6
osonlik bilan bir hududdan ikkinchisiga ko‘chib yurish mumkin, degan fikrda
edilar.
Ammo, taassufki, har bir ishning o‘ziga yarasha murakkabliklari bor, hatto eng
oson ko‘ringanining ham. Shu bois o‘tmish olimlarining sa'y-harakatlari amalda
ular o‘ylaganchalik muvaffaqiyatli kechmagan.
Ilm-fanda
tirik jonzotlar, xususan, hayvonlar va qushlarning o‘ziga xos
qobiliyatlarini namoyon etuvchi maxsus mexanizmlar evolyutsiya jarayonida
million yillar davomida shakllanib kelgan, deyiladi. Tabiiy tanlov yo‘li orqali esa
boshqalarga nisbatan yaxshiroq uchgan, suzgan yoki sudralib yurgan jonzotlar
omon qolganligi barchamizga biologiya hamda umumiy tarix darslaridan ma'lum.
Shu tariqa asta-sekinlik bilan tabiatda ushbu funktsiyalarni amalga
oshirishga
qaratilgan juda samarali moslamalar va mexanizmlar vujudga keldi.
Tahlil etish hamda amalda sinab ko‘rish usullarining yetarlicha takomillashmagani
sabab hayvonot olami vakillarining mazkur «sir»lari uzoq-uzoq vaqtgacha insonlar
uchun jumboq bo‘lib qolaverdi. Davrlar o‘tgani sari bu sirlardan voqif bo‘lishga
intilgan qator muhandis va loyihachilar insonlar hayotini yengillashtiruvchi turfa
xil moslamalarni yaratishga erishdi.
Ayni paytda biolog olimlar tirik jonzotlarni o‘rganishda olamshumul kashfiyotlarni
amalga oshirayotganidan ko‘pchilikning xabari bor. Bu ikki soha mutaxassislari
bir-biri bilan ayro tarzda
faoliyat yuritishsa ham, ba'zan muhandislar jonli
tizimlarda ishlab turgan printsip va mexanizmlarni o‘z loyihalariga tatbiq etishning
uddasidan chiqishgan. Eng qulay hamda samarali yo‘llarni izlash natijasida
tadqiqotchilar minglab asrlar oldin tabiat tomonidan «yaratilgan» namunalar va
chizmalarni hosil qildilar.
Dostları ilə paylaş: