uchinchi shaxsga berilishi mumkin bo‘lgan mulkiy huquq

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanganlik, ularning holati, harakati, samaradorligini, asosiy vositalarning rentabelligini baholashda tahlilning metodologik asoslari quyidagilardan iborat.


3-jadval
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar, ulardan samarali foydalanish tahlilining muhim masalalari

Tahlil mavzulari

O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi

Tahlil mazmuni

Tahlil natijasi

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlili va uning nazariy jihatlari

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlilining nazariy, metodologik asoslari

Ta’rifi, turkumlanishi, tahlil vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi

Zamonaviy ta’rifi, turkumlanishi, tahlil mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlangan-
lik, va qurollanganlik tahlili

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan qurollanish koeffitsiyenti

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanishi, qurollanishi va uning dinamik o‘zgarishlari tahlil qilinadi

Ta’minlanganlik va qurollanganlikni o‘stirish choralari ko‘riladi

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar harakatining tahlili

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kirib kelish koeffitsiyenti,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketish koeffitsiyenti,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar harakatining sifat ko‘rsatkichlari

Asosiy vositalar va nomoddiy aktvilarning harakat ko‘rsatkichlariga baho berish orqali ularning o‘zgarishi, o‘zgarish tendensiyalari tahlil qilinadi

Harakat ko‘rsatkichlarini yaxshilash choralari ko‘riladi

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar holatining tahlili

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish koeffitsiyenti,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning yaroqlik koeffitsiyenti

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning holatiga, ularning o‘zgarishiga va o‘zgarish tendensiyalariga baho beriladi

Holat ko‘rsatkichlarini yaxshilash choralari ko‘riladi

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar samaradorligining tahlili

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qaytimi,
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning sig‘im ko‘rsatkichlari

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qaytimi va sig‘imiga, ularning o‘zgarishiga, mahsulot hajmiga ta’siri tahlil qilinadi

Samaradorlikni oshirish choralari ko‘riladi

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning rentabellik tahlili

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning rentabellik ko‘rsatkichlari

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning foydaligiga, uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarga baho beriladi.

Rentabellikni oshirish choralari ko‘riladi

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning tahlilida o‘rganiladigan muhim ko‘rsatkichlar va ularning aniqlash tartiblarini quyidagi jadvalda ifoda etish mumkin.
4-jadval
Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar tahlilining ko‘rsatkichlar tizimi




Ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkich
larning aniqlanishi

Belgilar izohi

1

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti (Ta, Tn)

Ta=Av / Im

Tn=Na / Im





Av-asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
Na-nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati



2

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar bilan qurollanishi koeffitsiyenti (Qa, Qn)

Qa=Av / X

Qn=Na / X





Im-ishlab chiqarish maydoni
X-xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soni

3

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning kirib kelish koeffitsiyenti (Ka,Kn)



Ka=Avk / Avo

Kn=Nak / Nao





Avk-kirib kelgan asosiy vositalarning qiymati
Avo-asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymati
Nak-kirib kelgan nomoddiy aktivlar
Nao-nomoddiy aktivlarning yil oxiridagi qiymati

4

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning chiqib ketish koeffitsiyenti (Cha,Chn)

Cha=Avch / Avb

Chn=Nach / Nab





Avch-chiqib ketgan asosiy vositalar qiymati
Avb-asosiy vositalarning yil oxiridagi qiymati
Nach-nomoddiy aktivlarning chiqib ketgan qismi
Nab-nomoddiy aktivlarning yil boshidagi qiymati

5

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning harakatining sifat ko‘rsatkichlari(As,Ns)

As=Avk / Avch

Ns=Nak / Nach






6

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning eskirish koeffitsiyenti (Kea,Ken)

Kea=Ave / Avd

Ken=Nae / Nad



Ave-asosiy vosilarning eskirish qiymati
Avd-asosiy vositalarning boshlang‘ich qiymati
Naz-nomoddiy aktivlarning eskirish qiymati
Nad-nomoddiy aktivlarning boshlang‘ich qiymati

7

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning yaroqlilik koeffitsiyenti (Kyaa, Kyan)

Kyaa=Avq / Avd
Kyan=Naq / Nad

Avq-Asosiy vositalarning qoldiq qiymati
Naq-nomoddiy aktivlarning qoldiq qiymati

8

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning qaytimi (Aq, Nq)

Aq=Mx / Avo‘
Nq=Mx / Nao‘

Mx-mahsulot hajmi
Avo‘-asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
Nao‘-nomoddiy aktivlarning o‘rtacha yillik qiymati

9

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning sig‘im ko‘rsatkichlari (As, Ns)

As=Avo‘ / Mx
Ns=Nao‘ / Mx




10

Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning rentabellik ko‘rsatkichlari (Ra,Rn)

Ra=SF / Avo‘
Rn=SF / Nao‘

Sf-sof foyda

Mehnat predmetlari va ulardan samarali foydalanish tahlilida mehnat predmetlarining nazariy tavsifi, ularning turkumlanishi, xo‘jalik subyektining moddiy resurslar bilan ta’minlanganligi, samaradorligi, jami aktivlar tarkibidagi salmog‘i, moliyalashtirilishi, aylanuvchanligi bilan bog‘liq jihatlar tahlil etiladi.


5-jadval
Moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanish tahlilining muhim masalalari

Tahlil mavzulari

O‘rganiladi-
gan ko‘rsatkichlar tizimi

Tahlil mazmuni

Tahlil natijasi

Moddiy resurslar tahlili mazmuni vazifalari va axborot manbalari

Moddiy resurslar tahlilining nazariy va metodologik asoslari

Ta’rifi, turkumlanishi, tahlil vazifalari, axborot manbaalari bayon etiladi

Zamonaviy ta’rifi, turkumlanishi, tahlil mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi

Moddiy resurslar bilan ta’minlan


ganlik tahlili

Moddiy resurslar ta’minlangan
lik koeffitsiyenti

Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik
ning holatiga, o‘zgarishlariga, dinamikasiga baho beriladi

Moddiy resurslar ta’minlanganlikdagi holat, uni yaxshilash choralari ko‘riladi

Moddiy resurslar samaradorli
gi tahlili

Moddiy resurslar qaytimi,
moddiy resurslar sig‘imi koeffitsiyenti

Moliy resurslardan samarali foydalanganlik darajasiga, mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’siriga baho beriladi

Moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanish imkoniyatlari aniqlanadi va choralari ko‘riladi

Moddiy resurslar aylanuvchanligi tahlili

Moddiy resurslarning aylanuvchan
lik koeffitsiyentlari

Moddiy resurslarning yangidan qiymat yaratishga, ularning qaytuvchanlik darajasiga, ish aktivligiga baho beriladi

Moddiy resurslar joriy holati va uni kelgusida yanada yaxshilash choralari ko‘riladi

Moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanish tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar va ularning aniqlanish tartibi quyidagi jadvalda ifoda etilgan.
6-jadval
Moddiy resurslar va ulardan samarali foydalanish tahlili ko‘rsatkichlari

t/r

Ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkich
larning aniqlanishi

Belgilar izohi

1

Moddiy resurslar bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti
(Tmr)

Tmr=Mrx / Mrz



Haqiqatdagi moddiy resurslar ta’minoti
Moddiy resurslarga bo‘lgan zaruriy talab

2

Moddiy resurslar sig‘imi (Smr)

Smr=X / Mx



Im-ishlab chiqarish maydoni
X-xodimlarning o‘rtacha ro‘yxat soni

3

Moddiy resurslar qaytimi

Qmr=MMx / X




4

Moddiy resurslarni (o‘z va qarz mablag‘lari hisobiga) moliyalashtirish koeffitsiyenti (Km1,Km2)

Km1=O‘MM-UMA / Mr
Km2=QM-O‘MM / Md

O‘MM-o‘z mablag‘lari manbasi
O‘MA-uzoq muddatli aktivlar
QM-qarz mablag‘lari

5

Moddiy resurslardan chiqitlar salmog‘i koeffitsiyenti (MRch)

MRch=Mrch / MRs

Mrch-moddiy resurslarni ishlatishdan chiqitlar
Mrs-Moddiy resurslar sarfi

6

Moddiy resurslar aylanuvchanligi koeffitsiyenti
(MRa)

MRa=ST / Mrq

St-sotishdan tushum
Mr-moddiy resurslar qoldig‘i

7

Moddiy resurslar tarkibida import xom ashyolar salmog‘i (MRi)



MRi=Mri / Mrj

Mri-Import qilingan moddiy resurslar qiymati
Mrj-moddiy resurslar jami

8

Mahalliylashtiril­gan moddiy resurslar salmog‘I (MRm)

MRm=Mrm / Mrj

Mrm-mahalliylashtirilgan moddiy resurslar qiymati

9

Moddiy resurslardan ishlab chiqarishdan tashqari foydalanishning salmog‘i(MRt)

MRt=Mrt / Mru

Mrt-ishlab chiqarishdan tashqari foydalanilgan moddiy resurslar qiymati
Mru-Umumiy foydalanilgan moddiy resurslar qiymati

1

Moddiy resurslarning TMZ tarkibidagi salmog‘i (MRz)

MRz=Mr / TMZ

TMZ-tovar moddiy zaxiralar
Mr-moddiy resurslar qiymati

Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishni tahlili.


Korxona faoliyatida mehnat omili muhim ahamiyat kasb etadi. Mehnat – bu inson va jamiyatning ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan oqil va ongli faoliyatdir.
Mehnat resurslari mehnatga layoqatli aholining 16 yoshdan 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar va 16 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan erkaklardan iborat qatlamidir.
Korxonada mehnat resurslari: xodim, ishchi, xizmatchi kategoriyalari bilan tarkiblanadi.
Xodim – korxonada band bo‘lgan barcha tarkib, ishchi-mahsulot ishlab chiqarishda bevosita qatnashuvchi, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi, xizmatchilar – jismoniy mehnatdan tashqari, xizmat ko‘rsatuvchi tarkib hisoblanadi.
7-jadval
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish tahlilining muhim masalalari

Tahlil mavzulari

O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi

Tahlil mazmuni

Tahlil natijasi

Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish tahlili mazmuni vazifalari va axborot manbalari

Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanish tahlilining nazariy, metodologik asoslari tasniflanadi

Ta’rifi, turkumlanishi, tahlil vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi

Zamonaviy ta’rifi, turkumlanishi, tahlil mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi

Korxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanishini tahlili

Mehnat resurslari tarkibi va ularning salmog‘i, koxonaning mehnat resurslari bilan ta’minlanish koeffitsiyenti

Mehnat resurslari turli tarkibiy belgilar bo‘yicha o‘rganiladi mutlaq va nisbiy o‘zgarishlari baholanadi

Mehnat resurslarini tarkibiy jihatdan o‘rganishga xodimlar mehnatidan samarali foydalanishning muhim omili deb qaraladi

Ish kuchi qo‘nimsizligi va ishchilarning malaka darajasini tahlili

Xodimlarning harakati (ishga qabul qilinishi, ishdan bo‘shash darajasi), qo‘nimsizlik, malaka darajasi

Xodimlar harakati va uning sifat ko‘rsatkichlari baholanadi

Xodimlar harakatida sifat o‘zgarishlarni ta’minlash chora-tadbirlari ko‘riladi

Ishchilarni ish vaqtidan foydalanishini tahlili va uning o‘zgarish sabablari

Ish vaqti fondidan foydalanish darajasini ifoda etuvchi ko‘rsatkichlar

Ishchilar sonining o‘zgarishi,
Bir ishchini ishlagan kunlarining o‘zgarishi,
Ish kuni davomiyligini o‘zgarishi



Ish vaqti fondidan samarali foydalanish, bo‘sh turishlar, ish vaqtida turli yo‘qotishlarni oldini olish choralari ko‘riladi

Mehnat unumdorligi tahlili

Mehnat resurslari va vaqt fondidan samarali foydalanish ko‘rsatkichlari

Bir xodimning mehnat unumi,
Bir ishchining mehnat unumi,
Bir kunlik mehnat unumi,
Bir soatlik mehnat unumi

Mehnat unumdorligini tarkibiy ko‘rsatkichlarini baholash orqali uni o‘stirish choralari ko‘riladi

Sanoat ishlab chiqarish xodimlari mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Sanoat ishlab chiqarish xodimlarining mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi

Ishchilarning sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibidagi salmog‘ining o‘zgarishi, bir ishchining mehnat unumining o‘zgarishini ta’sir darajalari baholanadi

Xodimlar mehnat unumi va uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi birliklarni maqsadli boshqarish imkoni tug‘iladi

Ishchining mehnat unumdorligiga ta’sir etuvchi omillarning tahlili

Bir ishchining mehnat unumdorligi ko‘rsatkichi

Mehnat unumi va uning o‘zgarishiga:
bir ishchining yil davomida ishlagan o‘rtacha kishi kunlari;
ish kuni davomiyligi; ishchining bir soatlik ish unumi ta’siri hisob-kitob qilinadi

Ishchining mehnat unumi va uni o‘stirish choralari belgilanadi

Mahsulot mehnat sig‘imini tahlili

Mahsulot hajmiga ish vaqti sarfi ko‘rsatkichi

Mahsulotning mehnat sig‘imi, uning o‘zgarishi, o‘zgarish sabablari o‘rganiladi

Mahsulot hajmida mehnat sarfining optimallashtirish choralari ko‘riladi

Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillarini tahlili



Ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni, bir ishchi tomonidan ishlangan ish kuni, ish kuni davomiyligi, o‘rtacha bir soatlik mehnat unumi

Mahsulot hajmiga ta’sirini omilli tahlili o‘tkaziladi, ta’sir darajalari hisob-kitob qilinadi

Mehnat omillarini ijobiy ta’sir birliklarini baholash orqali ularni rag‘batlantirish choralari ko‘riladi.

Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik va mehnat unumdorligini tahlilida quyidagi ko‘rsatkichlar tizimidan foydalaniladi.


8-jadval
Mehnat resurslari va ulardan samarali foydalanishning ko‘rsatkichlar tizimi

t/r

Ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkichlarning aniqlanishi

Belgilar izohi

1

Mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik koeffitsiyenti(Mt)

Mt=Mr / Mrz

Mr-haqiqatda band qilingan mehnat resurslari
Mrz-zaruriy mehnat resurslari soni

2

Ishchilarning jami sanoat ishlab chiqarish xodimlarining tarkibidagi salmog‘i(Xis)

Xis=Is / X

Is-ishchilarning soni
X-xodimlarning ro‘yxat bo‘yicha o‘rtacha soni

3

Xizmatchilarning jami xodimlar tarkibidagi salmog‘i (Xxs)

Xxs=Xs / X

Xs-xizmatchilarning soni

4

Xodimlarni ishga qabul qilish koeffitsiyenti (Ibq)

Xiq=Xq / X

Xq-ishga qabul qilingan xodimlarning soni



5

Xodimlarni ishdan bo‘shatish koeffitsiyenti (Xib)

Xib=Xi / X

Xi-ishdan bo‘shagan xodimlarning soni

6

Xodimlar qo‘nimsizligi (Xq)

Xq=Ib / X

Ix-o‘z arizasiga muvofiq ishdan bo‘shaganlar soni

7

Mehnat unumdorligining inson va vaqt omili ko‘rsatkichlari
(MU):

MU




7

Bir xodimning mehnat unumi (MUx)

MUx=Mx / X

Mx-mahsulot hajmi

7

Bir ishchining mehnat unumi (MUi)

MUi=Mx / I

I-ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni

7

Bir kunlik mehnat unumi (MUk)

MUk= Mx / Ik

Ik-jami ishlangan ish kunlari

7

Bir soatlik mehnat unumi (MUs)



MUs=Mx / Is

Is-jami ishlangan ish soatlari

8

Ish kuni davomiyligi (Id)



Id=Iis / Iik

Iis-jami ishlangan ish soatlari
Iik-jami ishlangan ish kunlari

9

O‘rtacha bir yillik ishlangan ish kunlarining haqiqiy ish vaqtidagi salmog‘i (Ivs)

Ivs=Iyk / Iykz

Iyk-bir yillik o‘rtacha ishlangan ish kunlari
Iykz-meyor bo‘yicha bir yillik ish kunlari

1

O‘rtacha ishlangan bir kunlik ish vaqtining me’yoriy ish vaqtidagi salmog‘i (Iks)

Iks=Ibs / Ism

Ibs-bir kunlik o‘rtacha ish vaqti
Ism-bir kunlik me’yoriy ish vaqti

1

Mehnat unumdorligini omilli ko‘rsatkichlari (Mu)

Mu

Mu-mehnat unumdorligi




Bir xodimga to‘g‘ri keladigan yillik mahsulot hajmi (Mux)

MUx=Is * Mui

Is-sanoat ishlab chiqarish xodimlari tarkibida ishchilarning salmog‘i
Mui-bir ishchining o‘rtacha yillik mahsulot hajmi




Bir ishchiga to‘g‘ri keladigan yillik mahsulot hajmi (Mui)

Mui=Iik*Ikd*Mus

Iik- bir ishchining yil davomida ishlagan o‘rtacha kishi kunlari
Ikd-ish kuni davomiyligi
Mus-ishchining bir soatlik ish unumi

1

Mahsulotning mehnat sig‘imi (Ms)

Ms=Ms/Mx

Ms-mahsulotga mehnat sarfi
Mx-mahsulot hajmi

1

Mahsulot hajmiga ta’sir etuvchi mehnat omillari (Mx)

Mx= Is*Iik*Ikd*Mus



Mahsulot ishlab chiqarish va sotishni tahlili


Mahsulot ishlab chiqarish va sotish faoliyatining asosiy sharti hisoblanadi.
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmi korxona tomonidan bozor konyunkturasini chuqur tahlil etgan holda mustaqil ravishda rejalashtiriladi.
Mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha biznes rejada mo‘ljallangan hajmni bajarilishini ta’minlash hamda yuqori sifatli, xaridorgir mahsulotlarni yaratilishi korxonaning bevosita muhim ko‘rsatkichlari bo‘lmish ishlab chiqarish tannarxi, xarajatlar hajmi, foyda va rentabellik, moliyaviy barqarorlik, to‘lov qobiliyati, sof pul mablag‘larining hisobot davr oxiriga ko‘payishini ta’minlovchi omildir.
9-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining muhim masalalari

Tahlil mavzulari

O‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi

Tahlil mazmuni

Tahlil natijasi

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining mazmuni vazifalari va axborot manbalari

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilining nazariy, metodologik asoslari tasniflanadi

Mahsulot ishlab chiqarish va sotishning muhim ko‘rsatikichlar tizimi va ularning tasnifi, tahlil vazifalari, axborot manbalari bayon etiladi

Mahsulot ishlab chiqarish‚ sotishni tahlil etish mazmuni, vazifalari, axborot manbalari tavsiflanadi

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi tahlili

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishi



Ishlab chiqarish va sotish rejasining bajarilishiga, dinamikasiga, qiyosiy o‘zgarishlariga baho beriladi

Korxona moliya-xo‘jalik faoliyatining istiqboldagi rejasi, byudjeti, prognoz ko‘rsatkichlari belgilanadi

Mahsulot ishlab chiqarish nomenklaturasi va assortimenti tahlili

Nomenklatura va assortiment rejasining bajarilishi

Nomenklatura va assortiment rejasininng bajarilishiga, reja bajarilishining korxona moliya-xo‘jalik faoliyatiga ta’siri o‘rganiladi

Nomenklatura va asoosrtimentni to‘g‘ri belgilash va ularni maqsadli boshqarish imkoniyatlari aniqlanadi hamda chora-tadbirlari belgilanadi

Mahsulot sifatining tahlili: ishlab chiqarishdagi brak

Oliy va birinchi kategoriyadagi mahsulot hajmi.
Mahsulotning sortlilik koeffitsiyenti.

Mahsulotning sifatligiga, uning pul tushumlari, moliyaviy natijaga ta’siriga baho beriladi

Mahsulotning sifatligini oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi

Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligining tahlili

Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi koeffitsiyenti.



Ishlab chiqarish maromiyligining uzluksiz va barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi ahamiyatiga baho beriladi

Maromiylik va uning buzilishlarini oldini olish choralari ko‘riladi

Innovatsion mahsulotlar tahlili

Innvovatsion mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘i

Innovatsion mahsulotlar ularning raqobatdoshlikni ta’minlashdagi o‘rniga baho beriladi

Innvoatsion mahsulotlar hajmini oshirish, ilmiy, texnikaviy yangiliklarni amaliyotga keng joriy etish choralari ko‘riladi

Xorijga sotilgan mahsulotlar tahlili

Eksport qilingan mahsulotlarning jami mahsulotlar tarkibidagi salmog‘i

Eksport qilingan mahsulotlar hajmi, valyuta tushumlari va jahon bozoriga chiqish imkoniyatlariga baho beriladi

Eksport hajmini oshirish chora-tadbirlari ko‘riladi

Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga ta’sir etuvchi omillar tahlili

Mahsulotning mehnat vositalari, mehnat predmetlari, mehnat omillari bilan bog‘liq samaradorligi



Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmiga ta’sir etuvchi miqdor va sifat omillariga baho beriladi

Mahsulot ishlab chiqarish va sotish hajmini o‘stirish, uning barqaror rivojlanishini ta’minlash chora- tadbirlari ko‘riladi

Ishlab chiqarilgan mahsulot hajmini umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlar tizimiga quyidagi ko‘rsatkichlar kiradi:


Yalpi mahsulot – bu korxonaning ma’lum bir davrda (kun, oy, chorak, yil) ishlab chiqargan mahsuloti, ko‘rsatgan xizmat va bajargan ishlarining amaldagi va solishtirma bahoda o‘lchangan hajmi.
Tovar mahsulot –ishlab chiqarishning barcha bo‘g‘inlaridan o‘tgan va tayyor holatga kelgan, iste’molchilarga yetkazib berish uchun mo‘ljallangan mahsulotlar.
Sotilgan mahsulot – iste’molchilarga ortib jo‘natilgan yoki hisob hujjatlari taqdim etilgan mahsulotlar.
Mahsulotlar nomenklaturasi – deb, miqdor holida tovarlar guruhlari, kichik guruhlari va pozitsiyalarini belgilashda hamda hisobga olishda qabul qilingan ro‘yxatidir.
Tovar (ish, xizmat)lar assortimenti - deb esa, mahsulotlarning ma’lum bir belgilariga qarab, ya’ni, uning turlari, navi, o‘lchami, markasi, artikullariga qarab ajratiladigan mahsulotlar xilidir.
Korxona uchun ko‘proq foyda keltiruvchi, kam xarajat talab etadigan tovarlarni ishlab chiqarish manfaatlidir. Shu sababli, tovarlarni ishlab chiqarish hajmini tahlil qilishda strukturaviy o‘zgarishlarni tahlil etishga alohida ahamiyat qaratiladi.
Mahsulotlar hajmida strukturaviy o‘zgarishlarni mehnat sig‘imi ko‘rsatkichlari orqali aniqlash mumkin. Mehnat sig‘imini me’yor-soat, me’yorlashtirilgan ish haqi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Mahsulot turlari bo‘yicha rejaning bajarilishi har xil darajada bo‘lishi strukturani o‘zgarishidan dalolat beradi. Struktura bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi uchun haqiqiy ishlab chiqarilgan mahsulotning barcha xillari rejalashtirilgan mahsulot tarkibi va tuzilishiga teng kelishi kerak.
Ishlab chiqarish maromiyligi - bir maromda mahsulot ishlab chiqarishni tasniflaydi.
Ishlab chiqarishni bir maromda tashkil etilishi resurslardan foydalanish darajasiga, mahsulot sifatini yaxshilanishiga, shartnomaviy majburiyatlarni bajarilishiga ta’sir etadi.
Mahsulot sifati. Tahlilda muhim e’tibor ishlab chiqarishga va sotilgan mahsulotlar sifatiga qaratiladi. Mahsulot sifati deganda - uning tovarlilik darajasi, xaridorlar didiga mosligi, xalqaro va mamlakat standart meyorlariga javob berishidagi ijobiy tasnifiy jihatlari nazarda tutiladi.
Xalqaro va mamlakat standarti talablariga mosligi yuzasidan mahsulotlarning oliy va birinchi kategoriyalar tarikblanadi.
10-jadval
Mahsulot ishlab chiqarish va sotish tahlilida o‘rganiladigan ko‘rsatkichlar tizimi

t/r

Ko‘rsatkichlar

Ko‘rsatkich
larning aniqlanishi

Belgilar izohi

1

Mahsulot ishlab chiqarish rejasining bajarilishi (Rb)

Rb=Mxx/Mxr

Mxx- haqiqatda ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi
Mxr-rejada ishlab chiqarilishi belgilangan mahsulot hajmi

2

Mahsulot nomenklaturasi va assortimenti rejasining bajarilishi (Rbn)

Rbn=Mxn/Mxr

Mxn-nomenklatura va assortimentga qabul qilingan mahsulot hajmi



3

Mahsulot ishlab chiqarish maromiyligi koeffitsiyenti(Mrb)

Rbm=Mxm/Mxr

Mxm-maromiylik hisobiga ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi

4

Ayrim tur mahsulotlarning jami mahsulotdagi salmog‘i(Mxs)

Mxs=Mat/Mx

Mat-ayrim tur mahsulotlar hajmi

5

Mahsulot tarkibida oliy sifat mahsulot salmog‘i(Mxo)

Mxo=Mxo/Mx

Mxo-oliy kategoriyadagi mahsulotlar hajmi

6

Mahsulot hajmida innvoatsion mahsulot hajmi(Mxi)

Mxi=Mi/Mx

Mi-innovatsion mahsulotlar hajmi

7

Mahsulot hajmiga mehnat omillari ta’siri(MXm)

MXm=Is*Ik*Is*Mus

Is-ishchilarning o‘rtacha ro‘yxat soni
Ik-bir ishchi tomonidan ishlangan ish kunlari
Is-ish kuni davomiyligi
Mus-bir soatlik mehnat unumi

8

Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga moddiy resurslar ta’siri(MXmr)

MXmr=MR*MRq

MR-moddiy resurslar qiymati
MRq-moddiy resurslar qaytimi

9

Mahsulot ishlab chiqarish hajmiga mehnat vositalari ta’siri(MXa)

MXa=Avq * Avo‘

Avq–asosiy vositalarning o‘rtacha yillik qiymati
Avo‘-Asosiy vositalarning qaytimi

10

Sotish rejasining bajarilishi (Srb)

SRb=SMx/SMr

SMx-Haqiqiatda sotilgan mahsulot hajmi SMr-rejada belgilangan sotish hajmi

11

Shartnoma majburiyatlarini hisobga olgan holda sotish rejasining bajarilishi (SRsh)

SRsh=SMsh/SMx

SMsh-shartnoma majburiyatlarini hisobga olgan holda haqiqatda yetkazib berilgan mahsulot hajmi
Smx-yetkazib berilishi rejalashtirilgan mahsulot hajmi yetkazib erilishi

12

Sortlilik koeffitsiyenti (Ks)

Ks=MX/Mxb

Mxb-oliy kategoriya bahosida qayta hisoblangan mahsulot hajmi

13

O‘rtacha sotish bahosi (SBo‘)

SBo‘=MXq/MXm

MXq-Haqiqatda sotilgan mahsulot qiymati
MXm-Haqiqatda sotilgan mahsulot miqdori

14

Sotish hajmiga ta’sir etuvchi omillar (Smo‘)

SMo‘=TMqb+TMi-TMqo

TMqb-tayyor mahsulot davr boshiga qoldig‘i
TMi-Joriy davrda ishlab chiqarilgan tayyor mahsulot hajmi
TMqo-Tayyor mahsulotning davr oxiriga qoldig‘i



Yüklə 369,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə