Toshkent tibbiyot akademiyasimavzu: Ozbekistonda diniy bagrikenlik



Yüklə 47,25 Kb.
səhifə1/3
tarix30.12.2023
ölçüsü47,25 Kb.
#167333
  1   2   3
dintarix mehmonova shaxzoda

TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASIMavzu:Ozbekistonda diniy bagrikenlik












Bajardi:Mehmonova Shaxzoda

O`ZBEKISTONNING ENG YANGI TARIXI FANI
O’zbekiston hududi qadimdan turli dinlarga e’tiqod qiluvchi ko’p millatli mamlakat sifatida ajralib turgan. Yurtimizda zardushtiylik, yahudiylik, xrisitianlik va islom diniga e’tiqod qiluvchi aholi emin erkin yashab kelgan. Tarixiy manbalarda ta’kidlanishicha, yurtimiz hududida diniy sabab bois birorta nizolar bo’lmaganligi xalqimizning diniy bag`rikenglik borasida katta tajriba to’plaganidan dalolat beradi. Tarixiy sharoit, jarayonlar bu zaminda tom ma’nodagi bag`rikenglik tamoyillarining barqaror shakllanganligi, uning natijasida tinch, osuda hayot, ilmiy ma’rifiy yuksalish, taraqqiyot ta’minlanganligini ko’rsatadi.
Diyorimizdan yetishib chiqqan allomalarning asarlarida ham diniy bag`rikenglik targ`ib qilingan g`oyalarni uchratamiz. Jumladan, alloma Abu Mansur al-Moturudiyning “Tilovat ahli sunna” asarida Qur’oni karim oyatlaridan birini tafsir etib, “Cherkov va sinogoglarni vayron etish man etiladi. Shuning uchun ham musulmon o’lkalarda shu davrgacha ular saqlanib qolgan. Bu masalada ilm ahli orasida ixtilof yo’qdir”, degan fikrni bildirgan.
Mustaqillik sharofati bilan 130 dan ortiq millat va elat vakillari yashaydigan O’zbekistonda turli din, millat va elat vakillari farovon yashashi uchun qulay sharoitlar yaratilgan bo’lib, islom, xristianlik, yahudiylik, bahoi jamoalari va krishnani anglash jamiyati, bular bilan birgalikda ularning turli oqimlari va yo’nalishlari vakillari tinch, osoyishta va farovon hayot kechirib kelmoqda.
Bugungi kunda respublikamiz bo’yicha faoliyat ko’rsatayotgan 2224 ta diniy tashkilotdan 175 tasi noislomiy bo’lib, ulardan 159 tasi nasroniy, 8 tasi yahudiylar, 6 tasi bahoiy jamoasi, 1 tasi Krishnani anglash jamiyati va 1 tasi buddaviylikni tashkil etadi. Bulardan tashqari Respublikada Konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “Bugun mana shunday xavfli – tahlikali, o’ta notinch bir davrda jahon moliyaviy inqirozi hali – beri davom etayotgan bir paytda el-yurtimiz nimaiki natijalarni qo’lga kiritmasin, bularning barchasi yurtimizda tobora mustahkam bo’lib borayotgan tinchlik va osudalik, millatlar, dinlar va fuqarolararo totuvlik va ahillik, bir – birimizga hurmat va ehtirom hisobidan desak, o’ylaymanki, hech qanday xato bo’lmaydi”. Darhaqiqat, har bir inson, jamiyat va millatlar bashariyatning turli tuman urf odatlari, madaniyati va qadriyatlarini tan olgan holda bag`rikenglik munosabatida bo’lishlari zarur. Zero, bu taraqqiyot garovidir.


Bu borada 2017–2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha “Harakatlar strategiyasi”da xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritishga yo‘naltirilgan davlatimiz mustaqilligini va suverenitetini mustahkamlash. O‘zbekistonning yon-atrofida xavfsizlik, barqarorlik va ahli qushnichilik muhitini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan. Harakatlar strategiyasining yuqoridagi bosqichi bo‘yicha respublikamizda ko‘pgina ishlar amalga oshirildi. Bir qancha qushni davvlatlar bilan iqtisodiy aloqalar o‘rnatildi. Respublikamizda faol “xalq diplomatiyasi” asosida xorijdagi vatandoshlarimiz bilan muntazam va o‘zaro foydali munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, xorijiy mamlakatlar bilan do‘stona munosabatlarni qolaversa, madaniy-ma’rifiy aloqalarni mustahkamlash orqali o‘z faoliyatini O‘zbekistonda yashab kelayotgan barcha millat va etnik diasporalarning tarixi, madaniyati, ma’naviy qadriyatlari, milliy an’analari va urf-odatlarini saqlash hamda har tomonlama rivojlantirish tamoyillariga asosan olib borayotgan Respublika baynalminal madaniyat markazi, 138 ta milliy madaniy markazlar, O‘zbekiston xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik va madaniy-ma’rifiy aloqalar jamiyatlari kengashi, shuningdek, 34 ta do‘stlik jamiyatlari muvafaqqiyatli faoliyat yuritib kelmoqda. Fuqarolar totuvligi barqarorligini, turli millatlar vakillari o‘rtasidagi tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga, vatandoshlarimiz ongida ko‘p millatli yagona oila tuyg‘usini mustahkamlashga, milliy madaniy markazlar va do‘stlik jamiyatlari faoliyatini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va yanada rivojlantirishga, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma’rifiy aloqalarni kengaytirishga, mamlakatimizning jamiyat turli sohalaridagi yutuqlari mazmun va mohiyati targ‘ibotiga, shuningdek, ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini bosqichma-bosqich ro‘yobga chiqarish maqsad qilib qo‘yilgan. O‘zbekiston ko‘p millatli, ko‘p konfessiyali davlatdir. Bunday davlatda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik ijtimoiy-siyosiy barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashning asosiy shartlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun millatlararo totuvlik mamlakatimizda qurilayotgan demokratik jamiyatning asosiy tamoyillaridan biridir. O‘tgan qisqa davr ichida mazkur yo‘nalishda qator ishlar amalga oshirildi va millatlararo totuvlikni rivojlantirishga keng zamin yaratildi. Fuqarolik jamiyati o‘z navbatida, turli etnik nizolar, ziddiyatli vaziyatlar, to‘qnashuvlar yuki ostida qolgan hozirgi davrda, bir tomondan, insoniyat o‘zining bir butunligini, ikkinchi tomondan, alohida olingan har bir jamiyat ichki birlik, totuvlik va hamkorlik bo‘lgandagina mavjud muammolarni hal qilish, yangilari paydo bo‘lishining oldini olish va taraqqiyotni ta’minlash mumkinligini tobora chuqur anglab bormoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, jamiyatda ijtimoiy bag‘rikenglik muhitini qaror toptirish muhim ahamiyatga ega. “Millatlararo totuvlik” (“tolerant”) atamasining lug‘aviy ma’nosi lotincha “chidamoq” so‘zidan olingan. Tolerantlik biror narsani, o‘zgacha fikr yoki qarashni, o‘z shaxsiy tushunchalaridan qat’i nazar, imkon qadar bag‘rikenglik va chidam bilan qabul qilishni anglatadi. Diniy bag‘rikenglik vijdon erkinligi va ma’naviy jihatdan katta ahamiyat kasb etadi, u boshqa shaxs yo dinga hurmatni bildiradi. Turli din hamda konfessiya vakillari e’tiqodida aqidaviy farqlar bo‘lishiga qaramay, ularning yonma-yon va o‘zaro tinch-totuv yashashini anglatadi. Madaniy bag‘rikenglik o‘zga tilda yaratilgan san’at va madaniyat boyliklaridan o‘z madaniyatini ustun ko‘rmaslik, ulardagi ma’no va go‘zallikni tan olish, o‘zga madaniyatlardan nimanidir o‘rganishni bildiradi. Madaniy bag‘rikenglik turli millatga mansub ziyolilarni bir-biriga ruhan yaqinlashtiradi. O‘zidagi yutuq va kamchiliklarni aniqlab olishga yordam beradi. Etnomadaniy hamkorlik yagona mamlakatda yashovchi turli millatga mansub xalqlarning muayyan mafkura asosida qo‘lni qo‘lga berib ishlashi, bir maqsad yo‘lida faoliyat olib borishini bildiradi. “Millatlararo totuvlik” (“tolerantlik”) deyarli barcha tillarda bir xil yoki bir-birini to‘ldiruvchi mazmunga ega. Ularni umumlashtirib “bag‘rikenlik” chidamlilik, bardoshlilik, toqatlilik, o‘zgacha qarashlar va harakatlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, muruvvatlilik, himmatlilik, kechirimlilik, mehribonlik, hamdardlik kabi ma’nolarga ega deyish mumkin. Bugungi kunda chuqur ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ma’rifiy mazmun kasb etgan ushbu tushuncha ko‘pchilik tomonidan tan olingan, ilmiy ta’rifi ishlab chiqilgan. Muhokama va natijalar “Bag‘rikenglik tamoyillari Deklaratsiyasi”da bag‘rikenglik tushunchasiga shunday ta’rif berilgan: “Bag‘rikenglik-bizning dunyomizdagi turli boy madaniyatlarni, o‘zini ifodalashning va insonning alohidaligini namoyon qilishning xilma-xil usullarini hurmat qilish, qabul qilish va to‘g‘ri tushunishni anglatadi. Uni bilim, samimiyat, ochiq muloqot hamda hur fikr, vijdon va e’tiqod vujudga keltiradi. Bag‘rikenglik — turli tumanlikdagi birlikdir. Bu faqat ma’naviy burchgina emas, balki siyosiy va huquqiy ehtiyoj hamdir. Bag‘rikenlik — tinchlikka erishishni musharraf qilguvchi va urush madaniyatsizligidan tinchlik madaniyatiga eltuvchidir”. “Bag‘rikenglik” tushunchasi ilmiy faoliyat va ijtimoiy hayotning turli sohalari, jumladan, siyosat va siyosatshunoslik, sotsiologiya, filosofiya, ilohiyot, ijtimoiy axloq, qiyosiy dinshunoslik kabi sohalarda keng istifoda etiladigan tushunchalardan biri hisoblanadi.


Turli madaniyatga mansub aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan O‘zbekistonda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev xalqimizning dunyoqarashida tobora chuqur va mustahkam o‘rin egallayotgan bag‘rikenglik tamoyili to‘g‘risida shunday deydi: “Bizning qadimiy va saxovatli zaminimizda ko‘p asrlar davomida turli millat va elat, madaniyat va din vakillari tinch-totuv yashab kelgan. Mehmondo‘stlik, ezgulik, qalb saxovati va tom ma’nodagi bag‘rikenglik bizning xalqimizga doimo xos bo‘lgan va uning mentaliteti asosini tashkil etadi”.
O‘zbekistonning kelajagi tinchlik va bag‘rikenglik, madaniyatlararo uyg‘unlik va millatlararo totuvlik kabi omillar bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbekistonda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylashga, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berishga, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga, ular o‘rtasida qadimiy mushtarak an’analarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
2017 yil 30 may kuni ushbu dolzarb masalaga bag‘ishlab, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi va O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Milliy va diniy bag‘rikenglik – tinchlik va barqarorlik garovi” mavzuida matbuot anjumani tashkil etildi. Tadbirda respublikamizning sharqshunos va dinshunos olimlari, taniqli ulamolar, mamlakatimizda faoliyat ko‘rsatayotgan milliy madaniy markazlar va turli konfessiyalar vakillari, davlat va jamoat tashkilotlari mutasaddilari ishtirok etdilar.
Istiqlol yillarida respublikamizda turli din vakillarining hech qanday to‘siqlarsiz o‘z dinlariga e’tiqod qilishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi. Fuqarolar e’tiqodlaridan kelib chiqqan holda diniy tashkilotlarga birlashib, mustaqil huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritishi, diniy mutaxassislar tayyorlashlari va adabiyotlarni nashr etishlari, diniy bayram va marosimlarini o‘tkazishlari, muqaddas joylarga ziyoratlar tashkil etishlari kafolatlandi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston aholisining soni 31 milliondan oshgan bo‘lib, ular 130 dan ziyod millatga mansub hisoblanadi. Aholining 94% islom diniga, 3,5%ga yaqini pravoslav va qolganlari boshqa konfessiyalarga mansublarni tashkil etadi. 
Respublikamizda 16 diniy konfessiyaga mansub 2239 diniy tashkilot faoliyat olib bormoqda. Ulardan 2065 tasi islomiy, 157 tasi xristian tashkilotlar, 8 tasi yahudiy, 6 tasi bahoiy jamoalari, bittadan Krishnani anglash jamiyati va budda ibodatxonasi mavjuddir. Bundan tashqari, respublikada konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat yuritmoqda.
Anjumanda mamlakatimizda millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida yuritilayotgan oqilona siyosat asosida har bir shaxsning vijdon va e’tiqod erkinligi, diniy qarashlaridan qat’i nazar tenghuquqliligi ta’minlanayotgani, shuningdek, respublikamizdagi diniy tashkilotlar jamiyatda tinchlik, osoyishtalik, millatlar va dinlararo totuvlikni mustahkamlash borasida sermahsul faoliyat ko‘rsatib kelayotganliklari qayd etildi.
O‘zbekistonda milliy va diniy sohada olib borilayotgan siyosat BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1948 yilda qabul qilingan “Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi” moddalari va ruhiga hamohang ekani hamda davlatimiz vijdon erkinligini ta’minlash borasida o‘z zimmasiga olgan barcha xalqaro shartnomalarni to‘la-to‘kis bajarib kelayotgani alohida ta’kidlandi.
Anjumanda bugungi kunda dunyoning qator mamlakatlarida, ayniqsa, Yaqin Sharq mintaqasida etnik va diniy asosdagi nizolar kuchayib borayotgani, bu kabi nizolarni avj oldirayotgan g‘arazli kuchlarning o‘z maqsadlariga erishish yo‘lida turli nashrlar, teleradiodasturlar va internet sahifalarida amalga oshirayotgan axborot xurujlariga nisbatan “fikrga qarshi fikr, g‘oyaga qarshi g‘oya, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish” har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotganiga e’tibor qaratildi.
Ayniqsa, hozirgi vaqtda dunyoning uzoq-yaqin turli hududlarida tashvishli voqealar tobora keskinlashib borayotgan bir vaziyatda yurtimizdagi tinchlik va barqarorlikni saqlash, diniy bag‘rikenglik va hamkorlik g‘oyalarini keng yoyish, adovat va murosasizlikka olib boruvchi har qanday yo‘lning payini qirqish muhim ahamiyat kasb etishi, shu bois, bugungi murakkab bir davrda insoniyat uchun tinchlik, barqarorlik ne’matlari qanchalik ulkan qiymatga ega ekanini chuqur anglab yetmog‘imiz darkorligi aytildi.
2016 yilning 29 oktyabr kuni Respublikada faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar rahbarlari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan so‘ng, AQSh Davlat kotibi o‘rinbosari Tomas Shennon O‘zbekiston Hukumatining diniy sohada olib borayotgan izchil siyosatga yuqori baho bergan.
Shuningdek, BMT Inson huquqlari bo‘yicha Bosh komissari Zayd al-Husaynning 2017 yil 11 may kuni Samarqand shahrida faoliyat olib borayotgan diniy konfessiyalar hamda milliy-madaniy markazlar rahbarlari bilan bo‘lgan uchrashuv davomida “Bugungi dinlararo va millatlararo notinchlik bo‘lib turgan tahlikali kunlarda O‘zbekistondagi mavjud dinlararo va millatlaro totuvlikni turli davlatlar tomonidan o‘rnak bo‘lishga loyiq” - degan so‘zlari ham alohida e’tiborga molikdir.
Tadbirda diniy ekstremizm va murosasizlikka qarshi mafkuraviy kurashning muhim omili sifatida yoshlarda bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish ekani qayd etildi hamda bag‘rikenglik madaniyatini kamol toptirish yo‘llari, imkoniyatlari va bu boradagi ustivor vazifalar yoritib berildi. Tinchliksiz taraqqiyot va demokratiya bo‘lmagani kabi, bag‘rikengliksiz tinchlik ham bo‘lmaydi, deb ta’kidlandi.
Yoshlarga tinchlik va bag‘rikenglikning ulug‘ ne’mat ekani, uni qadriga yetish, jamiyat tinchligi va xavfsizligiga tahdid soluvchi omillar to‘g‘risida zarur ma’lumotlarni berish, ularda O‘zbekistonning madaniy rangbarangligi, yurtimizdagi millat va elatlarning urf-odatlari va an’analarini hurmat qilish, shuningdek, ana shu madaniy turfaxillikni asrab-avaylash kabi ijobiy fazilatlarni shakllantirish muhim ahamiyatga egaligi ta’kidlab o‘tildi.
So‘zga chiqqanlar bugungi kunda O‘zbekistonda barqaror taraqqiyotni ta’minlash, fuqaro huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish, bag‘rikenglik qadriyatlari ustivorligiga asoslangan demokratik jamiyat qurish borasida olib borilayotgan ishlar jahon hamjamiyatiga namuna ekani haqida yakdil fikr bildirdilar.




Yüklə 47,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə