Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti pedagogika fakuliteti


Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari



Yüklə 63,4 Kb.
səhifə8/10
tarix13.10.2023
ölçüsü63,4 Kb.
#127528
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
ОTA-ONA BIRINCHI TARBIYACHI

Ota-onalar bilan ishlashning shakl va metodlari.
Sinf rahbari ota-onalar bilan ish olib borishda ishlashning xilma-xil shakl va metodlaridan foydalanishi lozim. Ota-onalar bilan ishlashga shaxsiy ishlar jamoa bilan birgalikda olib borilsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Biz quyida ota-onalar bilan ishlashning asosiy shakllari bilan tanishib chiqamiz:
O’quvchilarning uylariga borish – bu oila bilan aloqa qilishning eng samarali shakllaridan biridir. Bunda sinf rahbari o’quvchining ota-onasi, uning yashash sharoiti, moddiy imkoniyatlari bilan tanishishga imkon topadi.
Ota-onalarni maktabga chaqirish. Bundan maqsad, faqatgina o’quvchilarning xulqi, savodliligi va boshqa xususiyatlari bilan ota-onanitanishtirish emas, balki shu bilan birgalikda ota-onalarga pedagogik va ruhiy maslahatlar berib, ularga o’quvchini oilada tarbiyalashlariga yordam ham qilishdir.
Ota-onalar bilan ishlash. Bu esa o’quvchiga chaqiriqlar yoki maxsus da’vatnomalar orqali amalga oshiriladi.
Ota-onalar sinf majlisini o’tkazish. Bu shakldagi aloqa maxsus ish rejasi orqali amalga oshiriladi.
Ota-onalarni maxsus pedagogik va psixologik bilimlar bilan qurollantirish maqsadida ular bilan suhbat va ma’ruzalar o’tkaziladi.
Savol-javoblar kechasi. Ishning bu shakli sinf o’quvchilarning xususiyati, xarakterini yaxshiroq o’zlashtirish imkonini beradi.
Ota-onalarning tarbiya borasidagi ilg’or tajribalar bilan fikr almashish, o’rtoqlashish. Bu narsa quyidagi mavzuda bo’lishi mumkin: yoshlarni qanday qilib mehnatga tayyorlash mumkin? o’quvchining kundalik rejimi haqida.
“Ota-onalarning obro’si” haqida, “Oilada yoshlarga axloqiy tarbiya berish” va hokazolar to’g’risida anjumanlar o’tkazish.
Maktab qoshida ota-onalar universitetlarini tashkil etish va bu universitetlardan tizimli ish olib borish:
-ota-onalarni tarbiya sohasidagi adabiyotlar bilan tanishtirish.
“Ota-onalar, sizlar uchun” degan mavzuda og’zaki jurnal.
-faol ota-onalarning tarbiyaviy ish tajribalari bilan boshqa sinf rahbarlarini tanishtirish kabi ishlar olib borilishi lozim.
Sinf rahbarining ota-onalar bilan olib boradigan ishlari g’oyat keng, ko’p qirrali bo’lib, bu ishlar faqat sinf va maktab miqyosi bilan cheklanmaydi, aksincha turar joylardagi va o’quvchining ota-onasi ishlab turgan korxonadagi jamoatchilik bilan ham yaqin aloqada bo’lishni taqozo etadi.
Bizning yosh avlod xalqimizniig inqilobiy, mehnat, jangovar an’analarini o’zlashtirib, o’ziga katta avlodning eng yaxshi fazilatlarini — g’oyaviy e’tiqod va matonatni, Vatanga muhabbatni, uning iqtisodiy, siyosiy va jangovar qudratini mustahkamlashda ishtirok etishga intilishni singdiribgina o’z bobolari va otalari
ishini davom ettira va ko’paytira oladi. Bu ishda ota-onalar ayniqsa muhim o’rin tutishlari kerak. Buni barcha sinf rahbarlari nazarda tutishlari muhimdir, Bunda shaxsning huquqiy yetukligi shaxs ijtimoiylashuvining mahsuli ekanligini har bir oilaga tushuntirish g’oyat muhimdir. Oila shaxs uchun uning ijtimoiylashuv jarayoni ro’y beradigan, uning axloqi, dunyoqarashi asoslari va hokazolar tarkib topadigan dastlabki va nihoyatda muhim ahamiyatga ega bo’lgan jamoadir.
Oila boshqa tarbiyaviy muassasalardan farqli pavishda odamning butun hayoti davomida uning barcha tomonlariga, qirralariga ta’sir ko’rsatishga qodirdir va odatda ta’sir ko’rsatadi. Oila tarbiya vazifasining bu ulkan miqyosi uning mafkuraviy va psixologik ta’sir ko’rsatiishning chuqur o’ziga xosligi bilan uyg’unlashib ketadi. Bu esa uni oliy darajada ta’sirchan qilibgina qolmay, shu bilan birga shaxsni shakllantirish jarayonining zarur bo’g’iniga ham aylantiradi.
Oilaning yuksak tarbiyaviy imkoniyati shaxslar va ota-onalarning o’ziga xos xususiyatlari: qon-qarindoshligi, muhabbati, yaqinligi, ishonchi, burch hissi, obro’liligi va hokazolar bilan ta’minlanadi. O’z farzandining barcha zaif va kuchli tomonlarini yurgakdagi chog’idan biladigan, uning qalbidagi eng kichik harakatni ham sezadigan va tushunadigan, unga ta’sir etishni biladigan onadan va otadan yaxshiroq kim ham ularni ezgulikka, mehnatsevarlikka, do’stlikka, muhabbatga o’rgata oladi!
Ma’lumki, xilma- xil faoliyat sharoitida shaxsning qobiliyatlari eng samarali rivojlanadi, uning ijodiy imkoniyatlari ochiladi, shaxsni oiladan boshqa qaerda ham faoliyatning xilma- xil turlariga jalb etish mumkin. Oilaviy tarbiyaning qimmatliligi va ahamiyati yana shundaki, kichik shaxslik paytida oilada egallangan narsalar bir umr saklanib qoladi. Xuddi shuning uchun ota- onalarning shaxslarni har tomonlama tarbiyalash majburiyati qonuniy tarzda belgilab qo’yilgan.
Sinf rahbarlari ota-onalar bilan birgalikda tarbiyaviy ishni tashkil etar ekanlar, eng yangi psixologik-pedagogik tadqiqotlar ma’lumotlarini e’tiborga olishlari ham muhimdir, ularga ;muvofiq o’sib kelayotgan kishi shaxsini shakllantirishga oilaning qo’shadigan hissasi turli yosh bosqichlarida turlicha bo’ladi va to’lqinsimon o’zgaradi. Dastlabki 3 yil ichida u ayniqsa kuchli bo’ladi, shundan keyin oilaviy ta’sirning muayyan darajada barqarorlashuvi davri boshlanadi. Uning navbatdagi odatda maktabgacha yosh tugaydigan paytga to’g’ri keladi, shundan keyin taxminan o’smirlik davrigacha u zaiflashgandek bo’ladi. Yana ota-onalariing ta’siri ota-ona oilasidan ajralib, o’z oilasini tuzguncha ancha kuchayadi.
Psixologik-pedagogik tadqiqotlarning ma’lumotlari ba’zan shaxsning imkoniyatlari to’grisidagi barqaror tasavvurlarni o’zgartirib yuboradi. Masalan, ych yillik shaxslar olimlar bir necha yil muqaddam taxmin qilganlariga nisbatan ancha chuqur idrok etish qobiliyatiga ega, uch yoshli shaxs hozir faqat olti yoshli shaxslar qilgan va qilmagan narsalarni bilishi va qilishi mumkinligi kichkintoyni yurishdan oldin suzishga, ona tili bilan deyarli baravar chet tilida gapirishga o’rganish mumkinligi va hokazolar ma’lum bo’ldi.
Vaholanki, tajribaning ko’rsatishicha, ota-onalar ko’pincha o’zlarini tarbiyaviy ishga to’la tayyor deb biladilar va maxsus pedagogik bilimlarni egallashni zarur deb hisoblamaydilar. Ota-onalarning bu xusuiyatini taniqli pedagog va psixolog K. D. Ushinskiy o’z davrida ta’kidlagan edi. «Tarbiya san’ati, deb degan edi u, — shunday xususiyatga egaki, deyarli barchaga tanish va tushunarli, ba’zilarga esa juda oson ish bo’lib tuyuladi — odam bu ish bilan nazariy va amaliy jihatdan qanchalik kam tanish bo’lsa, unga bu shunchalik tushunarli va oson bo’lib ko’rinadi. Deyarli hamma tarbiya sabr-toqatni talab etishini e’tirof qilishadi, ayrimlar buning uchun tug’ma qobiliyat va malaka, ya’ni ko’nikma kerak, deb o’ylaydilar; lekin juda kam odam sabr-toqat, tug’ma qobiliyat va malakadan tashqari yana maxsus bilimlar kerakligi haqida ishonch hosil qilish. Bunday bilimlarning yo’qligi oilaviy tarbiyada ko’plab xatolarga olib keladi, guruh rahbari ota-onalar bilan ishlashda buni hisobga olmay iloji yo’q. Bu
jihatdan ota-onalarning shaxslarni tarbiyalashdagi quydagi qiyinchiliklari va xatolarini ajratib ko’rsatish mumkin:
Ota-onalarning shaxslar bilan muomalasining yetishmasligi. Ular o’zlari, ishlari haqida kam so’zlab beradilar, o’quv bilim yurti o’quvchilar jamoasining hayoti, o’z shaxssining qiziqishlari, uning jamoat ishlari, bu ishga munosabati va hokazolar bilan kam qiziqadilar. Muomalaning yetishmasligi shaxslarning ota- onadan uzoqlashishiga olib keladi, kattalarni shaxsga yanada faolroq ta’sir ko’rsatish imkoniyatidan mahrum etadi.
Oilaviy tarbiyaning asosi sifatida taqiqlashlar sistemasi — ijobiy namuna asosida tarbiyalay bilmaslik, shaxs hayotini u har doim turli hatti-harakatni mashk kiladigan tarzda tashkil eta olmaslik natijasidir. Bu sistema shaxsning kattalar xohishiga salbiy munosabatini tug’diradi, mustaqillikning rivojlanishini susaytiradi.
Harakatlarning o’quv bilim yurti bilan muvofiqlashtirilmaganligi yoki u bilan kelishmovchilik. Tarbiyalanuvchida pedagogga, o’quv bilim yurtiga ishonchsizlik paydo bo’ladi va o’sib boradi, bu esa uning kamchiliklarini tuzatishni qiyilanshtiradi, pedagogik jihatdan qarovsizlik holatiga olib keladi.
Ko’rsatilgan shakllar ta’rifi va ularni qo’llashning eng yuqori natija berishini ta’minlaydigan shart-sharoitlarga qisqacha to’xtalib o’tamiz.
O’quvchilarni tarbiyalashda oilaning bir qancha vazifalari mavjud bo’lib ular quydagilardir:
—oilada sog’lom muhitni yaratish, milliy ruh va turmush tarzini hisobga olish, farzandlar uchun ota-ona har tomonlama o’rnak bo’lishi, farzandlarning ota- onasiga, Vatanga muhabbat tuyg’usini shakllantirish, o’zaro g’amxo’p bo’lishni ta’minlash;
—oilada huquqiy tarbiyani yaxshilash, oila a’zolarining o’z huquq va burchlarini anglab yetishlarini va ularga rioya qilishlarini ta’minlash;
—farzandlariga chuqur dunyoviy bilim asoslarini berish, ma’rifatli va ma’naviyatli kishilar bo’lib yetishishlarini ta’minlash;
—bozor munosabatlariga mos bo’lgan kasb-hunar o’rgatish, iqtisodiy tushunchalarni farzandlar ongiga singdirish;
-shaxslarning ma’naviy barkamol va jismonan sog’lom bo’lishlari uchun iqtisodiy va ijtimoiy muhitni yaratish;
-shaxslarni mustaqil fikrlashga o’rgatish, istiqlol g’oyalari va milliy mafkuraga sadoqat ruhida tarbiyalash;
-shaxslarning bo’sh vaqtlarini pedagogik nuqtai nazardan kelib chiqib unumli tashkil qilish, ularga qo’shimcha ta’lim berish;
-farzandlarida mavjud bo’lgan iste’dod kurtaklarini rivojlantirish uchun zarur sharoitlarni yaratish;
-o’z farzandlarining o’quv muassasasi, mahalla, davlat va jamiyat oldidagi burchlarini to’la ado etishlari uchun oilada mas’uliyatli bo’lish;
-ota-onalar o’zlarining pedagogik va psixologik bilim saviyalarini doimo oshirib borishi;
-shaxslarda tejamkorlik va ishbilarmonlikning ma’naviy axloqiy tomonlarini shakllantirish;
-oilada milliy va umuminsoniy tarbiyaning barcha yo’nalishlarini uyg’un holda bosqichma-bosqich amalga oshirishga mas’ullikni ta’minlash;
-sanitariya-gigiyenik, ekologik ko’nikmalarni singdirish, diniy aqidaparastlik, ichkilikbozlik, giyohvandlikka qarshi tarbiyani amalga oshirish;
oila, o’quv bilim yurti va mahalla oldida o’z farzandlarining barcha hatti-harakatlari uchun javobgardir;
-sog’ligida va aqlida nuqsonlari bo’lgan farzandlariga hayot talablariga mos ravishda bilim va kasb-kor o’rgatishdan iborat.
Ota-onaning farzand oldidagi burchi, o’zbekona ta’bir bilan aytganda, farzandga yaxshi nom qo’yish, yaxshi muallim qo’liga topshirib savodini chiqarish, ilmli, kasb-hunarli qilish, oilali va uyli-joyli qilishdan iboratdir.
Odam savdosi, bolalar mehnati, organlar savdosi kabi salbiy tendentsiyalar bugungi kunda insoniyat duch kelayotgan muammolar qatoriga kiradi. Yuqorida qayd etilgan salbiy holatlarga qarshi xalqaro miqyosda kurash olib borilayotgan boʼlsada, umuman olganda, bu muammolarni toʼliq bartaraf etishning iloji yoʼq. Odam savdosi kabi, ayniqsa, bolalar mehnatidan foydalanish bugungi kunda butun dunyoda keng tarqalgan. Muammolar yuzasidan Ijtimoiy tadqiqotlar markazi xodimi Аygun Yusibova keng koʼlamli tekshiruv oʼtkazdi va oʼrganish natijasida qiziq faktlar yuzaga chiqdi. Tadqiqotda qayd etilishicha, zamonaviy dunyoning global muammolaridan biri bolalar mehnatidan foydalanish hisoblanadi. Qayd etilishicha, bugungi kunda dunyoda 5 yoshdan 17 yoshgacha boʼlgan 218 019 (13,8 foiz) million bola ish bilan taʼminlangan. Ulardan 123 190 million nafari oʼgʼil bolalar (15,0 foiz), 94 million 829 million nafari qizlar (12,4 foiz)dir. 152 million (9,6 foiz) bola hamon majburiy mehnat qurboni. Ulardan 73 million nafari xavfli ishlarda mehnat qiladi.“Аygun Yusifovaning qayd etishicha, Аfrikada har beshinchi voyaga yetmaganlar bolalar mehnati qurboni boʼlgan boʼlsa, boshqa mintaqalarda bu koʼrsatkich 3 dan 7 foizgacha oʼzgarib turadi”. Yevropa va Markaziy Osiyoda 19, Аmerikada Osiyo va Tinch okeanida har 14 boladan biri ekspluatatsiya qilinadi.
Tadqiqotlarga koʼra, dunyoda mehnat qilayotgan bolalarning 48 foizi 5-11 yosh, 28 foizi 12-14 yosh, 24 foizi 15-17 yoshdir. Ishlayotgan bolalarning 88 millioni (58 foizi) oʼgʼil bolalar, 64 million nafari (42 foizi) qizlardir. Bolalarning 70,9 foizi qishloq xoʼjaligida, 11,9 foizi sanoatda, 17,2 foizi xizmat koʼrsatish sohasida mehnat qiladi. Tadqiqotlar shuni koʼrsatadiki, dunyoning eng qashshoq mamlakatlaridagi har toʼrtinchi bola majburiy mehnat qurboni boʼladi. Shuni taʼkidlash kerakki, Bu mamlakatlarda kambagʼal bolalar oʼzlarining boy sheriklaridan koʼra koʼproq ishlashga majbur. Mehnatga majburlangan kambagʼal bolalar haqidagi maʼlumotlarning statistik tahlili shuni koʼrsatadiki, ular boy hamkasblariga qaraganda oʼrtacha uch baravar koʼp ishlaydi.
Ota-onalar farzandlaridan nimani xohlashlarini aniq va qisqa tushuntirishlari kerak, masalan, “yordam bersang, yaxshi boʼladi”, “mumkin”, “mumkin”, “sening qoʼlingdan keladi” va hokazo. iboralarni ishlatishingiz shart emas. Аgar u oʼz masʼuliyatini bajarmasa, besh daqiqadan soʼng yana eslatiladi, agar u buni takrorlamasa, ota-ona oʼz zimmasiga olishi mumkin. Аgar ota-ona mehribon boʼlib, bolaning mantiqiy istaklariga ijobiy javob bersa, keyingi safar bola pushaymon boʼlib, ijobiy javob qaytaradi.
Majburlash va bosimni masʼuliyat hissini shakllantirish uchun ishlatmaslik kerak, chunki bu ota-ona va bola oʼrtasida ziddiyat va norozilikni keltirib chiqaradi, shuningdek, bu tuygʼuning oldini oladi va uni orqaga suradi.Oilada bola jismonan, aqliy va axloqiy jihatdan kamol topadi. Ota-onalar farzandlariga teng munosabatda boʼlishlari, ularning hayoti, taʼlim va tarbiyasi uchun qulay shart-sharoitlar yaratishlari kerak. Shu bilan birga, ota-onalar oʼz farzandlarini tarbiyalash va oʼqitish uchun masʼuldirlar, chunki bolalarni tarbiyalash ota- onalarning huquq va majburiyatlari guruhiga kiradi. Shunday ekan, ota-onalar farzand tarbiyasi va rivojlanishida teng masʼuliyat yuklaydi.
Bolalar davlat tomonidan alohida muhofaza qilinadi, shunga qaramay, ota- onalar farzandlarining salomatligi, jismoniy, aqliy, maʼnaviy-axloqiy rivojlanishi, taʼlim olishi va kasb-hunar oʼrgatishi haqida gʼamxoʼrlik qilishga masʼuldir. Bolaning qonuniy huquqlari va manfaatlari buzilgan, ota-onalar tomonidan bolani tarbiyalash va oʼqitish boʼyicha majburiyatlari bajarilmagan yoki lozim darajada bajarilmagan yoki ota-ona huquqlari suiisteʼmol qilingan taqdirda, bola yoshga toʼlganidan keyin vasiylik va himoya qilish huquqiga ega. Bundan shunday xulosaga kelamizki, ota-onalar farzandlarini har tomonlama tarbiyalash va ularga taʼlim berishda, oʼz navbatida.
Аsosiy qonunimiz boʼlgan Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida oʼz ifodasini topdi. Jumladan, Konstitutsiyamizning uchinchi boʼlim, XIV bobi «Oila» deb nomlangan boʼlib, undagi 63-66 moddalarda oilaning ijtimoiy-tarixiy roli, ahamiyati huquq va burchlari hamda ahamiyati qonuniy asoslarda aniq-ravshan belgilab berilgan.
Bu moddalarda oilaning «jamiyatning asosiy boʼgʼini» ekanligi hamda jamiyat va davlat muhofazasida boʼlish huquqiga egaligi, oila qurishga asos boʼluvchi nikoh tomonlarning ixtiyoriy roziligi va teng huquqligiga asoslanishi (63- modda), ota-onalar oʼz farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburligi (64-modda), davlat va jamiyat yetim bolalarni yoki ota- onalari vosiyligidan mahrum boʼlgan farzandlarni oʼz qaramogʼiga olishni, shuningdek, bolalarga bagʼishlangan xayriya faoliyatlarini ragʼbatlantirishi (64- modda), farzandlar ota-onalar nasl-nasabi va fuqarolik holatidan qatoiy nazar qonun oldida teng ekanligi (65-modda), onalik va bolalikning davlat tomonidan muhofaza qilinishi (shu modda) kabi gʼoyat muhim masalalarga huquqiy maqom berildi. Аyniqsa, 66-moddadagi «Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar oʼz ota – onalari haqida gʼamxoʼrlik qilishga majburdirlar» kabi fikrlar jahon qonunchiligida oʼziga xos yangi hodisa sifatida eʼtirof etildi.
Yoshlar har bir millat va davlatning buyuk intellektual va jismoniy salohiyati boʼlib, har bir davlatning kelajagi ularning qoʼlida boʼladi. Yoshlarning kelajakda Vatanga egalik qilishi, milliy qadriyatlari, milliy anʼanalarini himoya qilishi, xalqaro maydonda yurtimiz namoyandasi boʼlishi ota-onalar, jamiyat va davlat tomonidan bugungi kundagi tarbiya jarayoniga qanchalik bogʼliq. Аynan yoshlarning toʼgʼri taʼlim va tarbiyasi oʼzbek millati Chunki “jamiyatning tarbiyaga boʼlgan munosabatini butunlay oʼzgartirmasdan turib, sohani tubdan takomillashtirish mumkin emas”.
Oʼzbek tili madaniyatida taʼlim bilim olish, kimgadir biror narsani oʼrgatishdir. Taʼlimning maʼnosi- bular maktab, oila va muhit orqali shaxsga singdiriladigan xulq- atvor koʼnikmalaridir; adabiyotni oʼrganish; taʼlim beriladi.
Bu taʼriflardan kelib chiqib, taʼlim va tarbiya bir-biri bilan chambarchas bogʼliq, degan xulosaga kelish mumkin. Аgar taʼlim yangi fan va bilimlarni oʼrganishga xos boʼlsa, taʼlim jamiyatda qabul qilingan muayyan xulq-atvor va xatti-harakatlar namunasini singdirishdir. Taʼlim va tarbiya baʼzan bir-biriga taʼsir qiladigan ikkita xususiyatdir. Baʼzida odam yaxshi maʼlumotga ega, lekin u maʼnaviy jihatdan zaif yoki nogiron boʼlib qoladi. Baʼzida shunday odamlar boʼladiki, lekin taʼlim nuqtai nazaridan ular juda koʼp yuksak fazilatlarga ega va savodlilik nuqtai nazaridan, yaʼni taʼlim zaif. Quvonarlisi, bugungi jamiyatda ham bilim, ham odob-axloqning yuksak belgilarini koʼrsatadigan insonlarni uchratish mumkin.
Ota-onalar ham, jamiyat ham, davlat ham bu ikki masalada ularning ijtimoiy- iqtisodiy sharoitlarini hisobga olgan holda doimo manfaatdor. Qolaversa, har bir kishi ijtimoiy muhitga kirgandan soʼng taʼlim va tarbiyaga ehtiyoj sezadi va jamiyat ehtiyojlari va oʼz imkoniyatlaridan kelib chiqib, shu ikki koʼnikmaga ega boʼladi. Ushbu maqolada biz faqat taʼlim mavzusiga toʼxtalamiz, chunki taʼlim predmeti alohida tahlil va oʼrganishni talab qiladi. Bolani sabru toqatga o‘rgatishning ham o‘rni, vaqti va me’yori bor. Ma’lumki, ayrim kishilarning nojo‘ya va zararli xatti-harakatlariga ham ko‘r-ko‘rona sabru toqat qilaverish zaiflik belgisi.
O‘zbek xalqi pedagogikasining bosib o‘tgan yo‘lini o‘rganib, tahlil qilib, milliy tarbiyamizda quyidagi holatlarga e’tibor berish kelgusida komil insonni tarbiyalashga o‘zining ijobiy natijasini beradi, deb o‘ylaymiz:
- Bolani maishatga emas, balki ilmu ma’rifatga to‘ymaydigan qilib tarbiyalash lozim;
- Kishilarga beminnat, chin ko‘ngildan yaxshilik qilish fazilati ham bolalikdan, o‘qish jarayonida o‘zaro hamdamlik va hamjihatlikdan boshlanadi, shuni esdan chiqarmaslik kerak;
- Baqiroqlik, urishqoqlik ham kasallik, bu kasal, ko‘pincha bolalarga ota-onadan, kattalardan yuqishini unutmaslik kerak;
- O‘z farzandlarinigina pok bo‘lishini istasang, o‘zgalarning farzandlariga nopok nazar tashlamaslikdir;

Yüklə 63,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə