|
 Toshkent pediatriya tibbiyot institutiumumiy va xususiy sitologiyaYordamchi xujayralar.
Bu xujayralar T - va V - limfotsitlar uchun
qulay mikromuhit yaratishda, ularning ko‘payishi va shakllanishini
boshqarishda hamda ularga antigen to‘g‘risidagi ma'lumotni yetkazishda
faol qatnashadi. Yordamchi (assezzog — ishtirokchi) hujayralarning
asosiy vakillaridan biri makrofaglardir. Ular organizmda kechadigan
umumiy
ixtisoslashgan
immun-himoya
reaksiyalarining
aktiv
ishtirokchilari hisoblanadi. Makrofaglar kuchli fagotsitoz qilish hamda
bir qator biologik aktiv moddalar ishlab chiqarish qobiliyatiga ega. Ular
antigenni fagotsitoz qilib tayyor holda limfotsitlarga yetkazadi.
Makrofaglar tomonidan qayta ishlangan antigenning unga qarshi
antitelolar ishlab chiqarish qobiliyati bir necha o‘n baravar ortadi. Bu
xujayralarning
o‘ziga
xos
xususiyatlaridan
bo‘lib,
ularning
sitoplazmasida birlamchi va ikkilamchi lizosomalar miqdori ko‘pligidir.
Makrofaglar xaqida to‘liq ma'lumot berilgan.
Makrofaglar bilan bir qatorda immunitet jarayonida aktiv ishtirok
etuvchi tuzilmalar bo‘lib interdigitlovchi xujayralar xisoblanadi. Bu
xujayralar ham makrofaglar singari monotsitlardan hosil bo‘ladi. Ular
asosan timusda hamda periferik immunximoya a'zolarining timusga tobe
(T) zonalarida joylashadi. Fiziologik sharoitlarda bu xujayralarning
fagotsitoz qilish qobiliyati juda past bo‘ladi. Ammo organizmga kuchli
ta'sir o‘tkazilganda bu hujayralar makrofaglar singari aktiv fagotsitlarga
aylanadi. Interdigitlovchi xujayralar uzun barmoqsimon o‘siqlarga ega
bo‘lib, ular orqali limfotsitlar bilan kontaktda bo‘ladi (40-rasm).
Xujayralar
sitoplazmasida
tarqoq
holda
joylashgan
donador
endoplazmatik to‘r kanalchalari va mitoxondriyalar uchraydi. Deyarli
barcha interdigitlovchi xujayralar o‘z qobig‘ida 1a-retseptorlarni
saqlaydi. Ammo makrofaglardan farqli ravishda ularda 1 S-retseptorlar
bo‘lmaydi. Timusdan hamda periferik immun himoya a'zolarining T-
zonalaridan tashqari, interdigitlovchi hujayralar terida ham uchraydi. Bu
yerda ular Langergans xujayralari nomi bilan yuritiladi.
|
|
|