Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Urganch Filiali


Organizmga Kaliyning tasiri



Yüklə 15,04 Kb.
səhifə3/5
tarix22.03.2024
ölçüsü15,04 Kb.
#183933
1   2   3   4   5
BIOGEN ELEMENTLAR

Organizmga Kaliyning tasiri.

  • Kaliy. Makrobiogen element bo‘lib, barcha to‘qimalarda uchraydi. Katta yoshdagi odamning kaliy ioniga 24 soat davomida bo‘lgan talabi 2-3 mg/kg, bolalarniki esa 12-13 mg/kg ni tashkil etadi.
  • U natriy singari, osmotik bosimni saqlash va nerv impulslarini hosil qilishda katta ahamiyatga ega. U mushaklar qisqarishini yaxshilaydi. Uning miqdoriy ortishi yurakning qo‘zg‘aluvchanligi hamda o‘tkazuvchanligining pasayishi bilan davom etadi va shu orqali yurakning bir maromida (teskari ta’sirga ega bo‘lgan Na+ bilan birgalikda) ishlashini ta’minlab beradi. Kaliy qator fermentlarning (E) faolligini ularning substartga (S) bo‘lgan moyilligini oshirish orqali kuchaytirib beradi.

Kaliyning quyidagi birikmalari tibbiyotda ko‘p ishlatiladi.

  • KCI — yengil diuretik modda sifatida, gipokaliemiya, turli aritmiya hollarida, kuchli qayd qilish hollarida foydalanildi.
  • KBr va KJ qo‘llanilishi NaBr va NaJ singaridir.
  • CH3COOK — engil siydik haydovchi (diuretik) modda sifatida ishlatiladi. Suv yig‘ilib qolish hisobiga buyrak va yurakning shishib ketgan xolatlarini yo‘qotishda yaxshi foyda beradi. KMnO4 — antiseptik modda bo‘lib, yaralarni yuvishda, ginekologik va urologik muolajalarda qo‘llaniladi.

Organizmga Magniyning tasiri.

  • Magniy. Oligobiogen s-element bo‘lib uning odam organizmidagi miqdori ~0,42 g/kg tashkil etadi. Bu element katta ahamiyatga ega. Masalan, Mg2+ ioni 20 xlorofill tarkibiga kirib, uning xossalarini belgilashda bevosita ishtirok etadi.
  • Odam organizmidagi 15 ga yaqin fermentlar tarkibida magniy bo‘ladi va ularning faolligini ta’minlashda ishtirok etadi. Bu fermentlar ko‘pincha fosfor guruhlari bilan ta’sirlashish xususiyatiga ega bo‘lib, fosfoefir bug‘larini gidrolizlash, substratlardagi fosfat qoldiqlarining ichki molekulyar tashilishini ta’minlab berish va boshqa qator jarayonlarni amalga oshiradi.

Tibbiyotda magniyning quyidagi birikmalari ishlatiladi:

  • MgO—giperatsid gastitlar, oshqozon va on ikki barmoqli ichak yaralarida antatsid modda sifatida qo‘llaniladi. Mg(OH)2·4MgCO3·H2O—suv ochadigan va kislotali muhitga ega bo‘lgan yaralarni davolashda sepma dori sifatida, oshqozon shirasi kislotaliligi oshganda antatsid modda hamda engil surgi sifatida foydalaniladi.
  • MgSO4·7H2O—ichilganda surgi dori sifatida ta’sir etadi. Qon tomirlarga yuborilganda nerv sistemasini tinchlantiradi va shuning xisobiga qon bosimning kamayishiga olib keladi. O‘n ikki barmoqli ichakdan o‘t haydalishini kuchaytiradi.

Yüklə 15,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə