Toshkent tibbiyot akademiyasi adilova nilufar shuxratovna shagazatova barno xabibullayevna


Tadqiqot – ilmiy yangilik maqsadi



Yüklə 151,06 Kb.
səhifə4/6
tarix30.12.2023
ölçüsü151,06 Kb.
#167296
1   2   3   4   5   6
методичка охири лотин 27 10 2023 распечаткага

Tadqiqot – ilmiy yangilik maqsadi:
Morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarni kompleks tekshirib, bariatrik jarrohlikdan oldin va keyin yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholashdan iborat.


Amaliy ahamiyati. Ilmiy izlanishlar shuni ko‘rsatadiki, ortiqcha vazn va semizlik nafaqat yondosh kasalliklar va ularning asoratlarini rivojlanishiga, balki ijtimoiy-iqtisodiy tomondan salbiy oqibatlarga xam olib keladi. Bu esa kelajakda axoli, ayniqsa ishga layoqatli insonlar orasida ish unumdorligini pasayishi, nogironlikni rivojlanishi va sog‘liqni saqlash sohasida moddiy harajatlarning ortib borishi bilan namoyon bo‘ladi.
Bu muammolarni bartaraf etishda nomedikamentoz va medikamentoz davolash usullarining o‘zi etarli emas. Konservativ usulda davolanayotganlarning ko‘pchiligi ,ayniqsa morbid semizlik bilan kasallangan bemorlar normal tana vazniga erisha olmayapti. Xatto muvaffaqiyatli davolanishdan keyin xam kasallikning qaytalanishi va boshlang‘ich vaznning tiklanishi yoki undan xam ortib ketish holatlari kuzatilmoqda. Konservativ davolash usullarining samarasizligi semizlik bilan kasallangan bemorlarda ko‘p xollarda o‘z ishtahasini nazorat qila olmasligi, qabul qiladigan ovqat hajmini kamaytira olmasligi hamda parhezga rioya qila olmasligi bilan bog‘liq. Bundan tashqari, semizlikning og‘ir darajasi bo‘lgan bemorlarda ko‘pincha bo‘g‘imlarda og‘riq tufayli jismoniy cheklovlardan aziyat chekishi va jismoniy mashqlarni qila olmasligi, natijada vaznni yanada ortib borishi va oxir-oqibat o‘lim xavfini oshishiga olib kelmoqda. Yuqorida davolash bilan bog‘lik muammolarni inobatga olgan xolda, morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarni bariatrik jarrohlik yo‘li bilan davolash negizida YuQTK xavfi kalkulyator orqali baholandi.
Ushbu uslubiy tavsiyanoma morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarda operativ davolash usuli yordamida samarali davolashni muvofiqlashtirish va YuQTK xavfini kamaytirish maqsadida ishlab chiqildi.
Maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar qo‘yildi:

• operativ davodan oldin morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarning tana vazni, TVI, BA, SAB, umumiy xolesterin va glikemiya ko‘rsatkichlarini aniqlash va YuQTK xavfini baholash;


• operativ davodan 3,6,12 oydan keyin bemorlarda tana vazni, TVI, BA, SAB, umumiy xolesterin va glikemiya ko‘rsatkichlarini qaytadan aniqlash , ularni operativ davodan oldingi natijalar bilan qiyosiy taqqoslash va YuQTK xavfini baholash;



Yüklə 151,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə