7
Mazkur kashfiyotdan so‘ng ko‘r-ko‘rona ishlashning befoyda ekani ma'lum bo‘ldi
va loyihachilar hayvonot olamini chuqurroq o‘rganishga kirishdilar. Ana
shunda
mavjud texnologiyalardan foydalangan holda olimlar tirik organizmlar tizimidagi
tuzilmalar va mexanizmlarni to‘laqonli tadqiq etish hamda ular
asosida namunalar
yaratish imkoniga ega bo‘lishdi. Tirik organizmlarning faoliyat yuritish tizimlarini
o‘rganuvchi va aniqlangan ish printsiplarini texnika vositalarida qo‘llaydigan fan
esa bionika nomini oldi.
Science.com elektron sahifasi ma'lumotlariga tayangan holda aytish mumkinki,
ushbu atama aslida yunoncha «bion» so‘zidan olingan bo‘lib, u «hayot birligi»
yoki «unsuri» sifatida ta'riflanadi. Xullas, bionika biologiya hamda
texnikani
uyg‘unlashtiradigan fan bo‘lib, bunda muhandislik masalalariga organizmlar
strukturasi va hayotiy faoliyatining tahlili asosida yechim izlanadi. Bionika,
shuningdek, fizika, kimyo, kibernetika va muhandislik fanlari, ya'ni elektronika,
navigatsiya, aloqa, dengiz ilmi bilan ham chambarchas bog‘liq.
Jonli tabiat borasidagi bilimlardan muhandislik masalalarini hal etishda
foydalanish fikri aslida Leonardo da Vinchiga tegishli deb hisoblanadi. Boisi, ko‘p
asrlar ilgari mutafakkir qushlar kabi qanot qoqadigan uchish apparati - ornitopterni
yaratishga uringan. Keyinchalik tirik organizmlar va texnik mashinalardagi
boshqarish, aloqa qilishning umumiy tamoyillarini o‘rganuvchi kibernetika
sohasi
vujudga keldi. Bu esa o‘z navbatida jonli tizimlar bilan texnika o‘rtasidagi
umumiylikni aniqlashga, tirik organizmlar to‘g‘risida olingan bilimlar yangi asbob-
uskuna, mexanizm, material va boshqalarni yaratishga turtki bo‘ldi. Ushbu yangi
fan «tug‘ilgan» rasmiy sana sifatida esa 1960 yil ko‘rsatiladi. Negaki, aynan
o‘shanda AQShning Dayton shahrida bionika bo‘yicha ilk simpozium o‘tkazilgan.
Shartli ravishda bionikada bir qancha yo‘nalishlarni belgilash mumkin.
Mutaxassislarning bir qismi hayvonot olamidagi mexanizmlarni o‘rganish, ulardan
«nusxa olish» va amalda qo‘llash borasida izlanishlar olib boradi. Tibbiy bionika
8
bo‘lsa, yanada mukammal protezlar, insonlarga ko‘rish yoki eshitish kabi
qobiliyatlarni qaytarish imkonini beradigan qurilmalarni yaratishga yo‘naltirilgan.
Bionikada uy hayvonlarining ijtimoiy fe'l-atvorini o‘rganuvchi yana bir mutlaqo
alohida soha ham bo‘lib, uni ba'zi mutaxassislar mazkur fanga aloqador emas, deb
ta'kidlashadi. Biroq ushbu yo‘nalishda izlanishlar olib borayotgan tadqiqotchilar
flora
olami vakillari, masalan, chumoli yoki ari oilalari hayotini tartibga solib
turuvchi qonuniyatlardan istiqbolda insonlar jamiyatida ham foydalanish
mumkinligini inkor etmayaptilar.
Ushbu fikrning isboti sifatida bir misolni keltirib o‘tish joiz. Rsu.edu saytida
keltirilgan ma'lumotlarga qaraganda, yaqindagina nemis entomologlari chumolilar
qay tarzda o‘z uyasiga yaqinlashganda bir-birlariga urilmay, tirbandlik hosil
qilmasligini aniqlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bunda ushbu jonzotlar mazkur usuldan
ongli yoki ongsiz ravishda foydalanishi hali ma'lum emas. Shunga qaramay, olmon
olimlari kelgusida xuddi shu yo‘l bilan shahar magistrallarida yuzaga keladigan
avtoulovlar tirbandligi holatining oldini olishga erishish mumkin, degan fikrda.
9
ular evolyutsiyani modellashtirishning bir qancha usullari (vazifasi insonlar
og‘irini yengillashtirish Fanning boshqa bir yo‘nalishi ham bor: bunda
in silico,
ya'ni silikon moddasidan jismlar yaratgan holda batamom o‘zgacha evolyutsiyaga
asos solishga intilish seziladi. Garchi hozirgacha bu yo‘nalishda ish olib
borayotgan olimlar kutilganchalik olamshumul yutuqlarga erishmagan bo‘lsa-da,
bugungi kunda bo‘lgan robotlar)ni yaratish kabilarga
erishishga muvaffaq
bo‘lmoqda.
Umuman olganda, eng ko‘p amaliy samaradorlik kuzatilayotgan tibbiyot bionikasi
asosan inson organizmida mavjud bo‘lgan tizimlarni o‘rganishga tobora
ixtisoslashyapti. Shu bilan bir qatorda boshqa tirik organizmlar sistemalarini
o‘rganish va ularda kuzatilgan hayotiy mezonlarni texnika sohasiga joriy etishga
qaratilgan keng ko‘lamli ishlar ham amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: