10
yuzalarda bemalol turishi, hatto biron-bir qiyinchiliksiz harakatlanishi mumkin.
Uning panjalari sirtga qattiq yopishib, sirpanib ketmaydi. Ayni paytda bu jonzot
tanasini yuqoriga qarab tortganda hech qiynalmay, uni sirtdan ajrata oladi.
Tadqiqotchilar gekkon panjalarini o‘rganayotganda undagi ajabtovur
xususiyatlarning sababi pastki kaftlardagi ko‘plab mayda tukchalarda ekanligini
aniqlashdi. Ular sirtga nisbatan to‘g‘ri burchak ostida bo‘lganida
tananing qattiq
jismga tegib turgan qismi u darajada katta bo‘lmaydi. Bu kaltakesak panjalarini
osonlik bilan yuzadan ajratib olib harakatlanishiga yordam beradi. Burchak
o‘zgarganda esa tananing nisbatan kattaroq qismi yuzaga tegadi, natijada sirtga
mahkamroq yopishadi.
Infuture.com saytida, tadqiqotchilar nanonaychalardan foydalangan holda gekkon
panjalari kafti tuzilishini hosil qilishga muvaffaq bo‘ldi, deyiladi. Lekin dastlab
ular aslidagidek mustahkam «yopishish» samarasiga erisholmadilar. Keyinchalik
kaltakesak panjalarini chuqurroq tadqiq etish tufayli kaftlaridagi tukchalar
tarmoqlanib ketganligi sirtga yanada qattiq yopishish imkonini berishini
aniqladilar. Shunda olimlar sun'iy panjalardagi oddiy nanonaychalarni
tarmoqlanadigan turdagisiga
almashtirib, gekkonning sirtga tirmashish
xususiyatidan ham kuchliroq natijaga erishdilar.
Dostları ilə paylaş: