Toshkent tibbiyot akademiyasi adilova nilufar shuxratovna shagazatova barno xabibullayevna



Yüklə 151,06 Kb.
səhifə5/6
tarix30.12.2023
ölçüsü151,06 Kb.
#167296
1   2   3   4   5   6
методичка охири лотин 27 10 2023 распечаткага

Materiallar va usullari

Tadqiqotda semizlik bilan kasallangan 115 nafar bemordan YuQTK xavfi yuqori bo‘lgan 46 ta bemor tanlab olindi, ularning o‘rtacha yoshi 41,19 ± 0,83 kg, o‘rtacha bo‘yi 165,75±0,72 sm ni tashkil qildi. Tadqiqot davomidab 2ta guruh shakllantirildi: tana vaznini kamaytirish bo‘yicha jarrohlik amaliyotidan oldingi guruh (1-guruh) va jarrohlik amaliyotidan keyingi guruh (2-guruh).


Bemorlarni tekshiruvi va jarrohlik yo‘li bilan davolash Medion va CITYMED klinikalarining bazalarida o‘tkazildi. Tadqiqotga alimentar - konstitutsional semizlik bilan kasallangan, anamnezida QD , yurak-qon tomir va surunkali buyrak kasalliklari tashxisi bo‘lmagan , yoshi 18 yoshdan 60 yoshgacha bo‘lgan bemorlar tanlab olindi. Davolash ishlari o‘tkazilishidan oldin va davolashdan 3,6,12 oydan so‘ng bemorlarning hammasiga AQBni aniqlash, antropometrik (bo‘yini, tana vaznini, TVI, bel aylanasi), laborator (glikemiya, umumiy xolesterin) tekshiruvlar o‘tkazildi va YuQTK xavfi baholandi. Tana vazni indeksi TVI=kg/m2 formulasi bo‘yicha hisoblandi.
YuQTK xavfini baholashda biz tomonimizdan ishlab chiqilgan kalkulyatordan foydalanildi. Bu kalkulyator yurak-qon tomir kasalliklari xavfi yuqori bo‘lgan mamlakatlar (shu jumladan O‘zbekiston) uchun mo‘ljallangan. Kalkulyator bemorning yoshi, jinsi, TVI, SAB, glikemiya, umumiy xolesterin va tamaki chekish kabi ko‘rsatkichlaridan iborat bo‘lib, ularning natijalarini umumlashtirib, avtomatik tarzda xisoblaydi va YuQTK xavfi qay darajada ekanligini (xavf past, o‘rta yoki yuqori) aniqlaydi

Kalkulyatordan https: //yqtxavfi.uz/ havolasi orqali saytga kirib, bepul foydalanish mumkin.(1-rasm)




Yurak-qon tomir kasalliklari xavfini baholash kalkulyatori
1-rasm
Юрак-қон томир касалликлари хавфини баҳолаш калькулятори

Юрак қон томир хавфини баҳоламоқчимисиз?


Ёши
Жинси
САБ (систолик артериал босим), мм.с/у
Сигарет чекиши
ТВИ (тана вазни индекси), кг/м2
БА(бел айланаси), см
Гликемия(веноз қонда) оч қоринга, ммоль/л
Умумий холестерин, ммоль/л

Yüklə 151,06 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə