Toshkent tibbiyot akademiyasi adilova nilufar shuxratovna shagazatova barno xabibullayevna


Хавф:  Kalkulyator qo‘llab bo‘lmaydigan



Yüklə 151,06 Kb.
səhifə6/6
tarix30.12.2023
ölçüsü151,06 Kb.
#167296
1   2   3   4   5   6
методичка охири лотин 27 10 2023 распечаткага

Хавф: 

Kalkulyator qo‘llab bo‘lmaydigan holatlar:



  • Yurak-qon tomir kasalliklari tashhisi qo‘yilgan bemorlar

  • Qandli diabet 1 va 2 turi

  • Umumiy xolesterin 8,0 mmol/ldan yuqori yoki AQB 180/110 mm s/u dan yuqori bo‘lgan holatlar

  • Surunkali buyrak kasalliklari bo‘lgan bemorlar

Bemorlarda bu belgilar va kasalliklar kuzatilganda - xavf yuqori yoki juda yuqori hisoblanadi.
Tadqiqot natijalarini statistik qayta ishlashda o‘zgaruvchanlik turlari va taqsimlanish me’yori hisobga olinib SPSS 18.0 dasturiy ta’minoti qo‘llanilgan holda amalga oshirildi. Ehtimollik qiymati (p) 0,05 dan kam (ahamiyatlilikni ikki tomonlama tekshirish) bo‘lishi statistik ishonarlilikni namoyish etdi.



Morbid semizlikda bariatrik davolashdan oldin va keyin yurak - qon tomir xavfini baholash natijalari



Tadqiqotda YuQTK xavfi yuqori bo‘lgan 46 nafar bemor qatnashdi. Bemorlarning 16 nafari erkak (35%) va 30 nafari ayol (65%) qatnashdi. Bemorlarning ikki guruhi ham asosiy antropometrik, laborator tekshiruv natijalari bo‘yicha o‘zaro taqqoslandi.

1-guruhdagi va 2-guruhdagi bemorlarning bariatrik jarrohlikdan oldin va keyingi antropometrik va laborator parametrlari (1-jadval)


1-jadval



Ko‘rsatkichlar

1-guruh

2-guruh

3 oy

6 oy

12oy




Vazni, kg

111,62±2,5

88,5±1,87

75,58±1,4

70,0+2,47




TVI, kg/m 2

40,7±0,89

32,3±0,7

27,6±0,51

25,5±0,41






BA, sm

110,9±2,18

97,3±1,65

89,6±1,31

84,9±1,1




SAB, mm s/u

152,5+2,0

146,3+1,8

141,3±1,1

138,5+4,7




Um.xolesterin, mmol/l

6,1 ± 1,2

5,9 ± 0,9

5,7 ± 0,9

5,3 ± 0,7




Glikemiya, mmol/l

6,56 ±0,06

5,7 ± 0,4

5,4 ± 0,8

5,02 ± 0,14




Semizlik bilan kasallangan bemorlarning 2-guruhida tana vazni indeksi, bel aylanasi va sistolik arterial bosim boshqa ko‘rsatgichlarga nisbatan butun kuzatuvlar davrida sezilarli darajada kamaygan. TVI, BA, SABni eng jiddiy kamayishi kuzatuvlarning uchinchi oyida kuzatilgan, xususan, BOdan keyingi uchinchi oy davomida TVI keyingi pasayish tendensiyasi bilan 8,4 kg/m2 , BA 13,6 sm va SAB 6,2 mm s/u ga pasaygan, kuzatuvlarning 12 oyi davomida esa tana vazni indeksi 40,7 dan 25,5 kg/m2, BA 110,9 dan 84,9 sm va SAB 152,5 dan 138,5 mm s/u gacha pasaygan.


YuQTK xavfini kalkulyatorda avtomatik tarzda baholashdan oldin antropometrik va laborator ko‘rsatkichlarga mos ravishda berilgan ballar yigindisi xisoblandi va bemorlarda bariatrik jarrohlikdan oldin va keyingi YuQTK xavf darajasi aniqlandi (2-jadval).
2-jadval



Yoshi

20-39

1

Xavf past




40-49

2

xavf o‘rta




50-59

3

xavf o‘rta




60 -69



4

xavf yuqori

Jinsi

ayol

1

Xavf past




erkak

2

xavf yuqori

SAB (sistolik arterial bosim)

100-129 mm s/u

1

Xavf past




130-139 mm s/u

2

xavf o‘rta




140-159 mm s/u

3

xavf o‘rta




160-180 mm s/u

4

xavf yuqori

Sigaret chekishi

xa

2

xavf yuqori




yoq

1

Xavf past

TVI (tana vazni indeksi)

18,5-24,9 kg/m2

1

Xavf past




25-28,9 kg/m2

2

xavf o‘rta




29-32,9 kg/m2

3

xavf o‘rta




33 kg/m2 va undan yuqori

4

xavf yuqori

BA(bel aylanasi-ayol)

79sm gacha

1

Xavf past




80 sm va yuqori

2

xavf yuqori

BA(bel aylanasi-erkak)

89sm gacha

1

Xavf past




90sm va yuqori

2

xavf yuqori

Glikemiya(venoz qonda) och qoringa

6,0 mmol/gacha

1

Xavf past




6,1-6,9 mmol/l

2

xavf o‘rta




7,0-8,0 mmol/l

3

xavf yuqori

Umumiy xolesterin

4,0-5,0 mmol/l

1

Xavf past




5,1-6,0 mmol/l

2

xavf o‘rta




6,1-8,0 mmol/l

3

xavf yuqori



xavf past= 9 ballgacha


xavf o‘rta= 10-17 ballgacha


xavf yuqori= 18 va undan yuori ball

1-guruhda ortacha ball - 19 ballni tashkil etdi. Bu bariatrik jarrohlikdan oldin YuQTK xavfi yuqoriligini ko‘rsatadi.


2-guruhda 3 oydan keyin ortacha ball 16 ballni, 6 oydan keyin 15 ballni, 12 oydan keyin 13,5 ballni tashkil etdi. Bu esa bariatrik jarrohlikdan keyin YuQTK xavfi yuqori darajadan orta darajaga pasayganligini ko‘rsatadi (2-rasm).





2-rasm. Bariatrik jarrohlikdan keyin YuQTK xavfini dinamikada o‘zgarishi
Iqtisodiy samaradorlikni baholash

O‘tkazgan tekshiruvimizdan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarda YuQTK xavfi yuqori ekanligi sababli bu muammoga ahamiyat qaratish zaruriyati mavjud. Biz morbid semizlikda YuQTK xavfini o‘rganish davomida bariatrik jarrohlik amaliyotidan oldin va keyingi bemorlar guruhlarini taqqosladik. Bunga ko‘ra, bemorlarda tana vazni, TVI, BA, sistolik arterial bosim, glikemiya, umumiy xolesterin ko‘rsatkichlarini o‘rganib, 3, 6 va 12 oy davomida ularning o‘zgarishini va YuQTK xavfini baholadik. Izlanishlarimiz dan jarrohlik amaliyotini o‘tkazgan bemorlarda yuqoridagi ko‘rsatkichlar ijobiy tomonga o‘zgarganini va YuQTK xavfi pasayganini ko‘rishimiz mumkin. Agar kasallik uzoq vaqt kompensatsiya holatida bo‘lsa kasallik asoratlarining erta rivojlanishini oldi olinadi va o‘z navbatida bemorlar hayot sifati yaxshilanadi. Shunga ko‘ra, tanlangan davo negizida bemorlarning mehnatga layoqatsizlik muddatini qisqarishini hisoblash orqali davolash usuli samarasi aniqlandi:


E vr= (D1—D2) X ( G+E ) X N - 0,15 X K
Bunda D1 – Davolash usuli tadbiq etilgunga qadar bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni;
D2 - diagnostika usuli tadbiq etilgandan so‘ng bemorning ushbu hastalik bo‘yicha mehnatga layoqatsizlik kunlari o‘rtacha soni;
Gbir ishchining kunlik daromadi, so‘m / kun:
Emehnatga layoqatsizlik bo‘yicha beriladigan moyana, so‘m / kun;
N tadbiq etilayotgan yangilik masshtabi (yangi davolash usulini 1 yil davomidagi bemorlarda qo‘llashni taxmin qilish);
0,15 – samaradorlikning meyoriy koeffitsenti;
K - ushbu usulni amaliyotga tadbiq etilishida kutilayotgan mablag‘ sarfi.


Evr = (13,3-9,6)x(28000+26000) x 40-0,15x30000000 = 3492000 so‘m

Yuqoridagi ma’lumotlarga asoslanib, morbid semizlikni davolashda jarrohlik amaliyotini qo‘llash tana vazni indeksiga, bel aylanasi ,umumiy xolesterin, glikemiya, SABni me’yorlashuviga samarali ta’sir ko‘rsatishi aniqlandi. Shunga ko‘ra, semizlikni davolashda jarrohlik amaliyotini qo‘llash samarali va maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rish mumkin.




XULOSALAR

1. 1-guruhdagi bemorlarda YuQTK xavfini baholash kalkulyatori yordamida bemorlarning yoshi, jinsi, tana vazni indeksi, bel aylanasi, SAB, glikemiya, umumiy xolesterin va tamaki chekish kabi ko‘rsatkichlarini xisoblab, bu guruhdagi bemorlarda YuQTK xavfi yuqoriligi aniqlandi.


2. 2-guruhda tana vazni indeksi, bel aylanasi va sistolik arterial bosim boshqa ko‘rsatgichlarga nisbatan butun kuzatuvlar davrida sezilarli darajaga kamaygan. TVI, BA, SABni eng jiddiy kamayishi kuzatuvlarning uchinchi oyida kuzatilgan, xususan, BOdan keyingi uchinchi oyda TVI keyingi pasayish tendensiyasi bilan 8,4 kg/m2 , BA 13,6 sm va SAB 6,2 mm s/u ga pasaygan.Kuzatuvlarning 12 oyi davomida esa tana vazni indeksi 40,7 dan 25,5 kg/m2, BA 110,9 dan 84,9 sm va SAB 152,5 dan 138,5 mm s/u gacha pasaygan. 2-guruhda bu ko‘rsatkichlarni ijobiy tomonga o‘zgarishi bemorlarda YuQTK xavfi yuqori darajadan o‘rta darajaga pasayganligini ko‘rsatdi. 1- guruhga nisbatan 2- guruhda ishonchli past natija qayd etildi.
AMALIY TAVSIYALAR

1.Morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarda semizlikni davolash turini tanlashdan oldin YuQTK xavfini baholash tavsiya etiladi.


2.Buni amalga oshirishda YuQTK xavfini baxolash kalkulyatoridan foydalanish tavsiya etiladi. Kalkulyatordan https://yqtxavfi.uz/ havolasi orqali saytga kirib, bepul foydalanish mumkin.
3.YuQTK xavfi yuqori bo‘lgan bemorlarda morbid semizlikni davolashda tana vaznini konservativ usulga nisbatan tez va tur‘gun kamayishiga olib keluvchi bariatrik jarrohlik yo‘li bilan davolash tavsiya etiladi.

ADABIYOTLAR

1.Ожирение и избыточный вес. ВОЗ.[ 2019 йил 10 mart malumotlariga kora]; 


2. American Society for Metabolic & Bariatric Surgery Updates to the 2014-2015)
3.5.Available online: https://www.who.int/en/news-room/fact-sheets/detail/cardiovascular-diseases-(cvds). Website accessed 1 Sept 2019. 4.
4.Clinical Guidelines on the Identification, Evaluation, and Treatment of Overweight and Obesity in Adults--The Evidence Report. National Institutes of Health. Obes. Res. 1998;6 Suppl 2:51S-209S.
5.Eliasson B, Liakopoulos V, Franzén S, et al. Cardiovascular disease and mortality in patients with type 2 diabetes after bariatric surgery in Sweden: a nationwide, matched, observational cohort study. Lancet Diabetes Endocrinol 2015;3:847-54.
6. Fried M, Yumuk V, Oppert J et al. Interdisciplinary European guidelines on metabolic and bariatric surgery. International Federation for the Surgery of Obesity and Metabolic Disorders – European Chapter (IFSO – EC) and European Association for the Study of Obesity (EASO). Obes Surg 2014; 24 (1): 42–55.
7. Hartz AJ, Rupley DC Jr, Kalkhoff RD, Rimm AA. Relationship of obesity to diabetes: influence of obesity level and body fat distribution. Prev Med. (1983) 12:351–7. doi: 10.1016/0091-7435(83)90244-X18.
8.Heneghan HM, Meron-Eldar S, Brethauer SA, et al. Effect of bariatric surgery on cardiovascular risk profile. Am J Cardiol 2011;108:1499-507.
9.Lavrenova E.A. s soavt, 2020; VOZ, 2022; WHOMediaCentre., 2013
10.22.Nedeljkovic-Arsenovic O, Banovic M, Radenkovic D, et al. The Amount of Weight Loss Six Months after Bariatric Surgery: It Makes a Difference. Obes Facts 2019;12:281-90.
11. Rimm EB, Stampfer MJ, Giovannucci E, Ascherio A, Spiegelman D, Colditz GA, Willett WC. Body size and fat distribution as predictors of coronary heart disease among middle-aged and older US men. Am J Epidemiol. (1995) 141:1117–27. doi: 10.1093/oxfordjournals.aje.a117385
12. https://zamin.uz/hayot-tarzi/46470
13. https://nonews.co/directory/lists/countries/fat
14. https://tepcontrol.ru/voz-spisok-stran-po-ozhireniyu
Yüklə 151,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə