Toshkent tibbiyot akademiyasimavzu: Ozbekistonda diniy bagrikenlik


O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi



Yüklə 47,25 Kb.
səhifə3/3
tarix30.12.2023
ölçüsü47,25 Kb.
#167333
1   2   3
dintarix mehmonova shaxzoda

O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi tashkil etildi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida Akademiya tarkibidagi malaka oshirish Markazi hududiy filiallari tashkil etildi.
O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi huzurida “Ziyo” media-markazi tashkil etilib, u ajdodlarimizning diniy-ilmiy merosini keng targ‘ib qilish, dinning haqiqiy insonparvarlik maqsadini hamda diniy-maʼrifiy hayotda sodir bo‘layotgan yangiliklardan keng jamoatchilikni xabardor qilib borishni taʼminlovchi asosiy media-tuzilma hisoblanadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi huzurida “Vaqf” xayriya jamoat fondi tashkil etildi. Uning asosiy vazifasi masjidlar, ziyoratgohlar, muqaddas qadamjolar va shu kabi boshqa obyektlarning rekonstruksiyasini moliyalashtirish, ularni moddiy-texnik bazasini yaxshilash hamda ushbu soha xodimlarini moddiy qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.
2018-yilning yanvar-aprel oylarida Respublika miqyosida bir necha bosqichdan iborat (tuman, shahar, viloyat, respublika) Qurʼoni karim tilovati bo‘yicha qorilar ochiq musobaqasi tashkil etilib, unda 5 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi.
O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy va Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazlari tashkil etildi. Viloyatlarda kalom, hadis, fiqh, aqida ilmi va tasavvufni o‘rganishga ixtisoslashgan beshta ilmiy maktab ochildi.
Islom sivilizatsiyasi markazi tomonidan O‘zbekistonda Markaziy Osiyo musulmon mutafakkirlarining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi roliga bag‘ishlangan 10 dan ortiq kitob va risolalar tayyorlandi.
Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Termiziy, Hakim Termiziy va termizlik boshqa olimlarning 20 dan ortiq asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilindi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tomonidan Imom Buxoriy, Imom Moturidiy, Imom Nasafiy, Alouddin Usmondiy, Saffar Buxoriy va h.k. kabi ulug‘ allomalar asarlarining aksariyati tarjima qilinib, 50 dan ziyod kitob nashr etildi.
Ayni paytda O‘zbekiston Respublikasida jami 2276 ta diniy tashkilot va 16 ta diniy konfessiya faoliyat yuritib kelmoqda. Shulardan 2093 tasi musulmon tashkiloti166 ta xristian tashkiloti, 8 ta yahudiy jamoasi, 6 ta Baxoiylik jamiyati, 1 ta krishnachilar jamiyati va 1 ta budda ibodatxonasi, shuningdek, O‘zbekiston konfessiyalararo Bibliya jamiyati ham faoliyat ko‘rsatmoqda.
2019-yilda O‘zbekistonda 10 ta yangi jome masjid ochildi, natijada masjidlarning umumiy soni 2066 taga yetdi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida 46 ta jome masjid binosi butunlay qaytadan bunyod etilib, 225 ta masjid kapital taʼmirdan chiqarildi. 2018 yilda esa respublikada 13 ta jome masjidi qayta ochildi39 tasi yangi qurildi va qariyb 100 tasi qayta taʼmirlandi.
O‘zbekistonda Toshkent Islom universiteti, «Mir Arab» oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi, 9 ta madrasa, jumladan, 2 ta ixtisoslashtirilgan xotin-qizlar o‘quv yurti, Toshkent pravoslav seminariyasi, Toshkent xristian seminariyasi kabi diniy taʼlim muassasalari faoliyat ko‘rsatmoqda. 2020–2021-o‘quv yilidan boshlab Termiz shahrida yangi madrasa ochilishi rejalashtirilgan.
Mustaqillik yillarida 308 ming nafar musulmon Saudiya Arabistoniga ziyorat uchun borgan bo‘lsa, shulardan 130 ming kishi “Haj”, 178 ming kishi esa “Umra” amalini bajarishga muvaffaq bo‘lgan. 2,5 ming xristian va yahudiylar Isroil, Rossiya, Turkiya, Italiya, Gruziya va Yunoniston kabi davlatlarning muqaddas diniy qadamjolariga tashrif buyurganlar.
2019-yildan eʼtiboran O‘zbekiston fuqarolari uchun “Umra” ziyoratlari kvotasi bekor qilindi. 2018-yildan boshlab “Umra” safari kvotasi 6 000 dan 10 000 ga oshirildi. Bugungi kunga kelib “Umra” qiluvchi fuqarolar soni 30 000 ga yetdi, “Haj” esa 5000 dan 7,200 ga ko‘paydi.
So‘nggi yillarda O‘zbekistonda ekstremizmga qarshi kurashish chora-tadbirlarini amalga oshirishdagi yondashuvlar konseptual jihatdan qayta ko‘rib chiqildi. Bunda asosiy eʼtibor aholi o‘rtasida profilaktika va tushuntirish ishlariga qaratildi. Ushbu sohada amalga oshirilayotgan barcha saʼy-harakatlar «Jaholatga qarshi maʼrifat» degan ezgu g‘oyaga asoslangan.
2018-yilning sentyabr oyida terroristik, ekstremistik yoki boshqa taqiqlangan tashkilot va guruhlarga adashib aʼzo bo‘lib qolgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini jinoiy javobgarlikdan ozod qilish tartibi tasdiqlandi.
Ilgari to‘g‘ri yo‘ldan adashgan va o‘z xatti-harakatlariga chin dildan pushaymon bo‘lgan fuqarolarga maʼnaviy-axloqiy burchlarini ado etish uchun jamiyat va o‘z oilalariga qaytish imkoniyati beriladi. Diniy ekstremistik oqimlarga aloqador shaxslarni reabilitatsiya qilishning muhim qadamlaridan biri, bu ularga nisbatan avf etish aktlarini qo‘llash bo‘ldi.
2020-yil 3-4-mart kunlari Samarqand shahrida “Imom Moturidiy va moturidiya taʼlimoti: o‘tmish va bugun” mavzusidagi xalqaro konferensiya tashkil etildi. Ushbu tadbirda 15 mamlakatdan 55 nafar taniqli ulamolar, muftiylar, moturidiyshunos ekspertlar, 100 nafar mahalliy olim va tadqiqotchilar qatnashdi. Konferensiya yalpi majlisida 11 ta, shoʻba yig‘ilishlarida 32 ta maʼruza tinglandi.
Maʼruzalarda Imom Abu Mansur Moturidiy shaxsi va aqidaviy qarashlari, moturidiylikning mafkuraviy asosi, moturidiya kalom maktabiga oid yangi manbalar, ushbu taʼlimotning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikrlar bildirildi.







Yüklə 47,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə