Toshkent pediatriya tibbiyot instituti



Yüklə 2,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə127/182
tarix14.04.2022
ölçüsü2,97 Mb.
#85436
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   182
umumiy va xususiy sitologiya

Antitelalar-
  immunoglobulinlarning  u  yoki  bu  sinfiga  mansub 
murakkab  oqsillar.  Ular  organizmda  ma’lum  antigenlar  ta'siri  ostida 
plazmatik  xujayralar  tomonidan  sintezlanadi  va  shu  antigen  bilan 
birikib,  uni  zararsizlantirish  qobiliyatiga  ega  bo‘ladi.  Shu  tufayli 
antitelalar  immunitet  jarayonining  ixtisoslashganligini  ta'minlovchi 


 
117 
asosiy  omillardan  biri  bo‘lib 
hisoblanadi. 
Hozirgi 
paytda 
immunoglobulinlarning  5ta  sinfi  mavjud  bo‘lib,  ular  qon  oqsillarining 
taxminan 1/z qismini tashkil etadi. Immunoglobulinlardan asosiysi IG-Q 
hisoblanadi.  Bu  sinfga  kiruvchi  antitelalar  organizmni  mikroblar, 
viruslar hamda ular ishlab chiqargan zaharli  moddalardan aktiv himoya 
qiladi.  Immunoglobulinlarning  IG-M  sinfiga  kiruvchi  antitelalar  zaharli 
moddalarni  neytrallashda,  yot  xujayralarni  yemirishda  va  turli  xil 
antigenlarni cho‘ktirishda muhim o‘rin tutadi.  
Immunoglobulinlarning  IG-A  sinfiga  kiruvchi  antitelalar,  qondan 
tashqari  ko‘p  miqdorda  so‘lakda,  ko‘z  yoshida,  me'da-ichak 
suyuqliklarida  ham  uchraydi.  Shu  tufayli  bu  antitelalar  sekretor 
antitelalar  deb  atalib,  ular  shilliq  pardalarni  himoya  qilishda  faol 
ishgirok  egadi.  IG-ye  sinfiga  kiruvchi  antitelalar  esa  allergik 
reaksiyalarda qatnashadi. Ularning maxsus antigenlar (allergenlar) bilan 
hosil  qilgan  kompleksi  to‘qima  bazofillarining  degranulyasiyasiga  va 
hujayralardan  gistamin  hamda  geparin  moddalarining  ajralib  chiqishiga 
olib keladi va nihoyat, immunoglobulinlarning oxirgi sinfi bo‘lmish IG-
D  juda  kam  miqdorda  uchraydi.  Uning  ahamiyati  hali  to‘la 
aniqlanmagan. Bu immunoglobulin ko‘proq homilada va yangi tug‘ilgan 
chaqaloqlarda uchraydi.  
Antitelaning  antigen  bilan  bog‘lanishi  jarayonida  qon  plazmasida 
bo‘lgan  maxsus  oqsillar  yoki  komplement  ham  ishtirok  etadi. 
Komplement bu jarayonda keskin aktivlashib, antigenlarning antitelalar 
tomonidan zararsizlantirilishini ta'minlaydi.  
Immunitet  to‘g‘risida  bir  qancha  nazariyalar  mavjud  bo‘lib, 
ulardan  hozirgi  paytda  eng  keng  tarqalgani  F.  Bernetning  «klonal-
seleksion»  nazariyasidir.  Bu  nazariyaga  binoan  organizmda 
limfotsitlarning ko‘p miqdordagi guruhlari, ya'ni klonlari mavjuddir. Har 
bir klonga mansub limfotsitlar genetik jihatdan bir xil bo‘lib, ma'lum bir 
yoki bir necha antigenga nisbatan javob reaksiyasini berish qobiliyatiga 
egadir.  Shu  tufayli  biron-bir  aniq  antigen  limfotsitlarning  faqatina  shu 
antigenga  mos  keladigan  klonigagina  ta'sir  ko‘rsatadi  va  ularning 
ko‘payishiga hamda aktivlashishiga olib keladi. 
Antigenlarni  yemirish  va  zararsizlantirish  uslubiga  qarab 
immunitetning ikki xili ajratiladi:  
1. 
Gumoral Immunitet — bunda antigenlarning antitelalar yordamida 
zararsizlantirilishi asosiy o‘rin tutadi. Bu immunitetning ishchi (effektor) 
xujayralari  bo‘lib  antitela  ishlab  chiqaruvchi  plazmatik  xujayralar  yoki 
plazmotsitlar  hisoblanadi.  Plazmotsitlar  o‘z  navbatida  V-limfotsitlardan 


 
118 
hosil  bo‘ladi.  Bu  jarayonda  T-limfotsitlar  va  mikromuhit  xujayralari 
ham faol qagnashadi.  
2. 
 Xujayraviy Immunitet — bunda antigenlar (asosan, yot hujayralar 
va  organizmniig  o‘zida  hosil  bo‘ladigan,  genetik  jihatdan  mutatsiyaga 
uchragan o‘sma xujayralar) maxsus qotil (killer — qotil) h u j a y r a l a 
r tomonidan o‘ldiriladi va yemiriladi. Bu immunitet jarayonida effektor 
hujayralar  bo‘lib,  T-  limfotsitlarning  bir  turi  bo‘lgan  T-killerlar  va 
maxsus 
«tabiiy  killerlar»
  (TK)  hisoblanadi.  Bu  hujayralarni  boshqacha 
qilib  sitotoksik  ta'sir  ko‘rsatuvchi  hujayralar  deb  ham  atash  mumkin 
(cytos- hujayra, toxin - zahar, ya'ni xujayrani zaharlovchi degan ma'noni 
anglatadi).  
Organizmga  antigen  birinchi  marta  tushganda  (birlamchi  javob 
reaksiyasi)  shu  antigen  uchun  javobgar  limfotsitlar  kloniga  tegishli 
hujayralar  aktivlashib,  blast  xujayralarga  aylanadi.  Bu  blastlar  mitoz 
yo‘li  bilan  ko‘payadi  va  differensiallashadi.  Natijada,  antigenni  «tanib 
olish»  qobiliyatiga  ega  bo‘lgan  limfotsiglar  miqdori  keskin  oshadi.  Bu 
limfotsitlar  shakllanishi  davomida  ikki  xil  hujayralar  hosil  bo‘ladi. 
Ularning bir turi  effektor yoki ishchi limfotsiglar bo‘lsa, ikkinchisi  esa 
antigen  to‘grisidagi  ma'lumotni  «eslab  qoluvchi»  limfotsitlardir. 
Antigenga  qarshi  antitelalar  ishlab  chiqaruvchi  plazmotsitlar  hamda 
sitotoksik ta'sir ko‘rsatuvchi aktivlashgan xujayralar effektor hujayralar 
bo‘lib,  xizmat  qiladi.  Antigen  organizmga  qayta  tushganda  (ikkilamchi 
javob  reaksiyasi)  «eslab  qoluvchi»  limfotsitlar  oldindan  «tanish» 
bo‘lgan  antigenga  nisbatan  darhol  javob  reaksiyasi  sodir  bo‘lishini 
ta'minlaydi.  
 

Yüklə 2,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   123   124   125   126   127   128   129   130   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə