Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti



Yüklə 167,19 Kb.
səhifə8/21
tarix10.04.2023
ölçüsü167,19 Kb.
#104855
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
qwertyui (3)

Tub ingliz FB lari
Tub ingliz FB larining yaratuvchilari nom’alum. Ularni paremiologik birliklar bilan bog’lash mumkin. Boshqa tillardagidek, ingliz FB lari ham xalq tomonidan yaratilgan bo’lib, ular xalqning urf odatlari, inglizlarning an’analari, turli xil voqeliklar, tarixiy dalillar aks etgan. Ularni bir nechta ma’noviy guruhlarga ajratish mumkin:
a. Ingliz xalqining urf odat va an’analarini o’zida aks ettirgan frazeologik birliklar – baker’s dozen – bu ibora o’rta asrlardagi ingliz novvoylari odatiga ko’ra nonni kam vaznda sotishda jazolanmasliklari uchun har o’n ikkita sotilgan nonga bitta non qo’shimcha non bepul berilgan. Good wine needs no bush - yaxshi may tok novdasiga muhtoj emas. Anglyada qadimgi udumga ko’ra mayxona egasi may sotishini bildirish uchun eshigi tepasiga tok novdasini osib qo’yardi.17
God (yoki heaven) bless (yoki save) the mark (ba`zi hollarda: save the mark) – betga aytganning zaxri yo`q, kechirasiz, aybga buyurmaysiz, uyat bo`lsa ham (aytishga to`g`ri keladi), xudo saqlasin (asrasin);
Good wine needs no bush – (s.s.) yaxshi vinoga yorliqning keragi yo`q = yaxshi mahsulotning maqtovi o`zi bilan. Qadimgi odatga ko`ra qo`shchilar sotuvda vino borligini bildirish maqsadida pluglarining yog`ochlarini uyidan tashqariga olib chiqib qo`yishgan.
Rob Peter to pay Paul – biror narsani olib, boshqasini qaytarib bermoq, biror kimsaning qarzini qaytarib, boshqasidan qarz olmoq = soqoldan olib, murtga qo`ygandek, boshiga tortsa, oyoqlari ochilib qoladigandek. Ruhoniylar boy cherkovlardan xar hil cherkov buyumlarini qashshoq cherkovlarga olib berishgan. Ibora aynan shu odatga borib taqaladi.
Beat the air (yoki the wind) – bekorga kurashmoq, kuchini bekorga sarflamoq = behuda urinmoq, g`alvirda suv tashimoq. O`rta asrlarda biror raqib qurolli bahsga ruxsat so`rash uchun adolat sudiga kelmaganda, g`alaba belgisi sifatida raqib jangchining quroli silkitilgan. Ibora shu odatdan paydo bo`lgan.
b. Haqiqatni o’zida aks ettirgan frazeologik birliklar – Also ran – musobaqaning omadsiz ishtirokchisi, omadsiz. G`oliblar haqidagi ma`lumotdan keyin, sovrinli o`rinlarni egallay olmagan otlarning chopish va sakrashlari haqidagi hisobotda ularning ko`rsatkichlari e`lon qilingan. E`lon quyidagi so`zlar bilan boshlangan: also ran … - ham qatnashdilar.
An aunt Sally – Salli xola; hujum qilingan yoki haqorat qilingan narsa yoki kimsa; harakat qilgan bilan uni to`g`rilashga kech bo`lgan yolg`on ma`lumot. “Salli xola” - bir jildga jamlangan ingliz xalqining milliy o`yinlaridan birining nomi. O`yin qoidasiga ko`ra ustunga o`rnatilgan yog`ochdan yasalgan ayol boshi og`zidagi trubkani urib tushirish kerak bo`lgan.
Be born within the sound of Bow bells – Londonda tug`ilmoq. London markazida o`zining qo`ng`iroqlarining tovushlari bilan mashxur “Avliyo Mari-le-Bau” ibodatxonasi joylashgan.
c. Ismlar bilan bog’langan frazeologik birliklar – According to Cocker –Kokkerga asosan; to`g`ri, to`ppa-to`g`ri, barrcha qoidalarga asosan. E.Kokker (1631-1675) XVII asrda keng yoyilgan ingliz tilidagi arifmetika darsligining muallifi.
The Admirable Crichton – olim, ziyoli odam. XVI asr mashxur shotland olimi familiyasiga asoslangan. Hobson`s choice – majburiy tanlov, ixtiyoriy-majburiy. Hobson XVI asrda Kembrijda pulli otxonaning xo`jayini bo`lgan. U o`z mijozlarining otlarini chiqish joyiga yaqin joydagi qoziqlarga bog`lashga majbur qilgan.
Jack Katch – jallod. XVII asrdagi ingliz jallodining nomiga asoslangan.
A Joe Miller – yengil hazil, eski hazil, ko`pdan qolgan latifa. Angliyada birinchi bo`lib latifalar to`plamini nashr qilgan aktyor Jozef Millerning (1684-1738) nomidan olingan.
Big Ben – Katta Ben (Angliya parlamenti binosidagi soat). Soat Benjamin Holla nomiga atalgan, chunki bu soat uning rahnamoligida qurilgan.
When Queen Anne was alive – juda qadim davrlarda, Daq`yonus zamonida.
d. Xalqning ishonch va e’tiqodini aks ettirgan frazeologik birliklar – A crooked sixpence – tumor, kimgadir baxt, omad keltiruvchi predmet. Angliyada yoyilgan irimga ko`ra, bukilgan olti penslik mis tanga uning egasiga baxt olib kelgan.
Hide one`s head in the sand va play the ostrich – boshini yashirib olib, meni hech kim ko`rmayapti deb o`ylamoq, an ostrich policy – tuyaqushcha siyosat, voqelikni ko`rmasdan turib undan chiqib ketishga urinish. Bu iboralar tuyaqushlar biror narsadan qo`rqqanda bajaruvchi xatti-harakatlarini aks ettiradi.

Yüklə 167,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə