24
Parvardigor mukammal qilib yaratgan insonning tana qismlari ham tadqiqotchilar
e'tiborini tortgan. Hozirgacha rus olimi A. Kobrinskiy boshchiligidagi bir
guruh
mutaxassislar inson qo‘li tuzilmasini batafsil o‘rganib chiqib, unga
maksimal
darajada monand bo‘ladigan mexanizm yaratishga doir qator ishlari bilan
jamoatchilik nazariga tushgan.
«Vashington Post» gazetasida esa Chikago tibbiy tadqiqotlar
instituti olimlari
bionik qo‘l, aniqrog‘i, yasama tana qismi (protez)ni yaratishga muvaffaq bo‘lgani
haqida maqola chop etildi. E'tiborlisi, bunday qo‘lni inson miya
orqali boshqarish
bilan birga uning yordamida ba'zi sezgilarni his eta olishi ham mumkin. Ilk bionik
qo‘l sohibasi AQSh dengiz flotida xizmat qilgan Klaudia Mitchell bo‘ldi. 2005 yili
halokatga uchragan amerikalik harbiy ayolning chap qo‘li yelkasigacha
amputatsiya qilingandi. Muvaffaqiyatli yakunlagan loyiha
natijasida avvaliga
Mitchell zarur harakatni amalga oshirmoqchi bo‘lganida sun'iy qo‘lni fikran
buyruq berish orqali boshqardi. Biroq olimlar o‘z izlanishlaridan to‘xtab qolmay,
yasama qo‘l yordamida biron-bir narsani sezishga erishishni navbatdagi maqsad
sifatida belgiladilar.
25
Ular amputatsiyadan so‘ng faoliyati to‘xtab qolgan asab tomirlarini jarohatlangan
yelka qismidan ko‘krak qismidagi mushaklarga ko‘chirishdi. Shundan so‘ng
tananing bu qismiga bionik qo‘ldan signallar kela boshladi. Boshqacha qilib
aytganda, Klaudia Mitchell sog‘lom qo‘li kabi bionik qo‘li yordamida
ham sezish
xususiyatiga ega bo‘ldi. Endi u qaynoq choy yoki muzga sun'iy qo‘lini tekkizganda
issiqlik va sovuqlikni his qiladi.
26
Yuqorida tilga olingan ishlash tamoyillari inson tomonidan katta-katta
masofalarda boshqariladigan qurilmalarni yaratish uchun ham asos qilib olinishi
mumkin. Misol uchun, boshqaruvchi operator radiatsiya darajasi yuqori bo‘lganligi
sabab kirish taqiqlangan binolar, g‘ovvoslar yetolmaydigan suv osti chuqurliklari
yoki inson qadam bosmagan samoviy kengliklarda masofadan turib turli tadbirlarni
amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: