Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə125/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Transport  xujayra-
  eritrotsitlarning  jaroxatlanishi,  parchalanishi, 
patologik  shakllarining  ko‘payishi  (gemoliz,  makrotsitoz,  mikrotsitoz, 
va  x.k.)  qonda  kislorodning  kamayishiga,  kamqonlik  (anemiya)  kabi 
kasalliklarning kelib chiqishiga  sabab bo‘ladi.  
Immun  a’zolaridagi
  kasalliklar  (immunnopatiya)  yoki  boshqa 
kasalliklar  immun  xujayralari  va  immun  xujayralari  ishlaydigan 


 
115 
moddalarning  kamayib  ketishiga  immunodefitsit  holatga  (masalan 
limfotsitopeniya,  bu  tug‘ma  ham  bo‘lishi  mumkin),  xujayralar 
kasalliklariga 
(immunnotsitopatiyalar) 
sabab  bo‘lishi  mumkin. 
Immunnodefitsit  vaqtida  organizmning  kasalliklarga  qarshi  kurashish 
qobiliyati  pasayib  ketadi,  organizm  yuqumli  kasalliklarga,  onkologik 
kasalliklarga  beriluvchan  bo‘lib  qoladi,  boshqa  kasalliklar  ham  og‘ir 
kechadi.   
Keyingi  15-20  yil  ichida  immunologiya  fani  jadal  taraqqiy  etdi. 
Faoliyati  buyicha  bir-biridan  keskin  farq  qiluvchi  T-  va  V-
limfotsitlarnipg  topilishi,  immun  -  himoya  jarayonlarida  mikromuhit 
hujayralarining  salmoqli  roli  borligining  aniqlanishi  hamda  bu 
jarayonlarni  boshqarishda  ishtirok  etuvchi  moddalarning  ochilishi 
immunitet  to‘g‘risidagi  tushunchalarni  tubdan  o‘zgartirdi.  Klassik 
immunologiyaning  asoschilari  bulib  Lui  Paster  va  I.  I.  Mechnikovlar 
hisoblanadi. Bundan 30—40 yil avval klassik immunologiya organizmni 
faqat  har  xil  yuqumli  kasalliklarni  keltirib  chiqaruvchi  mikroblar  va 
viruslardan  himoya  qilish  mexanizmlarini  o‘rganish  bilan  cheklangan. 
Boshqacha  qilib  aytganda,  immunologiya  deganda  tor  doiradagi 
infeksiya immuniteti tushunib kelingan. Hozirgi zamon immunologiyasi 
nazariy  va  amaliy  meditsinaning  barcha  sohalariga  taalluqlidir.  Bejiz 
emaski,  u  hozir  turli  xil  kasalliklarda  kuzatiladigan  immunitet 
yetishmovchiligini (immunodefitsitlarni) aniqlash va davolashda, har xil 
a'zolarni  (yurak,  buyrak,  jigar  va  boshqalarni)  ko‘chirib  o‘tqazishda 
(transplantatsiya qilishda) tutiladigan muammolarni yechishda ham keng 
qo‘llanilmoqda. Immunologiyaning rivojlanishida  akademik R.V.Pstrov 
hamda  jumxuriyatimiz  vakili  professor  R.M.Xaitov  va  ularning 
shogirdlari  qo‘shgan  xissalari  juda  katta.  Immunitet  jarayonlarida 
ishtirok  etuvchi  hujayralarning  kelib  chiqishi,  tuzilishi,  faoliyati  hamda 
o‘zaro muloqotda bo‘lishini o‘rganuvchi fan endilikda o‘zida gistologiya 
va  immunologiya  elementlarini  mujassamlashtirgan  bo‘lib,  uni 
immunomorfologiya  deb  atash  rasm  bo‘ldi.  Bu  fanni  oldiga  qo‘ygan 
asosiy  vazifalaridan  biri  —  organizmda  kechadigan  immun-himoya 
jarayonlarini  ta'minlaydigan  tuzilmalarni  xujayra,  to’qima,  a'zolar  va 
yagona  sistema  sohasida  tadqiq  qilishdir.  Immunomorfologiyaning 
rivojlanishiga ittifoqimiz olimlari katta hissa qo‘shmoqdalar. Bu o‘rinda 
Moskvalik olimlar — akademik M.R.Sapinni, professor I.A.Yurinani va 
Toshkent  meditsina  institutining  gistologiya  kafedrasi  jamoasini 
ko‘rsatib  o‘tish  mumkin.  Masalan,  1987  yili  Toshkentda  chop  etilgan 
akademik  K.A.Zufarov  va  professor  Q.R.To’xtaev  qalamiga  mansub 


 
116 
«Immun  sistema  a'zolari»  kitobi  immunomorfologiya  bo‘yicha  ilk 
asarlardan  hisoblanadi.  Ushbu  bo‘lim  ko‘p  jixatdan  ana  shu  kitobda 
berilgan dalillar asosida yozilgan.  
Immunitet  tug‘risida  tushuncha  immun-himoya  reaksiyalari  va 
immunitet  tushunchalari  o‘zaro  almashinuv  imkoniyatiga  ega 
sinonimlardir.  Immunitet  —  bu  organizmning  o‘zini  barcha  genetik 
jihatdan  yot  bo‘lgan  zarrachalar  va  moddalardan,  ya'ni  antigenlardan 
himoya  qilish  qobiliyatidir.  Antigenlar  organizmga  tashqaridan  tushishi 
(ekzoantigenlar)  yoki  organizmning  o‘zida  (autoantigenlar)  hosil 
bo‘lishi mumkin. Immunitet jarayoni organizmning immun sistemasi bu 
sistemaga  kiruvchi  xujayralar  (immunotsitlar),  go‘qimalar  hamda 
markaziy  va  periferik  a'zolar  yordamida  amalga  oshiriladi.  Immun 
sistema yuqorida ko‘rsatilgan markaziy (qizil suyak ko‘migi, timus) va 
periferik  (limfatik  tugunlar,  taloq,  ovqat  hazm  qilish,  nafas  va  siydik 
chiqaruv  yo‘llarida  joylashgan  limfoid  follikullar)    qismlardan  tashkil 
topgan.  
Immun-ximoya jarayonlarini amalga oshiradigan asosiy xujayralar 
T-va  V-  limfotsitlar  hisoblanadi.  Ularning  ko‘payishi,  yetilishi  hamda 
faoliyati 
esa 

mikromuxitni 
tashkil 
qiluvchi 
makrofaglar, 
interdigitirlovchi  va  dendritli  xujayralar  bilan  chambarchas  bog‘liqdir. 
Timusda  bu  xujayralar  qatoriga  uning  stromasini  hosil  qiluvchi 
retikuloepitelial  xujayralar(  REX  )  ham  kiradi.  Bulardan  tashqari, 
organizmda  kechadigan  himoya  reaksiyalarida  neytrofil,  eozinofil, 
bazofil  leykotsitlarning,  to‘qima  bazofillarining  (semiz  xujayralarning) 
hamda fibroblastlarning ahamiyati ham kattadir.  

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə