21
Tirik organizmlarning yana bir sinfi borki, bionika mutaxassislarini anchadan
buyon qiziqtirib kelmoqda. Bu - hasharotlar. Garchi ko‘rinishidan biroz
g‘ayritabiiy bo‘lsa-da, ular umurtqasizlar orasidagi eng mukammal jonzotlar
sifatida e'tirof etiladi, deyiladi bionicanews.org manbasida. Negaki, mazkur sinfga
mansub turfa xil jonzotlarda umrguzaronlik qilish uchun o‘ta samarali
«moslamalar» shakllangan. Ularga, xususan, ko‘z tizimini kiritish mumkin.
Aniqlanishicha, hasharotlar faset, ya'ni bir qancha sodda ko‘zlar yig‘indisidan
iborat shakldagi ko‘rish organiga ega. Har bitta ko‘zcha orqali «olingan»
ma'lumotlar esa miyada bir butun manzarani hosil qiladi.
Pashshaning faset ko‘zlarini o‘rganish u o‘ziga nisbatan ancha jadal
harakatlanayotgan ob'ektlarning tezligini ham o‘ta aniqlik bilan payqash
qobiliyatiga egaligini ko‘rsatdi. Chunki bunda predmetning tasviri birin-ketin har
bir faset ko‘zchalardan «yig‘ib» olinadi va mazkur ma'lumotlar maxsus
retseptorlarga uzatiladi. Oqibatda, alohida-alohida tasvirlar turkumi hosil bo‘ladi.
Muhandislar pashsha ko‘zlarining bunday ishlash printsipi asosida parvozdagi
samolyotlarning tezligini qisqa muddatda aniqlaydigan detektor asbobini
yaratdilar. Bu uskuna texnika olamida «pashsha ko‘zi» nomini olgan.
Bionicaworld.com elektron sahifasida aytilishicha, bionikadagi mo‘jizalardan biri
sifatida Delflay (DelFly)ni ko‘rsatish zarur. Aslida bu mitti samolyot (Micro Air
Vehicle - MAV) bo‘lib, u qush yoki hasharot kabi ikki juft qanot yordamida
parvoz qiladi. Bionik Delflay nafaqat gorizontal parvozni amalga
oshiradi, balki
bir joyda to‘xtab havoda muallaq turishi ham mumkin. Tez va
sekin parvozning
aynan shu kabi uyg‘unlashuvi uskunaning o‘ziga xosligini ta'minlaydi. Shu bilan
birga, Delflayga kamera ham o‘rnatilgan. Uning yordamida parvoz
amalga
oshirilayotgan hudud manzarasi sekin parvoz paytida aniq tasvirga olinadi.
22
Delflay ixtirochilari Delft texnika universiteti aerokosmika fakultetining 11 nafar
talabasi va ularning ilmiy rahbarlaridir. Joriy yil Germaniyada o‘tkazilgan bionika
bo‘yicha MAV (Multyple Applying of Bionic Devices)
xalqaro tanlovda ushbu
loyiha
eng noyob deb topilib, uning namoyish etilgan parvozlari ilm
ahlini befarq
qoldirmadi. Yuqorida keltirilgan misollar «xamir uchidan patir», xolos.
Aslida
bugunga kelib bionikada bu kabi yutuqlar e'tirofga arzigulik ravishda ko‘p
miqdorda. To‘g‘ri, hozircha «mexanik hayvonlar» tabiiy nusxalaridek mukammal
emas, biroq kashfiyotchilar kamchiliklar yaqin kelajakda
bartaraf etilishiga umid
qilishmoqda.