Toshkent tibbiyot akademiyasi adilova nilufar shuxratovna shagazatova barno xabibullayevna


Semizlikni yurak-qon tomir kasalliklari xavfini ortishidagi o‘rni



Yüklə 151,06 Kb.
səhifə3/6
tarix30.12.2023
ölçüsü151,06 Kb.
#167296
1   2   3   4   5   6
методичка охири лотин 27 10 2023 распечаткага

Semizlikni yurak-qon tomir kasalliklari xavfini ortishidagi o‘rni

Ma’lumki, semizlik yurak-qon tomir kasalliklari (YuQTK) uchun asosiy xavf omilidir.[11].YuQTK dunyodagi o‘limning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, bu barcha o‘limlarning taxminan 31% yoki har yili taxminan 18 million kishini tashkil qiladi.[7].  JSST semizlik, dislipidemiya, arterial gipertenziya (AG) va qandli diabet (QD) kabi kasalliklari bo‘lgan bemorlarda YuQTKini erta aniqlash va davolash zarurligini ta’kidlaydi. Tamaki iste’mol qilish, noto‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy harakatsizlik va spirtli ichimliklarni iste’mol qilish, chekish kabi yomon illatlarni bartaraf etish xam yurak-qon tomir kasalliklari xavfini sezilarli pasayishiga olib kelishi mumkin.[3].


YUrak-qon tomir kasalliklarini yuzaga keltiruvchi omillari 2 xil buladi: boshkariladigan va boshkarilmaydigan xavf omillari. Boshkariladigan xavf omillariga kam xarakatlik, notugri ovkatlanish, semizlik, AG, KD, tamaki chekish, ruxiy zurikish va dislipidemiya kiradi. Boshkarilmaydigan xavf omillariga bemorni yoshi, jinsi, nasliy moyillik kiradi. Odatda, sog‘liqni saqlash xodimlari metabolik semizlik bilan boglik yurak-qon tomir kasalliklari xavfini kamaytirishda turmush tarzini o‘zgartirish va dori-darmonlar bilan davolashga e’tibor qaratdilar. Biroq, metabolik semizlikni bartaraf etishda yuqoridagi tavsiyalarning o‘zi etarli bo‘lmadi .Bu esa semizlikni jarrohlik usullaridan foydalanib davolashga turtki bo‘ldi. Jarrohlikning ushbu yo‘nalishi metabolik jarrohlik deb ataladi, chunki ko‘plab metabolik buzilishlarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu turdagi jarrohlik bariatrik jarrohlik deb xam ataladi, chunki ikkala usulning asosiy maqsadi - ortiqcha vaznni bartaraf etishdir. [10]
Metabolik va bariatrik muolajalar nafaqat vazn yo‘qotishga , balki yurak-qon tomir kasalliklari xavfini va o‘limni sezilarli darajada kamaytirishga, ko‘plab yondosh kasalliklarni bartaraf etishga va xayot sifatini yaxshilashga olib keladi.[5].
Semizlikni operativ davolash usuli qat’iy ko‘rsatmaga ega bo‘lib, bu operatsiyalar shunchaki ortiqcha vazn borligi uchun emas, balki bemorda TVI 40 kg/m2 dan yuqori bo‘lganda yoki TVI 35 kg/m2 dan yuqori va qandli diabetning 2- turi, gipertoniya kasalligi, venalarning varikoz kengayishi, bo‘g‘imlardagi muammolar bilan birga kechsa operatsiya qilinishi mumkin.[4]
JSSTning tavsiyasiga ko‘ra, Osiyo xalqlari uchun metabolik sindrom belgilari bo‘lgan bemorlarda xatto TVI 27 kg/m2 dan yuqori bo‘lsa xam operatsiyaga ko‘rsatma beriladi, chunki Osiyo mamlakatlari, shu jumladan O‘zbekiston xam YuQTK xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kiradi.[6,12]
Hozirda SLEEV-rezeksiya metabolik va bariatrik jarrohlikda eng ko‘p bajariladigan muolaja bo‘lib, dunyodagi barcha operatsiyalarning 46% ini tashkil qiladi. Tadqiqotlar metabolik va bariatrik jarrohlikdan keyin yurak-qon tomir kasalliklari xavfi 40%ga kamayishini va arterial gipertenziya, QD 2 turi, dislipidemiya (mos ravishda 68%, 78% va 71%) uchun remissiya yoki yaxshilanish sur’atlarini ko‘rsatdi.[8].
Shu munosabat bilan biz bariatrik va metabolik jarrohlikdan oldin va keyin yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholash maqsadida YuQTK xavfini baholash kalkulyatorini yaratdik va uni Sog‘liqni saqlashning birlamchi bo‘g‘inlariiga tadbiq qilishni maqsad qildik.
Uslubiy tavsiyanoma TTA 2-son ichki kasalliklari va endokrinologiya kafedrasida PhD dissertatsiyasi doirasida N.Sh.Adilova tomonidan morbid semizlik bilan kasallangan bemorlarda o‘tkazilgan klinik-antropometrik, laborator tekshiruv natijalariga ko‘ra ishlab chiqildi.
Uslubiy tavsiyanoma oilaviy shifokor, endokrinolog, terapevt va jarroh amaliyoda foydalanish uchun mo‘ljallangan. Qo‘llash sohasi – oilaviy poliklinikalar, endokrinologik, terapevtik va jarrohlik kasalxonalari.



Yüklə 151,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə